@tdyu_yuridik_klinikasi · Post #2851 · 06.02.2025 г., 08:32
❗️ ❗️ ❗️ ❗️🧠 «Inson» Ijtimoiy xizmatlar markazlari: Sizga qanday yordam berishi mumkin ❓ 👶Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash: ➡️Kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam olish uchun arizalar qabul qilinadi. 2024-yilda jami arizalarning 31 foiziaynan ushbu xizmatga to‘g‘ri kelgan. 🏥 Sanatoriylarga yo‘llanmalar ajratish: Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sanatoriylarda sog‘lomlashtirish yo‘llanmalari taqdim etiladi. 2024-yilda bu xizmat bo‘yicha 262 mingtaariza qabul qilingan. 💚«Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi orqali ijtimoiy yordam Ushbu jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi. 2024-yilda 92,4 mingta ariza qabul qilingan. 🦽 Nogironlikni belgilash va protez-ortopediya bilan ta'minlash Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun nogironlikni belgilash va protez-ortopediya vositalari bilan ta'minlash xizmatlari ko‘rsatiladi. 🧠 Psixologik yordam Og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan shaxslargapsixologik yordam ko‘rsatiladi. ⚖️ Yuridik maslahatlar Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga yuridik masalalarda maslahatlar beriladi. ❔Qanday qilib ushbu xizmatlardan foydalanish mumkin? ➡️Onlayn ariza topshirish:«Inson» markazlarining rasmiy veb-sayti orqali onlayn ariza topshirishingiz mumkin. 👥Mahalladagi ijtimoiy xodimlar orqali: Ijtimoiy xodimlar mahallalarda faoliyat yuritib, arizalarni qabul qilishda yordam berishadi. ⬇️Qo‘shimcha ma'lumot uchun: 📱Telegram kanali: @insonmarkazlari ⭕️Veb-sayt:ihma.uz 📞Tel: (0371) 239-59-23 💻TDYU Yuridik klinika ko'ngilli talabasi: Toxirov Dilshodbek 📥 Murojaat uchun: @TDYU_Yuridik_klinika_bot 🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥 🖥 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 💬Telegram🌐Instagram🌐YouTube🌐TikTok🌐Facebook #InsonIjtimoiyMarkazi#IjtimoiyHimoya