TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Python Заметки

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Најди сличен содржај

Изворен канал @pythonotes · Post #310 · 22 фев.

Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩 Больше двоек в дататайме вы не застанете! Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам))) 🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз! ⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд! #offtop

Hashtags

Резултати

Пронајдени 2 слични објави

Пребарај: #qonuniylik

当前筛选 #qonuniylik清除筛选
Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80619 · 21.02.2026 г., 16:18

#Chilonzor#Qonuniylik#YerNazorati#NoQonuniyQurilish#TumanHokimligi#YerMunosabatlari#Ogohlantirish#TartibIntizom Chilonzor tumanida yer munosabatlari qonun ustuvorligi asosida tartibga solinmoqda Chilonzor tuman hokimligi huzurida tuzilgan ishchi guruh a’zolari tomonidan tuman hududida noqonuniy egallab olingan yer maydonlarini aniqlash bo‘yicha tizimli o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlar davomida davlat va jamoat manfaatlariga zid ravishda o‘zlashtirilgan yer uchastkalari aniqlanib, ushbu yerlarni noqonuniy egallab olgan fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlariga qonun talablari asosida rasmiy ogohlantirishlar berilmoqda. Tuman hokimligi tomonidan yer munosabatlarida qonuniylikni ta’minlash, o‘zboshimchalik bilan qurilishlarni bartaraf etish hamda hududlarni belgilangan tartibda rivojlantirish ishlari izchil davom ettiriladi. Fuqarolar va tadbirkorlardan yerdan foydalanishda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish so‘raladi. @Chilonzor_tumani_hokimligi

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80558 · 19.02.2026 г., 12:05

#ToshkentShaharProkuraturasi #Chilonzortumanihokimligi #OchiqMuloqot #TadbirkorlarMurojaati Toshkent shahar prokuraturasi tashabbusi bilan Chilonzorda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Toshkent shahar prokurori v.v.b. A.A. Urmanov tashabbusi bilan tadbirkorlik subyektlari hamda mahalliy va xorijiy investorlar faoliyatida yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni hal etish maqsadida Chilonzor tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi. Tadbir Singapur menejmentni rivojlantirish instituti binosida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev, tuman prokurori va prokuratura mas’ul xodimlari ishtirok etib, tadbirkorlarning murojaatlarini bevosita qabul qildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, investitsiyalarni keng jalb qilish va yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan taklif va muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi. Jumladan, imtiyozli kreditlash, soliq to‘lovlari, gaz, elektr va suv ta’minoti, yer va noturar obyektlar kadastri, kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish kabi masalalar yuzasidan 30 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi. Shundan 5 tasi joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi murojaatlar esa nazoratga olindi. Tadbir yakunida mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi hamda ularning ijrosi Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olinishi belgilandi. Shuningdek, Chilonzor tumanida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, qo‘shimcha tushum manbalarini aniqlash va soliq qarzdorliklarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi. #Investitsiya#TadbirkorlikniQo‘llabQuvvatlash #Qonuniylik#YashirinIqtisodiyot ⬅️⬅️⬅️Lavhamizda tadbir jarayonlari 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi