TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Python Заметки

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Најди сличен содржај

Изворен канал @pythonotes · Post #424 · 13 апр.

Стандартная библиотека asyncio это стандарт (начиная с Py3.4) для работы с асинхронным кодом. Но эта библиотека достаточно низкоуровневая, со своими проблемами, устаревшими подходами. Чтобы исправить это, были созданы разные обертки и альтернативы с реализацией популярных инструментов и паттернов асинхронного программирования. Это такие библиотеки как: - trio: улучшает корректность выполнения, не оставляя потерянных корутин при ошибках, то есть предлагает Structured Concurrency из коробки. - curio: упрощение синтаксиса и читаемости кода, больше похоже на работу с потоками. - anyio: универсальная обертка над asyncio или trio плюс множество вспомогательных инструментов. anyio используется в FastAPI как основная библиотека для работы с асинхронным кодом и вызовом синхронного кода из асинхронного. В общем, рекомендую почитать про возможности anyio, возможно вы более не будете использовать чистый asyncio в своих проектах) Это совсем не значит что дефолтный asyncio плох, он тоже даёт достаточный для работы функционал и продолжает развиваться. Например, в версии 3.11 появились TaskGroup, с похожим на trio функционалом. Так что он тоже актуален, просто придется больше написать кода самостоятельно. #libs#async

Hashtags

Резултати

Пронајдени 43 слични објави

Пребарај: #shahar

当前筛选 #shahar清除筛选
Far·hod·jon

@farhodjon · Post #412 · 20.07.2020 г., 17:35

Trotuarlarda velosiped yoʻlaklari — axmoqona fikr Gazeta.uz nashrida shaharsozlik boʻyicha ikkita zoʻr maqola chiqdi. Biri hovlilardagi mashinalar haqida (bu haqida men ham yozgandim), ikkinchisi yaqinda qurilishi boshlangan velosiped yoʻlaklari haqida. Gazeta.uzʼning “Ташкент Мечты” deb nomlangan loyihasi juda foydali, qiziqarli chiqqan. Afsuski, oʻzbek tilida shaharsozlik boʻyicha shunaqa yaxshi surishtiruv va maqolalar kam. Velosiped yoʻlaklari boʻyicha meni eng qiziqtirayotgan savol: nega ular qurilishi kerak? Men oʻzimga taxmin qilaman: 1. Shunchaki kimdir “bizdayam boʻlishi kerak”, degani uchun. 2. Yuqoriga “mana shuncha kilometr velosiped yoʻlaklari qurdik”, deb maqtangani. 3. Shu taklif orqali choʻntaklarni boyitgani. Eʼtibor bersangiz, maqsadlar orasida sogʻlom aql bilan oʻylangan va qingʻirliklarsiz amalga oshiriladigani yoʻq. Mana u maqsadlar: 1. Mashinadanmas, velosipeddan foydalanish sogʻlomroq turmush tarzi hisoblanadi. Velosipedda odam jismonan kuch sarflaydi. 