@alxorazmiyuni · Post #11 · 24.05.2025 г., 06:52
Al-Xorazmiy universiteti - maqsad hamda vazifalar ✨ Universitetning asosiy maqsadi – dunyo miqyosidagi ilmiy-tadqiqotlarga asoslangan, innovatsiya va texnologik taraqqiyot markazi bo‘lgan, mintaqada yetakchi va xalqaro nufuzga ega oliy ta’lim muassasasiga aylanishdir. ✅ Universitet Xorazm viloyatining iqtisodiy, ilmiy va texnologik rivojlanishini jadallashtiruvchi tayanch markazi sifatida xizmat qiladi hamda mintaqaning jahon ta’lim va tadqiqot landshaftida strategik o‘rin egallashini ta’minlaydi. ⚡️ Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari hisoblanadi: 🔹zamonaviy bilim va malakaga ega yangi avlod olimlari, muhandislar, IT-mutaxassislar va tadqiqotchilarni tayyorlash; 🔹maktab ta’limidan tortib, ilm-fanning barcha jabhalarini qamrab oladigan uzluksiz ta’lim klasterini shakllantirish; 🔹talabalarda mustaqil tahlil, ijodiy va innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, amaliy tajribalarni kuchaytirish va mustaqil o‘rganish uchun qulay muhit yaratish; 🔹xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda talabalarni tadqiqot va innovatsiyaga keng jalb qilish orqali universitetni mahalliy va xalqaro nufuzli tadqiqot markaziga aylantirish; 🔹ilmiy-tadqiqotlarni mamlakatning, ayniqsa Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy sohalari ehtiyojlaridan kelib chiqib olib borish, ularni amaliyotga joriy etish va texnologik transferni ta’minlash; 🔹talaba-yoshlarda ma’naviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, vatanparvarlik va kasbga sadoqat hissini mustahkamlash, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #mission#vazifalar 👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot
Hashtags