#foydali#resurs
✴️pngtree - PNG formatdagi bepul yuklab olish uchun millionlab PNG rasmlar, orqa fonlar va vektorli illustratsiyalar yuklab olish sayti.
Saytga kirib ko'rsangiz izlayotgan rasmlarni albatta topasiz.
P.S. Kuniga faqat 2ta rasm yuklash mumkin, keyingisi pullik.
📱Ishingizni osonlashtiradigan 5 ta yashirin Windows funksiyalari
Siz ko'plab Windows imkoniyatlarini bilmaysiz. Hozir esa sizga quyida 5 tasini sanab o'taman:
1. Virtual ish stollari (Windows 10/11)
Turli vazifalar uchun bir nechta ish stollaridan foydalaning: Win + Tab -> "Новый рабочий стол". «Ctrl + Win + strelkalar» yordamida bir-biriga o'tish mumkin.
2. Windows bufer xotirasi (Windows 10/11)
Nusxalab olgan hamma matnlaringiz endi Windows bufer xotirasida turadi. Buning uchun Win+V tugmalarini bosib uni faollashtirib qo'yasiz. Kerakli joyga nusxalab olgan matnni qo'yish uchun Win+V tugmasini bosasiz va tanlab ishlataverasiz.
3. "Диспетчере задач"da tarmoq monitoringi
Ctrl + Shift + Esc tugmalarini bosib , "Производительность" -> "Ethernet" yoki "Wi-Fi" ga o'tsangiz real vaqtda tarmoqni monitoring qila olasiz.
4. Ilovalar uchun tezkor tugmalar
Xohlagan ilova yoki dastur uchun tezkor tugma biriktirihsingiz mumkin. "Свойства" -> "Ярлык" -> "Быстрый вызов".
5. Автосоздание точек восстановления
"Система" -> "Защита системы" orqali o'tib, «точка восстановления» yaratib qo'ysangiz, kompyuteringizga nimadir bo'lsa tizimni buzilishidan oldingi xolatga oson qaytara olasiz.
👉Bizning barcha loyihalar | #windows#foydali
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿📑📑📑📑
▶️Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?
✅ Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
❗️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (4 120 000 so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (6 180 000 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
#Foydali#Kadastr#Buxoro
🌎Veb-sayt📱Telegram📱Facebook📱You Tube📱Instagram
2025-yilda aktual UI dizayn tendensiyalari
UI dizaynning kelajakda dolzarb bo‘lishi mumkin bo‘lgan tendensiyalari, ulardan:
▪️Minimalism
▪️Material design
▪️Large typography
▪️Morphism
▪️Brutality
▪️Bento style
» Batafsil | #foydali#maqola
📱dizayn-blog | UX/UI d. guruhimiz
#foydali#tavsiya
⚡️⚡️⚡️
🌍Seeklogo.com - 500.000 dan ortiq xalqaro brendlarning logolari jamlangan sayt.
🇺🇿@LogotipUz - ushbu kanalda o'zimizdagi brendlarning logotiplarini topishingiz mumkin.
@nobazo_design
#foydali#tavsiya
Sifatli resurs yordamida dizayningizning ham sifati oshadi. Lekin sifatli resurslarni topish ba'zida muammo bo'ladi.
Ushbu dastur yordamida sifati past rasmlarni sifatli ko'rinishga keltirishi mumkin.
Agar ishlatishda muammo bo'lsa quyidagi ssilka orqali videosini ko'rishingiz mumkin😎
Dizayner do'stlaringizga ulashishni unutmang ⚡️⚡️⚡️
@nobazo_design
#foydali
#qiziqarli
Eyler to'g'ri chizig'i
Uchburchaknig ortomarkazi H (balandliklarning kesishish nuqtasi), ogʻirlik markazi G (medianalarning kesishish nuqtasi) va tashqi chizilgan aylana markazi O bitta toʻgʻri chiziqda - Eyler toʻgʻri chizigʻida yotadi.
Bunda HG=2GO tenglik o'rinli bo'ladi.