2. Velosipedlar shaharga turli zararli gazlar chiqarmaydi. Yana bir qancha ijobiy sabablarini topish mumkin, lekin shu bilan cheklanaman. Endi hokimiyatga haqiqiy savollar: - Agar biz odamlarni mashinadan koʻra velosipeddan koʻproq foydalanishini targʻib qilayotgan boʻlsak, nega aynan piyodalarning yoʻlini (trotuarlarni) qisqartiryapmiz? - Hokimiyat va masʼul tashkilotlar yillar davomida eplab trotuarlarni mashinalardan himoya qilolmayapti, endi u yerga velosipedlarniyam tiqishtirish kerakmi? - Shuncha pul sarflanayotgan velosiped yoʻlaklaridan hech kim foydalanmasa, buni samarasiz qurgan odamlar jazolanadimi? Chunki, xalq pulini shunchaki sarflayotgan odamlar javobini berishi kerak. - Hokimiyat Germaniyaning Planungsbüro VAR+ byurosini jalb qilgan ekan, nega ularning takliflari inobatga olinmayapti? Bilmadim bu byuroga qancha pul toʻlangan, qanchasi shu byuroga yetib borgan. - Nega hadeb axmoqona qarorlar chiqaraveriladi? Dunyo tajribasi bor, shularni shundoq olib ishlatsa boʻldi. Yoki hokimiyatda Googleʼdan foydalanishni bilmaydigan odamlar xalqning puliga oylik olyaptimi? - Trotuarlarda qancha daraxtlar bor, shularni kimdir oʻyladimi? Shunaqa holatlarni koʻrib oʻylab qoladi odam: bu hokimiyatda ishining ustalari ishlaydimi yoki hamma diletantmi? Xuddi boshqa sohadan tasodifan kelib qolgandek… “Hokimiyatga taklif” degan maqolamda koʻchalarni qanday yaxshilash boʻyicha yaqqol misol keltirgandim. Shuni yana keltiraman. Tasavvur qilamiz, quyidagi birinchi fotodagi koʻcha Oʻzbekiston shaharlaridagi koʻchaga oʻxshab ketadi. Shu koʻchani rivojlantirishda piyodalar xavfsizligi, ommaviy transportdan foydalanish qulayligi, velosiped yoʻlaklari, koʻkalamzorlashtirish hisobga olinyapti va koʻcha ikkinchi fotodagi koʻrinishga kelyapti. Eʼtibor bering, trotuarga hech kim tegmadi. Unda qoʻshimcha daraxtlar va kafelarning tashqarisida verandalar paydo boʻldi. Tamom. Hokimiyat bir qanaqadir shubhali yangi narsalarni oʻylab topgandan koʻra odamlarga yordam qilish uchun eʼtibor va pulni trotuarlarni tuzatishga sarflagani maʼqul: 1. Trotuarlarni qurish va saqlash boʻyicha yagona, dunyo talablariga javob beradigan standart ishlab chiqish. 2. Shu standart asosida yangi trotuarlarni qurish, eskilarini yangilashda ham qoʻllash. 3. Aholi standartlarga mos kelmagan yoki buzilgan joylarni hokimiyatga yuborish va tuzatilishining ochiq mexanizmi. Ana keyin boshqa mavzularga asta-sekin oʻtsak boʻladi. Mavzular esa juda koʻp. Agar shahar haqida yozayotgan maqolalarim haqida izohlaringiz, ijobiymi-salbiymi fikrlaringiz boʻlsa — oʻrtoqlashing. Har qanday fikr mavjud boʻlishga haqli. #shahar@FarLives🌀

