@handicraftman · Post #55043 · 02.03.2026 г., 09:39
#AtlasBayrami 📌2017 yil 12–16 sentyabr kunlari Margʻilon shahrida III an’anaviy to‘qimachilik festivali — “Atlas bayrami” o‘tkazildi. ⚡️Mazkur festival milliy nomoddiy madaniy merosni asrash va targ‘ib qilish, an’anaviy hunarmandchilikni rivojlantirish hamda yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi. 📊Tadbir Markaziy Osiyo davlatlari vakillari ishtirokida o‘tkazilib, mintaqaviy madaniy hamkorlikni mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi. 📊Festival dasturidan amaliy seminar-treninglar, xalqaro ilmiy konferensiya, an’anaviy to‘qimachilik ko‘rgazmasi, hunarmandlar yarmarkasi, milliy matolar asosidagi moda namoyishlari hamda xalq sayillari o‘rin oldi. ✅“Atlas bayrami” Marg‘ilonning boy to‘qimachilik an’analarini keng namoyish etib, milliy matolarimizning nufuzini oshirishga xizmat qildi. festivaldan olingan foto materiallar arxivdan foydalanildi. Faсebook|✅Instagram ✅Youtube | ✅Murojaat yo'lla
Hashtags