👉@matematikadan_milliy_sertifikat
#foydali
#qiziqarli
PROMILL
Promill — sonning mingdan bir ulushi
yoki foizning o'ndan bir qismi.
Bir promill 1‰ orqali belgilanadi.
Bu tushuncha ko'proq qotishmalar konsentratsiyasini ifodalashda, farmatsevtikada qo'llaniladi.
Masalan, oltin probasi 999 deganining ma'nosi qotishmadagi oltinning konsentratsiyasi 999 promill degani, ya'ni qotishmaning 1000 ulushiga toza oltinning 999 ulushi to'g'ri kelishini bildiradi.
Suvning sho'rligini aniqlashda esa suvning 1000 og'irlik ulushiga necha ulush tuz to'g'ri kelishini bildiradi. Sho'rligi 1‰ gacha bo'lgan suv ichishga yaroqli hisoblanadi.
Lotincha "promille" so'zidan hosil bo'lgan bo'lib, mingga degan ma'noni bildiradi.
👉@matematikadan_milliy_sertifikat
#foydali
#qiziqarli
ZAXIRA RAQAM
Zaxira raqam — taqribiy hisoblashlarda sonning yaxlitlash chegarasidan bitta oʻngda turgan xonadagi raqam.
Masalan,
2,341+3,437 yigʻindini oʻndan birlar xonasigacha aniqlikda hisoblash soʻralgan boʻlsin.
Bu yerda 2,341 sonidagi 4 raqami,
3,437 sonidagi verguldan keyingi 3 raqami zaxira raqamlar hisoblanadi.
Uni uchta usulda hisoblash mumkin:
1) avval sonlarni oʻndan birlar xonasigacha yaxlitlab, soʻng hisoblaymiz: 2,3+3,4=5,7;
2) sonlarni zaxira raqamlari bilan qoʻshib, soʻng yigʻindini yaxlitlaymiz: 2,34+3,43=5,77≈5,8;
3) sonlarni berilgan holida qoʻshib, yigʻindini yaxlitlaymiz: 2,341+3,437=5,778≈5,8.
Garchi 1-usul notoʻgʻri boʻlmasada, 2- va 3-usuldagi qiymatga nisbatan xatoligi ortiq boʻlyapti;
Uchinchi usulda xatolik kam boʻlsada, bunday hisoblash noqulay.
Shuning uchun taqribiy hisoblashda, sonlarni zaxira raqamlari bilan olib hisoblash foydali.
👉@matematikadan_milliy_sertifikat
#foydali
#qiziqarli
🎢 Amerikancha attraksion ("Amerikancha gorka") bilan matematika fani orasida qanaqa bog'liqlik bo'lishi mumkin?
Ushbu attraksionlarni ko'pchilik bilishadi. Lekin ko'pchilik ushbu attraksion matematikadagi Myobius chizig'iga asoslanganligini bilmaydi. Myobius chizig'i - bu bir tomon va bir chegaraga ega bo'lgan shakl hisoblanadi.
👉@matematikadan_milliy_sertifikat
#foydali
#qiziqarli
QAYTMA TENGLAMA
Chetki hadlaridan bir xil uzoqlikdagi hadlar koeffitsiyentlari teng boʻlgan tenglamalar qaytma tenglamalar deyiladi.
Masalan,
ax⁴+bx³+cx²+bx+a=0 (a≠0) koʻrinishdagi tenglamalar toʻrtinchi darajali qaytma tenglama hisoblanadi.
Bunday tenglamalarni ikkala qismini x² ga boʻlib, x+1/x=t belgilash kiritib yechiladi.
👉@matematikadan_milliy_sertifikat
#foydali
#qiziqarli
Pifagor teoremasining yaqqol isboti.
Tomonlari a va b ga teng bo'lgan kvadratlar yuzalarining yig'indisi, tomoni c ga teng bo'lgan kvadrat yuzasiga teng, ya'ni
a² + b² = c².
👉@matematikadan_milliy_sertifikat