Hashtags

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #386 · 03.07.2020 г., 14:09

Yoʻl tuzatuvchilar mantigʻi Meni juda hayron qoldiradigan va haligacha tagiga yetmagan qanaqadir sehrli, hech aqlga sigʻmaydigan va joriy ilm-fan bilan tushuntirib boʻlmaydigan bir narsa hayron qoldiradi: yoʻl tuzatuvchi va quruvchilarning mantigʻi. Bularning ichiga yoʻldagi turli chiziqlarni chizadiganlar, asfalt qilish, koʻpriklarni tuzatuvchilar, tozalovchilar ham kirib ketadi. Tasavvur qiling, mantiqan, shu kabi ishlarni qiluvchilar yoʻlda mashina eng kam boʻladigan paytni tanlashi lozim. Masalan, dam olish kunlari, tunda, yoki juda boʻlmaganda kunduzi. Pandemiya tufayli karantin kiritilgan vaqt esa juda ideal (quruvchilarga ruxsat berilganda bularga ham berilishi mumkin). Lekin qanaqadir men tushunmaydigan mantiq asosida ular tanlaydigan vaqt va kun: - Albatta ertalab soat 8:00 va 10:00 orasi. Odamlar ishga shoshilib yoʻlga tushganda ular bemalol yoʻlning toʻlaligicha yoki bir qismini yopvolib ishlashadi. - Kechki payt 17:00 va 19:00 orasida. Hamma uyiga shoshiladi, yoʻlda tirbandlik, haydovchilarning asabi tarang. Bular bemalol chiziqlarni chizib yurgan boʻlishadi. - Ish kunlari. Shanba va yakshanbada shaharda mashina kam boʻladigan paytdan foydalanmasdan, dushanbani poylashadi 😀 Xuddi shu ishlar bilan shugʻullanuvchi odamlarning vazifalaridan biri yoʻl harakatiga xalaqit berishdek… Tunov kuni ertalab anhor boʻyida biroz sayr qilayotganda A. Qodiriy va Labzak koʻchalari chorrahasidagi koʻprikni yopilganini sezdim. Biroz yoʻl hodisasi sodir boʻlgandir, deb qarasam: koʻprikni yopib qanaqadir ishni boshlashibdi shovvozlar. Dushanba kuni ertalab. Mashinalar esa koʻprik yonidan yurib Labzak koʻchasidan qaytib yana Qodiriy koʻchasiga tushib ketyapti: https://www.instagram.com/p/CCLnmekAcdG/ Koʻprikning ustida panjara va betonlarini olishyapti. Nega olishyapti — bu menga qorongʻu. Umid qilaman, koʻprikni kengaytirish haqida oʻylashmayapti. Yana umid qilaman, 40 yillik daraxtlar kesilib qurilgan bu koʻprik qachondir buziladi va oʻrni odamlarga qaytarib beriladi. Xullas, hurmatli Toshkent shahar hokimiyati yoki Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi! Iltimos, yoʻllarni tuzatish va qurishni boshlashdan ancha avval sanasi va vaqtini yaxshilab rejalashtirishni oʻrgansangiz. Qilayotgan ishingiz ijobiy boʻlishi mumkin, lekin oldindan ogohlantirmasdan shart yoʻlni toʻsib olish qanaqadir hurmatsizlik, va sizlarning shundoq ham juda yaxshi boʻlmagan imidjingizga salbiy taʼsir qiladi. #shahar@FarLives🌀

Hashtags

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #365 · 11.05.2020 г., 17:20

Yoʻl qismidagi harakat mashina, velosiped, piyoda va jamoat transporti tomonidan boʻlgandagi oʻtkazuvchanlik (soatiga nechta odam). https://twitter.com/urbanthoughts11/status/1259080757861134336?s=21 #shahar

Hashtags

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #354 · 05.05.2020 г., 19:30

Sayilgohlar Menga sayilgohlar juda yoqadi. Oʻtgan yili eski tramvay yoʻli oʻrniga qurilgan Lutfiy sayilgohini rosa maqtagandim. Endi shu mavzuga koʻproq toʻxtalmoqchiman. Sayilgohlar yopilmaydi. Bizdagi parklarning deyarli hammasi 23:00 va 06:00 oraligʻida yopiladi, yoki hozirgi vaqtimizdagidek karantinga yopilishi mumkin. Sayilgohlar esa 24 soat davomida ochiq. Sayilgohlar panjara bilan oʻralmagan. Parklarimiz esa deyarli toʻrt tomonidan panjara bilan oʻralgan. Umuman olganda, shaharda qancha panjara koʻp boʻlsa u shuncha jozibasini yoʻqotadi, menimcha. AQSh shaharlaridagi baʼzi mahallalarda turli magazin va uylar panjara bilan toʻsilishi kambagʻallik va xavf belgisi. Sayilgohlarda turli attraksionlar yoʻq. Men parklarning ichida koʻr-koʻrona attraksionlar joylashtirish va har qadamda mashina taklif qiladigan oʻsmirlarga qarshiman. Bunaqa narsalar savdo markazlariga koʻchishi va parklar odamlar maza qilib haqiqiy dam oladigan joylarga aylanishi kerak. Lekin bizning Ekoparkimizda ham turli binolar mavjud. Sayilgohlarda esa odam bemalol vaqt oʻtkazishi mumkin. Yoʻlni ajratadigan sayilgohlar odamlarni xavfdan saqlaydi. Odatda, yoʻlning oʻrtasidagi sayilgoh mashinalar yoʻnalishini ikkiga ajratadi, yoʻlni ikkita kichikroq qismga boʻladi. Bu, albatta, piyodalar yoʻllarni xavfsiz kesib oʻtishiga yordam beradi. Sayilgoh xuddi keng va katta orolcha vazifasini oʻtaydi. Sayilgohlar rostdan ham odamlarga tegishli. Aslida, mavzening atrofidagi trotuarlar ham odamlarga tegishli, daraxtlar koʻp, bemalol sayr qiladigan joy boʻlishi lozim. Lekin bizning reallikda trotuarlar mashinalar bilan toʻla. Sayilgohlarning koʻpiga mashina kirmaydi (faqat baʼzida juda axmoq odamlarni kuzatish mumkin). Shu sayilgoh ichidagi yoʻlak tugaguncha xavotirsiz sayr qilsa boʻladi. Sayilgohlar odatda tinch. Kitob oʻqish, medidatsiya, baʼzi shaxsiy rejalarni tuzish, sport bilan shugʻullanish va shunchaki dam olish uchun juda qulay. Hozir Toshkentda har bir qarich yerga axmoqona ravishda nimadir qurilayotgan, asosiy eʼtibor mashinalarga qaratilgan vaziyatda yangi sayilgohlar qurilishini kutish qiyin. Shuning uchun ham borini qattiq asrashimiz muhim. Boʻlmasa hokimiyatlar va quruvchilar shaharni daraxtlarsiz qutilardan iborat shaharga aylantirishi ehtimoldan holi emas. Quyida Abdulla Qodiriy koʻchasida joylashgan, 2014-yilda “xatna qilingan” va 2015-yilda yoʻl kengaytirilishi hisobiga ikki qator daraxtlaridan ayrilgan sayilgohdan fotosuratlar. Tasavvur qiling, agar barcha tramvay yoʻllarida (Navoiy, Amir Temur, Shota Rustaveli koʻchalarida) shunaqa sayilgohlar boʻlganda Toshkent qanaqa boʻlardi?.. #shahar@FarLives🌀

Hashtags

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #302 · 15.02.2020 г., 06:59

Stamen studiyasi OpenStreetMap xaritasi uchun turli effektlar qoʻshadigan dastur qilishibdi: http://maps.stamen.com/#watercolor/14/41.3114/69.2820 Menga akvarel bilan chizilgan stilni beradigani yoqdi. Toshkentni bu yerda koʻrish mumkin: http://maps.stamen.com/watercolor/#15/41.3127/69.2859 #shahar@FarLives🌀

Hashtags

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #301 · 15.02.2020 г., 06:44

Biz uchun odatiy holatga aylangan ariqlar (va umuman Samarqand) haqida Ilya Varlamov yozyapti: Но самая жесть с арыками. Подземной ливневой канализации тут нет, зато, как это часто бывает в Азии, тут есть сеть арыков – канав вдоль дорог, куда уходит вода. Арык не просто отводит воду. В деревнях вода может служить для полива. В арыках купаются дети, в них моют посуду, в них сливают всякое говно. В общем, важная часть культуры. А ещё в арык можно провалиться и умереть. https://varlamov.ru/3790947.html Umuman, bu muammo Oʻzbekistonning hamma shaharlarida mavjud. Hatto Toshkentda ham. Bizga shaharsozlik Yevropaga nisbatan ancha kech kirib kelgani uchun odamlar shaharni odamlarga qulay qilib qurishni 22-asrda oʻrganishi kutilyapti 😀 Moskvada ham, Amerikaning shaharlaridaham ariqlar yoʻq. Suv kanalizatsiya trubalari orqali ketadi. #shahar@FarLives🌀

Hashtags

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #291 · 07.02.2020 г., 07:25

Google Maps ilovasi va sayti Toshkentda transport yoʻnalishlarini koʻrsatyapti. Yoʻl haqi haqidagi maʼlumot ham mavjud. https://goo.gl/maps/XqteKR2iJCLd3D3M9 Bu shaharga keladigan turistlar uchun juda qulay, chunki, Google Maps gʻarbda juda ommaviy foydalaniladigan servis. #shahar@FarLives🌀

