TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Lura għall-lista tal-kanali
ODDIY HAYOT avatar

TGINSIGHT CHAT

ODDIY HAYOT

@m_oddiy

Education

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi loyihasi

Abbonati895Abbonati attwali
Postijiet immonitorjati236Għadd ta' postijiet indiċizzati
Raġġ reċenti38,990Somma tal-viżjonijiet reċenti
Postijiet reċenti

Postijiet reċenti

Paġna 15 minn 20 · 236 postijiet

Ippubblikat Aww 7

Vaqt har narsaning davosi, deyishadi. Xo‘sh, rostdan ham shundaymi? Ba’zi narsalarni faqat vaqtga havola qilishning o‘zi yetarlimi? Ehtimol, vaqtni davoga aylantiradigan narsa uni qanday boshqarishimizdir? Chunki xuddi shu vaqt oralig‘ida... Bir odam og‘riqdan qiynalsa, boshqasi shu og‘riqqa qaramay, yo‘lida davom etishi mumkin. Garchi ikkalasining ham sarflagan vaqti bir xil bo‘lsa-da, biri joyida depsinib turadi, ikkinchisi asta-sekin o‘zini qaytadan quradi. Biz insonmiz va, albatta, ba’zan to‘xtashimiz ham kerak. Nafas olishga, dam olishga va jim turishga ham ehtiyoj sezishimiz mumkin. Ammo o‘sha to‘xtashdan keyin vaqtdan qanday foydalanish butunlay bizning tanlovimizda. Vaqt oqib ketyapti. Nimaiki qilmaylik uni to'xtatib bo'lmaydi va to‘xtashi ham mumkin emas. Lekin bu, albatta, hamma narsani shoshilinch qilishimiz kerak, degani emas. Inson xotirjam va osoyishta bo‘lganda ham vaqt bilan uyg'unlikka erisha oladi. Inson o‘ziga in’om etilgan vaqt bilan o‘ziga achinishni ham, o‘zi bilan bellashishni ham, o‘zi bilan kurashishni ham, o‘zi bilan yarashishni, o‘zini kechirish, o‘zini tushunish va oldinga intilishni ham tanlashi mumkin. Insonning tanlovi nima bo‘lishidan qat’i nazar, vaqt bir lahza ham harakatdan to‘xtamaydi. Va qilingan tanlovlar vaqtning davo yoki zahar bo‘lishini belgilaydi. #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy

5,120 views

Ippubblikat Aww 6

Yoʻlga chiqayotganda, uyidan chiqmaganlardan aql olmaslik kerak #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy

3,420 views

Ippubblikat Aww 5

Tarixning eng muhim ilm markazlaridan biri bo‘lgan Iskandariya kutubxonasi, o‘zidagi yuz minglab kitoblar bilan kelajakka nur sochib turardi, to yoqib yuborilgunga qadar. Uning qanday yoqilgani aniqlanmagan bo‘lsa-da, tarixiy manbalarga ko‘ra, 3 xil ehtimol mavjud. Ulardan birinchisi, Sezar Iskandariyani egallashga uringan paytda yoqib yuborilishi, ikkinchisi va uchinchisi esa, nasroniy yoki musulmon din arboblari tomonidan dinga zid qarashlar aks etgan yozuvlar mavjudligi sababli yoqib yuborilishidir. Bu uch ehtimoldan qaysi biri haqiqatda yuz bergani aniq bo‘lmasa-da, Iskandariya kutubxonasining yonib ketishi tarixdagi eng katta yo‘qotishlardan biri deb ko'riladi. #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy

7,270 views

Ippubblikat Aww 4

Gipatiya Misrning eng donishmand odamlardan biri bo'lmish Teonning qizi edi. Otasining qo‘llab-quvvatlashi bilan u ilm-fan, matematika, falsafa va astronomiyaga juda qiziqardi. Vaqt o‘tishi bilan u ko‘plab sohalarda o‘zini rivojlantiradi va qadimgi davrning eng yirik kutubxonasi bo‘lgan Iskandariya kutubxonasida o‘qituvchilik qila boshlaydi. Uning ayol sifatida bergan darslari, shuningdek diniy e’tiqodining majusiylik bo‘lishi uni din dushmani va jodugar sifatida ayblashga sabab bo‘ladi va bir kuni u o‘qituvchilik qilgan maktab oldida din tarafdorlari tomonidan ushlanib, shafqatsizlarcha o‘ldiriladi. #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy

2,960 views

Ippubblikat Aww 1

Xashamatli toʻy yoki oilaviy sayohat? Qay birini tanlaysiz? #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy

2,760 views

Ippubblikat Lul 30

Mehmonlar uchun olingan buyumlarni qanchada bir ishlatasiz? #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy

2,690 views

Ippubblikat Lul 24

Amalga oshirilgan soʻnggi islohotlar haqida #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy

1,790 views

Ippubblikat Lul 23

Boshlash uchun mukammal boʻlish shart emas #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy

1,740 views

Ippubblikat Lul 21

Yaponiyalik bu odam 2011-yildan beri tsunamida yoʻqolgan ayolini izlaydi. #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy

1,610 views

Ippubblikat Lul 18

O‘tmish bizga saboq berishi mumkin, ammo u bilan yashab bo‘lmaydi Kung Fu Panda 2 filmidagi bu fikr, hayotning eng muhim haqiqatlaridan birini eslatadi: inson o‘tmishni o‘zgartira olmaydi. Qanchalik afsuslansa ham, u yerda qolib ketgan og‘riqlarni bugunga olib kelish – faqatgina hozirgi baxtimizni o‘g‘irlaydi. Panda bu so‘zlar bilan bizni bir haqiqatga yetaklaydi: faqat hozir va kelajak bizning qo‘limizda. O‘tmishdan saboq olish – donolik, lekin unda yashash – hayotni to‘xtatib qo‘yishdir. #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy

1,070 views
12•••10•••1314151617•••1920