@suxrobblog · Post #1340 · 01.01.2026 г., 12:17
❄️Telegram qish mavsumi uchun chatlarga qor parchalari animatsiyasini qo‘shibdi Bu chiroyli ko‘rinsa ham, xabar yozish jarayonida foydalanuvchini chalg‘itadi. Profil qismida bu unchalik sezilmas edi, chat ichida esa ortiqcha bo‘lib qolgan. Shunga o‘xshash holat premiumda kanal fonini almashtirish imkoniyatida ham bor. Ba’zi kanal adminlari kontrastsiz rasmlarni fon qilib qo‘yishadi va zaharli ranglar koʻzni charchatadi, oʻqish noqulay boʻladi. Har qanday feature'ni “qulaylik” deb foydalanuvchiga topshirib qo‘yish ham to‘g‘ri emas. Chunki, userlar dizayn yoki UX mutaxassisi emas, o‘ziga yoqqan, ammo boshqalar uchun noqulay variantlarni qoʻllash ehtimollari juda yuqori... @suxrobblog #UX#Usability#ProductDesign
Hashtags