@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81035 · 04.03.2026 г., 07:00
#Ogohlantirish #Yogingarchilik #Xavfsizlik #EhtiyotChoralari ⚠️ Diqqat, ogohlantirish! Uzluksiz yog‘ingarchilik va kuchli shamol natijasida ko‘p yillik daraxtlarning qulab tushish holatlari kuzatilishi mumkin. Shu munosabat bilan fuqarolardan avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslik, transport vositalarini xavfsiz hududlarga qo‘yish hamda hovli va ko‘cha atrofidagi xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan daraxtlarga e’tiborli bo‘lish so‘raladi. Ehtiyot choralariga amal qilish orqali avtomobillar va boshqa moddiy qimmatliklarga zarar yetishining oldini olish mumkin. Zarurat tug‘ilganda tegishli xizmatlarga murojaat qilishingizni so‘raymiz. 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi