Postijiet reċenti
Paġna 14 minn 20 · 236 postijiet
Ippubblikat Aww 26
Mustaqillik siz uchun nima? #birdamjamiyat#mustaqillik34 @m_oddiy
Hashtags
Ippubblikat Aww 22
Krisning oilasi boy va badavlat bo‘lsa-da, farzandlariga nisbatan shafqatsiz edi. Ular Krisga juda qattiq bosim o‘tkazishardi. Tabiatga o‘zini bag‘ishlagan Kris dastlabki kunlarda juda baxtli bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan ko‘plab qiyinchiliklarga duch keldi. Chunki u ochlik va yolg‘izlik bilan kurashishi kerak edi. Avtobusda o‘tkazgan 112 kun davomida sodir bo‘lgan voqealarni yozib borgan Kris 113-kunni bo‘sh qoldirdi. Chunki u yegan urug‘dan zaharlanib, holdan toygan edi. Kasallik bilan kurashayotgan va shu paytda juda ko‘p vazn yo‘qotayotgan Kris, uni hayotga bog‘lagan avtobusda adyolga o‘ralib, hayot bilan vidolashdi. Oradan 15 kun o‘tgach, u Alyaska tabiatini o‘rganmoqchi bo‘lgan guruh tomonidan topildi. Kris yozib qoldirgan eng ta’sirli jumla esa quyidagicha edi: "Men baxtli hayot kechirdim. Xudoga shukur. Alvido... Baxt baham ko‘rilganda mavjuddir." #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy
Hashtags
Ippubblikat Aww 21
"Ilm-fan uchun o‘lgan ayol" Mariya Kyuri toriyning uran bilan bir xil nurlar chiqarishini aniqladi va bu nurlanishni "Radioaktivlik" deb atadi. U ruda namunalarini sinab ko‘rib, shunga o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lgan yangi radioaktiv moddani kashf etdi. Bu yangi elementni ham Polshadan ilhomlanib "Poloniy" deb atadi. Mariya Kyuri radioaktivlik bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarida juda muvaffaqiyatli bo‘lgan, ammo uning xavfini ham yaxshi baholamagan edi. Shuning uchun ham u "Ilm-fan uchun o‘lgan ayol" laqabini olgandi. #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy
Hashtags
Ippubblikat Aww 20
Janna D'Ark 1400-yillarda yashagan ayol harbiy yetakchi U Angliya-Fransiya o‘rtasidagi yuz yillik urushlar davrida o‘z mamlakatini himoya qilish bilan shug‘ullangan va g‘alaba qozongan. Biroq keyinchalik u cherkov tomonidan dinni haqorat qilishda va jodugarlikda ayblangan, so‘ngra unga nisbatan o‘lim hukmi chiqarilgan. Oradan 490 yil o‘tgach, xuddi o‘sha cherkov tomonidan u Fransiyaning xaloskori sifatida e’lon qilingan. #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy
Hashtags
Ippubblikat Aww 19
1940-yilgacha davom etgan bu jarayon brendlarning paydo bo‘lishi bilan o‘zgardi Ayollar uchun qo‘llaniladigan ko‘k rang pushti rangga, erkaklar uchun qo‘llaniladigan pushti rang esa ko‘k rangga aylandi. Bugungi kunda ranglar kompaniyalar uchun katta marketing strategiyasiga aylanib ulgurdi. #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy
Hashtags
Ippubblikat Aww 18
Turmush o‘rtog‘i Karl Benz bilan hamkorlikda ishlaydigan Berta nafaqat avtomobilni ommalashtirishda, balki moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z jamg‘armalarini u bilan baham ko‘rib, yordam beradi. Ular birgalikda yaratgan benzinli avtomobil dastlabki kunlarda unchalik qiziqish uyg‘otmagan bo‘lsa-da, Bertaning strategik va aqlli reklama marketingi natijasida juda mashhur bo‘la boshlaydi. Vaqt o‘tishi bilan kompaniyalarning e’tiborini tortgan avtomobil tez orada og‘izdan og‘izga tarqalib, turli mamlakatlardagi odamlar orasida ham tanila boshlaydi. Ular yaratgan avtomobil muvaffaqiyatli bo‘lganini ko‘rgan Berta eriga shunday telegramma jo‘natadi: "Biz uddaladik." #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy
