Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
Umumxalq xayriya hashariga qo‘shiling!
13–14-mart kunlari butun mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
Yurtimizning barcha barcha fuqarolarini “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan ushbu ezgu tashabbusda faol ishtirok etishga chorlaymiz. O‘z yashab turgan hududimizni toza va ozoda saqlash, ko‘chalarimizga ko‘rk bag‘ishlash aynan bizning qo‘limizda.
Yurtimiz obodligiga o‘z munosib hissangizni qo‘shing!
#Hashar#ObodMahalla
Bizni kuzating
Facebook | Instagram |YouTube|Telegram
🌿Hashar estafetasi poytaxtga yo‘l oldi!
Bugundan mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari boshlandi. Ushbu ezgu ishda Farg‘ona viloyati yoshlari ham faollik ko‘rsatib, mahallalarda atrof-muhitni tozalash, ko‘chatlar ekib, yangi bog‘lar yaratish hamda qabristonlarni obodonlashtirishga chin dildan bel bog‘lashdi.
Farg‘ona yoshlari obodonlashtirish chellenjini boshlab, estafetani Toshkent shahri yoshlariga yo‘llashdi!
Qani, poytaxt yoshlari, chorlovni qabul qilishga tayyormisiz?
#Hashar#ObodMahalla
#UmumxalqHashari#YoshlikMFY#ObodMahalla
"Yoshlik" MFY aholisi umumxalq hasharida faol ishtirok etmoqda.
🌿 Bugun mahallamiz aholisi hamjihatlik bilan ko‘chalar, hovlilar va jamoat joylarini tozalab, hududni yanada obod va fayzli qilishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Hashar — bu nafaqat tozalik, balki mehr-oqibat, birlik va baraka timsolidir. Mahallamizda hukm surayotgan ahillik va birdamlik barchaga o‘rnak bo‘lmoqda.
🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi
Axborot xizmati
Telegram|Instagram|Youtube|Websayt|Facebook
#ObodMahalla
#Chilonzor
#BotirmaMahallasi
#Bunyodkorlik
#Qurilish
#Obodonlashtirish
Chilonzor tumanida “Obod mahalla” dasturi: “Botirma” mahallasida ishlar yakuniy bosqichda
Chilonzor tumani “Botirma” mahallasida “Obod mahalla” dasturi doirasida olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari yakuniy bosqichga yetib keldi.
Dastur asosida mahallada qator qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Jumladan, ichki yo‘llar to‘liq asfalt qilindi, zamonaviy bolalar maydonchalari barpo etildi. Ko‘p qavatli uylarning fasad qismlari ta’mirlanib, framuga oynalari yangilandi. Shuningdek, kirish yo‘laklari ham ta’mirdan chiqarilib, mahalla yanada obod va zamonaviy qiyofaga keltirildi.
Amalga oshirilayotgan ishlar tuman hokimi hamda tegishli mas’ullar tomonidan doimiy nazoratga olingan. Kuni kecha navbatdagi o‘rganish ishlari olib borilib, unda qurilish va ta’mirlash ishlari sifati alohida e’tiborga olindi.
O‘rganishlar davomida mahalla infratuzilmasi aholiga har tomonlama qulay bo‘lishi lozimligi ta’kidlanib, pudratchi tashkilotlar mas’ullariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
🔵@Chilonzor_tuman_hokimligi
#Chilonzor
#ObodMahalla
#BotirmaMahallasi
#Bunyodkorlik
#HududRivoji
#MahallaObodligi
#O'rganish
🏗 Chilonzor tumanida “Obod mahalla” dasturi: “Botirma” mahallasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
Botirma mahallasida “Obod mahalla” dasturi doirasida hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Jumladan:
🔹 8 071 kv.m maydonda sug‘orish tizimi o‘rnatildi
🔹 2 ta yer osti qudug‘i ishga tushirildi
🔹 6 800 kv.m chim yotqizildi
🔹 6 480 kv.m ko‘p qavatli uylarning tom qismi ta’mirlandi
🔹 21 ta ko‘p qavatli uylarning fasad qismi yangilandi
🔹 58 ta tungi yoritish tizimi o‘rnatildi
🔹 33 100 kv.m asfalt qoplamasi yotqizildi
🔹 2 ta futbol maydonchasi, 11 ta sport maydonchasi va 12 ta bolalar maydonchasi barpo etildi
🔹 1 ta mavjud bolalar maydonchasi ta’mirlandi
🔹 4 057 kv.m piyodalar yo‘lagi qurildi
🔹 1 ta amfiteatr va 1 ta nuroniylar maskani barpo etildi
🔹 320 p.m irrigatsiya tizimi yangilandi
🔹 5 ta dam olish ayvoni qurildi
🔹 5 095 p.m bordyur o‘rnatildi
🔹 62 ta o‘rindiq va urna joylashtirildi
🔹 1 700 kv.m ko‘p qavatli uylarning otmostka qismi ta’mirlandi.
Ayni paytda mahallada dastur doirasidagi qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini yakuniga yetkazish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.
Tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev va tegishli mas'ullar ayni manzilda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan joyiga chiqib tanishdi.
Tuman hokimi hududdagi qurilish va obodonlashtirish jarayonlarini ko‘zdan kechirar ekan, mas’ullarga ish sifatini yanada oshirish, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish hamda aholi murojaatlariga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
“Obod mahalla” dasturi doirasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi
#MahallaniRivojlantirishVaJamiyatniYuksaltirishYili
#MahallaIslohotlari
#DavlatXususiySherikchilik
#ZamonaviyMahalla
🏗 Давлат-хусусий шерикчилик асосида замонавий маҳалла бинолари барпо этилмоқда
Чилонзор туманида Тошкент шаҳар ҳокимининг 2024 йил 29 ноябрдаги 877-14-0-Q/24-сонли қарорига асосан 16 та маҳаллада замонавий кўп қаватли маҳалла фуқаролар йиғини биноларини Давлат-хусусий шерикчилик шартлари асосида қуриш ишлари белгиланган.
Шунингдек, туманимиздаги "Бешчинор", "Нафосат", "Боғзор", "Яккатут", "Мевазор", "Яккабоғ", "Бешёғоч", "Чилонзор", "Дўмбиробод", "Тирсакобод", "Шарқ", "Катта Дўмбиробод", "Оқтепа", "Новза", "Ботирма", "Катта Хирмонтепа" маҳаллалари учун янги ва замонавий маҳалла идоралари қурилади.
📊 Бугунги кунда:
⬅️ 16 та маҳалла идорасидан 4 тасида қурилиш ишлари амалга оширилмоқда;
⬅️ 7 та давлат-хусусий шерикчилик шартлари бўйича уч томонлама битим имзоланди;
⬅️ 7 та лойиҳа концепцияси ва молиявий-иқтисодий ҳисоб-китоблар ишлаб чиқилиб, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi рўйхатидан ўтказилди;
⬅️ 13 та маҳалла учун АПЗ олиниб, ер майдони чегаралари ва жойлашуви белгилаб берилди;
⬅️ 6 та маҳалланинг лойиҳа-смета ҳужжатлари бўйича кенгаш хулосаси олинди.
👉👉👉 Мазкур лойиҳалар маҳаллалар инфратузилмасини янада яхшилаш, аҳолига қулай шарт-шароитлар яратиш ҳамда фуқаролар йиғини фаолияти самарадорлигини оширишга хизмат қилади.
#ObodMahalla#HududiyRivojlanish#Infratuzilma#YangiLoyihalar#MahallaTaraqqiyoti
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi