@ohangaronshahar · Post #75174 · 14.03.2026 г., 08:43
#UmumxalqHashari#YoshlikMFY#ObodMahalla "Yoshlik" MFY aholisi umumxalq hasharida faol ishtirok etmoqda. 🌿 Bugun mahallamiz aholisi hamjihatlik bilan ko‘chalar, hovlilar va jamoat joylarini tozalab, hududni yanada obod va fayzli qilishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Hashar — bu nafaqat tozalik, balki mehr-oqibat, birlik va baraka timsolidir. Mahallamizda hukm surayotgan ahillik va birdamlik barchaga o‘rnak bo‘lmoqda. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Websayt|Facebook