@mjdc_uz · Post #1213 · 19.01.2024 г., 07:49
🎙 Media Ayvon-2024 da so'z erkinligini himoya qilish va mexanizmlar yoritilishi! 🗓 Forumning ilk panel sessiyasi mavzusi “Soʻz va ommaviy axborot vositalari erkinligini himoya qilish mexanizmlari va vositalari” bo’ldi. 💁🏽♀️Moderator OAV huquqshunosi Madina Tursunova 🗣 Ma'ruzachilar: -Adliya vazirining axborot masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shahnoza Soatova so‘z erkinligini himoya qilish sohasidagi muhim fikrlar bilan o‘rtoqlashdi. -Kamola Aliyeva, TDYU dotsenti, gender eksperti, gender tengligini hisobga olgan holda OAV hodimlarini himoya qilish mexanizmlari haqidagi fikrlarini bildirdi. -Anhor.uz sayti bosh muharriri Lola Islomova onlayn platforma orqali so‘z erkinligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tajriba haqida gapirdi. 💬Mutaxassislar so‘z va ommaviy axborot vositalari erkinligini himoya qilishning asosiy nuqtalarini muhokama qildilar, muammolarni aniqladilar va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar. #MediaAyvon2024#USAID#MJDC#LRP
Hashtags