@adu_uz · Post #59285 · 13.03.2026 г., 13:23
#hemis ❗️HEMIS tizimida QR-kod orqali davomat qilish imkoniyati yaratildi Endilikda dars jarayonida talabalar davomatini belgilash yanada tez va qulay bo‘ldi. HEMIS tizimiga QR-kod orqali avtomatik davomat qilish funksiyasi qo‘shildi. Bu qanday amalga oshiriladi: 1️⃣Mashg‘ulotlar/dars o‘tish sahifasida: QR davomat ustunidagi maxsus belgi ustiga bosiladi. 2️⃣QR davomat sahifasida: QR-kod talabalarga ko‘rinarli holatda ekranda katta qilib ochiladi. 3️⃣Talabalar tomonidan: Mobil telefonlari orqali HEMIS mobil ilovasidan foydalangan holda ekrandagi QR-kod o‘qitiladi. 4️⃣Tizim tomonidan: QR-kodni o‘qitgan talabalar avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va “kelganlar” soniga qo‘shiladi. Ro‘yxatda faqat kelmagan talabalar qoladi. 5️⃣Yakunlash bosqichida: Auditoriyadagi barcha talabalar QR-kodni o‘qitib bo‘lgach, o‘qituvchi dars mavzusini tanlaydi va kelmagan talabalar davomatini saqlaydi. ❕Muhim eslatma! 🔹Talabalar bir-biriga rasm yubormasligi uchun QR-kod har 8 soniyada yangilanadi. 🔹Ma’ruza mashg‘ulotlarida ro‘yxatda butun potokdagi barcha talabalar ko‘rsatiladi. ♦️QR-davomat bilan bir qatorda an’anaviy (qo‘lda belgilash) davomat funksiyasi ham o‘z kuchida qoladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram
Hashtags