@handicraftman · Post #54905 · 24.02.2026 г., 04:51
#AtlasBayrami 🗓 2016 yil, 6–10 sentabr 📍 Marg‘ilan shahri ⚡️2016 yilda Marg‘ilanda II an’anaviy to‘qimachilik festivali – «Atlas Bayrami» o‘tkazildi. Mazkur festival UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Farg‘ona viloyati va Marg‘ilan shahar hokimliklari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Hunarmand uyushmasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirildi. 📌Festivalning asosiy maqsadi — milliy to‘qimachilik an’analarini namoyish etish, yosh hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash va soha rivojiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishdan iborat bo‘ldi. ➡️60 nafar dan ortiq hunarmand ishtirok etgan amaliy treninglar o‘tkazildi. Ular an’anaviy kashtachilik, tabiiy bo‘yoqlar, libos dizayni, marketing va kommunikatsiya yo‘nalishlarida bilimlarini oshirdilar. 🤝 Festival hamkorlaridan biri — Ucell kompaniyasi yosh hunarmandlar uchun ta’limiy va amaliy mashg‘ulotlarni qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, internet orqali mahsulotlarni xalqaro bozorga olib chiqish bo‘yicha maxsus trening tashkil etildi. ✅9 sentabr kuni “O‘zbek tekstili va barqaror rivojlanish” mavzusida davra suhbat o‘tkazildi. Unda soha mutaxassislari sifat mezonlari va an’analarni asrash bo‘yicha takliflar ishlab chiqdilar. 📊Yosh dizaynerlar show-defilesida ularning ijodiy ishlari namoyish etildi. Haqamlar hay’ati tarkibida Bibi Russell ishtirok etdi. 📊Festival yakunida g‘olib hunarmandlar taqdirlandi va gala-konsert dasturi o‘tkazildi. 🇺🇿«Atlas Bayrami» nafaqat milliy matolarimizning go‘zalligini, balki xalqimizning boy madaniy merosini jahonga namoyon etuvchi muhim maydon sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. 📸 Foto: Xusniddin Ato 📝Material arkiv materiallari asosida tayyorlandi #AtlasBayrami#MilliyMeros#Hunarmandchilik#Margilan Faсebook| ✅Instagram ✅Youtube | ✅Murojaat yo'llas