Hashtags

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #259 · 05.11.2019 г., 17:47

Yana bitta boʻlak qoʻshib yoʻlni kengaytiraylik, hammasi yaxshi boʻladi... https://twitter.com/urbanthoughts11/status/1191295205187686400 #shahar

Hashtags

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #255 · 03.11.2019 г., 08:25

Abdulla Qodiriy parkida qurilayotgan mehmonxona haqida Kun.uz nashri Toshkent shahar hokimligiga asoslanibyozishicha, Abdulla Qodiriy parkining ichida mehmonxona qurilarkan: https://youtu.be/61YblxFxILA Menimcha, bu o'ta axmoqona qaror. Mehmonxona ixtiyoriy joyda boʻlishi mumkin: hokimlikda ishlaydigan va shu yechimni qabul qilgan masʼul shaxslarning mahallasida, yangi qurilayotgan biror turar-joy oʻrnida, yoki eski Chorsu mehmonxonasida. Lekin shaharda yashaydigan odamlarga tegishli boʻlgan umumiy joyni olib biznesga berish juda ham kutilmagan va kalta oʻylangan qaror. Odamlar uchun sayr qiladigan, dam oladigan, oʻzlarini yaxshi his qiladigan yashil hududlarni koʻpaytirish lozim. Shu mehmonxona oʻrniga attraksionlarsiz biror kichik bogʻ bilan favvora qoʻyilishi shu atrofda yashaydigan odamlarga ancha yordam bergan boʻlardi. Mehmonxona sifatida xususiy hududga aylantirish Abdulla Qodiriy koʻchasidagi tirbandlikni yanada murakkablashtiradi. Hokimiyat biror qaror chiqarishdan oldin aholi fikrini ham oʻrgansa yaxshi boʻlardi. Masalan, Abdulla Qodiriy parkining qayta qurish boʻyicha eʼlon qilingan loyihaga qoldirilgan fikrlarni oʻqib koʻrish mumkin. Yoki xuddi shu mehmonxona qurish haqidagi yechimni Facebookʼdagi muhokamasi: https://www.facebook.com/Toshkenthokimligi/videos/956674771337384/ Qiziq holat: shu videoning oʻzbekchasi qoʻyilgan postda birorta ham fikr yozilmagan... Shu yerda Stiv Jobsning bir qiziq gapini keltirmoqchiman: I have my own theory about why the decline happens at companies like IBM or Microsoft. The company does a great job, innovates and becomes a monopoly or close to it in some field, and then the quality of the product becomes less important. The product starts valuing the great salesmen, because they're the ones who can move the needle on revenues, not the product engineers and designers. So the salespeople end up running the company. Steve Jobs: When salespeople run tech giants it's over Qoʻlbola tarjimasi: IBM yoki Microsoft kabi kompaniyalarda nega qulash roʻy berishi boʻyicha mening nazariy fikrim bor. Kompaniya zoʻr ish va innovatsiyalar qilyapti va biror sohada monopoliyaga aylanyapti (yoki shunga yaqin), keyin mahsulot sifatining muhimligi kamayadi. Mahsulot buyuk sotuvchilarni qadrlashni boshlaydi, chunki ular daromadni oldinga suruvchilardir, mahsulot injenerlari va dizaynerlaridan farqli ravishda. Shunday qilib sotuvchilar kompaniyani oʻldiradi. Shahar ham bir mahsulot, startap. Shu yerda yashaydigan aholi esa uning foydalanuvchilari va mijozlaridir. #shahar@FarLives🌀

Hashtags

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #239 · 25.09.2019 г., 19:34

Lutfiy saylgohi Shahar tomonidan chiqarilgan juda ajoyib yechimlardan biri — tramvay yoʻlini sayilgoh qilish haqida. Tramvayni sogʻinganlar uchun maqola ichidagi 2-3 ta havola orqali oʻtib eski fotolarni ham koʻrishlari mumkin. Blogimda: https://farhodjon.uz/lutfi-street #shahar @FarLives🌀

Hashtags

ПретходнаСтраница 1 од 4Следна