Hashtags
Ippubblikat Aww 15
Turli vaqtlarda Onadoʻlida yashagan saljuqlilar, forslar va friglar Derinkuyu yerosti shahrini kengaytirgan boʻlsa-da, Vizantiya davrida yerosti shahrining aholisi eng koʻp nuqtasiga yetgan va 20 kishiga yetgan. Yerosti shahrida boʻlgan oziq-ovqat omborlari, quduqlar va havo aylantirish tizimlari orqali insonlar bu yerda yillab yashagan. Ichkaridan yopiladigan eshiklari orqali esa tashqi dunyodagi xavflardan himoyalanishgan. #maroniylik#yangiruhiyat @m_oddiy
Hashtags
Ippubblikat Aww 14
Tarixdagi eng unutilmas shaxslardan biri bo‘lgan Nikola Tesla 8 ta tilni bilgan va 300 dan ortiq patentga ega edi. U bugungi kunda biz foydalanayotgan o‘zgaruvchan tokni ixtiro qilgan. Garchi Edison bilan bo‘lgan tajribalari unga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa-da, u ishlashni va harakat qilishni davom ettirdi. U na pul, na shuhrat ortidan quvdi. U tinim bilmay ishladi, oddiy hayot kechirdi va dunyoga bepul elektr energiyasi yetkazib berish maqsadidan voz kechmadi. Ammo, afsuski, qilgan mehnatlari evaziga munosib mukofot ololmadi va kambag‘al holda hayotdan ko‘z yumdi. #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy
Hashtags
Ippubblikat Aww 13
Turmush qurish vaqti kelgani uchun musiqiy karyerasidan voz kechgan Maria Anna Motsart ukasi Volfgang Motsartga dars berish va kompozitsiyalar yozishni boshladi. Vaqt o‘tgan sayin ukasini musiqa sohasida xuddi o‘zi kabi rivojlantirdi va uning dunyoga mashhur bastakor bo‘lishiga hissa qo‘shdi. U eri vafot etganidan so‘ng o‘z hayotini musiqa o‘qituvchisi sifatida davom ettirdi va ukasi Volfgangning shuhrati Mariyaning iste’dodini soyada qoldirib, porlab ketdi. #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy
Hashtags
Ippubblikat Aww 12
Jamiyatdagi iqtisodiy tengsizlik va kambag‘allar kun sayin qashshoqlashib, boylar esa boyib borayotganini tanqid qilgan Megi, dastlab Monopoliya o‘yinining ikki xil turini bozorga chiqaradi. Birinchi o‘yinda barcha o‘yinchilar faqat boyib, o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilishadi, ikkinchi o‘yinda esa har bir o‘yinchi raqiblarini birin-ketin mag‘lub etishi kerak. Megi nafaqat iqtisodiy tengsizlikni, balki erkaklar hukmron bo'lgan tizimni ham tanqid qiladi. Chunki o‘sha davr sharoitida ayollar ko‘pincha erkaklar tomonidan past qaralardi. O‘yinni Megidan o‘g‘irlagan Charlz Darrou esa "Bu o‘yinni buyuk inqiroz davrida yaratdim" degan yolg‘on bilan bozorga chiqaradi. Ammo bu yolg‘on hikoya odamlarni ishontiradi va tez orada Monopoliya butun dunyoga mashhur o‘yinga aylanadi. #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy
Hashtags
Ippubblikat Aww 11
Tarixning eng muhim kutubxonalaridan biri bo‘lgan Bag‘dod kutubxonasi fizikadan tortib astronomiyagacha deyarli barcha sohalarga oid minglab manbalarni o‘z ichiga olgan maskan edi. Biroq, Chingizxonning nabirasi Huloku xon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shini tomonidan yoqib, yo‘q qilindi. #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy
Hashtags
Ippubblikat Aww 8
🎥 "Kichik Daho: Ibn Sino" (2023) Ushbu serial tarixning eng buyuk olimlaridan biri Ibn Sinoning bolalik yillariga bag‘ishlangan asardir. Ayniqsa, bolalar va yosh tomoshabinlarga mo‘ljallangan bu serial ham tarixiy shaxslarni tanishtirish, ham ilm-fanga muhabbat uyg‘otishni maqsad qilgan. #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy
Hashtags