Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
#YashirinIqtisodiyot#TahlilYig‘ilishi #Hokimlik#Soliq#Prokuratura
Chilonzor tumanida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
Chilonzor tumani hokimligida tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda tuman prokurori, tuman Soliq inspeksiyasi rahbari hamda tegishli mas’ul mutasaddilar ishtirok etib, tumanda yashirin iqtisodiyotning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Yig‘ilish davomida mazkur yo‘nalishda mavjud muammolar ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniy yuritishni ta’minlash hamda yashirin iqtisodiyot holatlarining oldini olish yuzasidan kelgusida amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.
🔵https://t.me/chilonzor_tuman_hokimligi
#ToshkentShaharProkuraturasi
#Chilonzortumanihokimligi
#OchiqMuloqot
#TadbirkorlarMurojaati
Toshkent shahar prokuraturasi tashabbusi bilan Chilonzorda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Toshkent shahar prokurori v.v.b. A.A. Urmanov tashabbusi bilan tadbirkorlik subyektlari hamda mahalliy va xorijiy investorlar faoliyatida yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni hal etish maqsadida Chilonzor tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir Singapur menejmentni rivojlantirish instituti binosida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev, tuman prokurori va prokuratura mas’ul xodimlari ishtirok etib, tadbirkorlarning murojaatlarini bevosita qabul qildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, investitsiyalarni keng jalb qilish va yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan taklif va muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Jumladan, imtiyozli kreditlash, soliq to‘lovlari, gaz, elektr va suv ta’minoti, yer va noturar obyektlar kadastri, kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish kabi masalalar yuzasidan 30 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi. Shundan 5 tasi joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi murojaatlar esa nazoratga olindi.
Tadbir yakunida mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi hamda ularning ijrosi Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olinishi belgilandi.
Shuningdek, Chilonzor tumanida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, qo‘shimcha tushum manbalarini aniqlash va soliq qarzdorliklarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
#Investitsiya#TadbirkorlikniQo‘llabQuvvatlash #Qonuniylik#YashirinIqtisodiyot
⬅️⬅️⬅️Lavhamizda tadbir jarayonlari
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi