Ishingizni yengillashtiruvchi 5 ta foydali klavish kombinatsiyalari
Alt + Backspace - Ehtiyotsizlik sabab matnning biror qismini o'chirib yuborsangiz, ushbu kombinatsiya barchasini o'z holatiga qaytaradi.
Ctrl + Shift + N - Ish stolida yangi folder ochish imkonini beradi.
Alt + Tab - Barcha ochilgan oynalar orasida tezkor ravishda o'tish uchun xizmat qiladi.
Shift + Delete - Fayllarni korzinaga tashlamay o'chirib yuboradi.
Win + L - Ekranni bloklash.
~ Manba:Nuriddinoff Blog
👉🏼Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #foydali
Ish stolida Kompyuter ikonkasini chiqarish
🖥 Yangi o'rnatilgan Windows 10'da Kompyuter ikonkasi default o'chiq bo'ladi, ya'ni ish stolida This PC ikonkasi bo'lmaydi.
⌨️ Uni chiqarish uchun Win + R bilan Run oynasini oching va desk.cpl ,5 ni kiriting (yoki Settings > Personalization > Themes > Desktop icons settings'ga o'ting) .
⚙️ Sizga Desktop Icon Settings ochiladi. U yerdan Computer oldidagi qutichani belgilangan qilib qo'ying va Apply'ni bosing.
💻 Endi Kompyuter sizning Ish stol'ingizda.
👉🏼Birinchi raqamli Windows Blog | #bilib_oling / #foydali
Kompyuter "xarakteristika"sini ko'rish
⚙️Windows 10 operatsion tizimida kompyuter ma'lumotlarni ko'rish uchun: Settings (Настройки) > System (Система) va eng pastida About (О системе) bo'limiga o'ting.
💾 Agar sizga yanada to'liqroq ma'lumot kerak bo'lsa, Win + R tugmalarini bosing va chiqqan oynaga msinfo32 deb yozing. Shunda sizga kompyuteringiz haqida to'liq ma'lumot ko'rsatiladi.
👉🏼Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #bilib_oling
Formalarni qo'lda to'ldirib asabi buziladigan dasturchi va testerlar uchun super topilma!
Sayt yasagandan keyin uni test qilish jarayonida ism, email, raqam, parol va boshqa qatorlarni qayta-qayta o'zingiz to'ldirishga vaqt sarflab charchadingizmi?
Unda Fake Filler nomli Chrome kengaytmasi (plagini) ayni siz qidirgan narsa! U bitta klik bilan har qanday veb-shakllarni tasodifiy (random) ma'lumotlar bilan avtomatik to'ldirib tashlaydi. Bu esa xatoliklarni qidirish va test jarayonini ancha tezlashtirib, asabingizni asraydi. 🚀
➡️Kengaytmani o'rnatish:Havola orqali o'ting (Chrome Web Store)
Do'stlar va tanish testerlarga yuborib qo'yamiz, vaqtlarini tejashsin!
#foydali#dasturlash#tester
💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va IT memlari aralash kanal😉
Kompyuteringiz protsessori 64-bit'ni qo'llab-quvvatlaydimi?
🖥 Ko'pchilik eski kompyuterlarda protsessor standart 32-bit'li bo'ladi, lekin protsessoringiz 64-bit'da ham ishlashi mumkin.
⚙️ Buni bilish uchun esa Win + I orqali Settings'ga kiring va System bo'limiga o'tib, eng pastdagi About qismiga o'ting.
U yerda siz rasmdagidek tizim turini ko'rishingiz mumkin. Agar sizda:
— 64-bit operating system, x64-based processor bo'lsa, protsessoringiz 64-bit'ni qo'llab-quvvatlaydi va sizda allaqachon 64-bit'li Windows o'rnatilgan.
— 32-bit operating system, x86-based processor bo'lsa, protsessoringiz 64-bit'ni qo'llab-quvvatlamaydi va sizda 32-bit'li Windows o'rnatilgan.
— 32-bit operating system, x64-based processor bo'lsa, protsessoringiz 64-bit'ni qo'llab-quvvatlaydi, biroq sizda 32-bit'li Windows o'rnatilgan.
⚡️ Gap shundaki, 32-bit protsessor 64-bit'ga qaraganda sekinroq ishlaydi.
👉🏼Birinchi raqamli windows blog | #foydali / #windows
#Olimpiadachi_kundaligi
#Foydali
FAN OLIMPIADALARIGA TAYYORLANADIGAN O‘QUVCHILAR UCHUN ONLINE FOYDALI PLATFORMALAR
❗️Fan olimpiadalariga tayyorlanish — bu sabr, mehnat va to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqni talab qiladigan jarayon.
⚡️ Shu munosabat bilan Fan olimpiadalari markazi qishki ta'til davomidasizlarga ijtimoiy tarmoqlarda bepul va samarali tarzda foydalanishingiz mumkin bo‘lgan olimpiadalarga oid ba’zi platformalarni taqdim etadi!
Matematika fanidan:
1️⃣ Art of Problem Solving – www.artofproblemsolving.com (AoPS) — olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilar uchun yaratilgan.
2️⃣ Coursera – www.coursera.org — Matematika, fizika, biologiya, kimyo kabi fanlardan chuqur darslar.
Fizika fanidan:
1️⃣ PhO - https://pho.rs/ — Fan olimpiadalari ishtirokchilari, ayniqsa fizika bilan shug‘ullanuvchilar uchun mo‘ljallangan xalqaro platforma,
2️⃣Physolymp — https://physolymp.com/ — Xalqaro va mahalliy olimpiadalarga mustaqil tayyorgarlik ko'rish uchun,
3️⃣Phet — https://phet.colorado.edu/— fizikadagi masalalarni visual tasavvur qilish uchun
Kimyo fanidan:
1️⃣ ChemCollective – www.chemcollective.org— Virtual laboratoriyalar, kimyoviy tahlillar va masalalar jamlanmasi.
2️⃣ Royal Society of Chemistry – www.rsc.org/learn-chemistry — Dars materiallari, tajriba videolari, testlar va laboratoriya topshiriqlari (“Olimpiadalar” bo‘limi ham mavjud!)
Biologiya fanidan:
1️⃣LibreTexts — https://bio.libretexts.org/ — Biologiya fanidan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish uchun
2️⃣Microbe Notes — https://microbenotes.com/ — Biologiya fanidan amaliy bilimlarni chuqurlashtirish uchun
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan:
1️⃣CSES — CSES.fi — Standart algoritmlarni mustahkamlash uchun 300 ta eng saralangan masala to‘plami.
2️⃣Robocontest — Robocontest.uz — O‘zbek tilidagi eng katta baza. Milliy olimpiadalarga tayyorlanish uchun ayni muddao.
3️⃣Algorithms for Competitive Programming — CP-Algorithms.com — Algoritmlar nazariyasi bo‘yicha eng chuqur ma'lumotlar bazasi.
BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!
Bizni kuzatib boring:
✈️Telegram📷Instagram🔵Facebook▶️YouTube
Dizaynerlar uchun 3 ta foydali manbalar
🤔60 FPS Design — bu dizaynerlar uchun ilovalar va veb-saytlardagi animatsiyalarni jamlagan manba.
🤔Colors Palette Visualizer — bu rang palitralarini dizaynlarda sinab ko‘rish va eksport qilish imkonini beruvchi vosita.
🧠Design Vault — bu dizaynerlar uchun ilhom olish platformasi bo‘lib, u real mahsulotlardan olingan UI dizaynlarni taqdim etadi.
#foydali#manba#ilhomlanish
@suxrobblog
Dasturchilar uchun haqiqiy xazina: Bepul instrumentlar to'plami!
Bitta saytning ichida dasturlash va dizayn uchun yuzlab kerakli vositalar (tools) jamlanganini ko'rganmisiz?
Bu platformada CSS uchun tayyor generatorlar, animatsiyalar, kodni formatlash va boshqa ko'plab qulayliklar bor. Eng qizig'i — bu saytdagi bor kontentning juda kichik bir qismi xolos. Veb-dasturchilar (ayniqsa frontenderlar) uchun ishni ancha osonlashtiradi va vaqtni tejaydi!
➡️Saytga o'tish:10015.io
(Eslatma: Saytga kirishda VPN talab qilinishi mumkin 🛡)
🔥 — Shunaqa foydali topilmalar ko'payib tursin desangiz, reaksiya bosib qo'yamiz!
#foydali#frontend#css#dasturlash
💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va IT memlari aralash kanal😉
Frontend interviewlarga tayyorgarlik
Suhbatlarga tayyorgarlik ko'rayotganda odatda quyidagi resurslardan foydalanaman, o'ylaymanki foydali bo'ladi bilmaganlar uchun.
Foydali linklar 🔗
Coding savollari va qo'shimchalar:
https://bigfrontend.dev/
JavaScriptdan outputlarni topish bo'yicha savollar (men eng qiynaladigan qismim 😬):
https://github.com/lydiahallie/javascript-questions
Frontend intervyu savollari, deyarli barcha yo'nalishlar bo'yicha (Rus tilida):
https://github.com/YauhenKavalchuk/interview-questions?tab=readme-ov-file
JavaScript intevyu savollari:
https://github.com/sudheerj/javascript-interview-questions
React intervyu savollari:
https://github.com/sudheerj/reactjs-interview-questions
System design va Tier 1 kompaniyalarda tushadigan savollar:
https://www.frontendinterviewhandbook.com/
https://www.greatfrontend.com/
Men ham yaqin orada JoshDeveloper va shahzodcodes o'tkazayotgan interviewlarda chiqib qolsam ajabmas 🌚
P.S. Sharing is caring, foydali bo'lsa, ulashing 😉
#foydali#useful#resources#links
@khumoyun_codes
Masofadan turib kompyuterni yoki telefonni boshqarish
💻 Anydesk - bu bir qurilmadan turib boshqa qurilmani boshqarish imkonini yaratib beruvchi dastur hisoblanadi.
🖥 Anydesk ishlashi uchun masofadan boshqarmoqchi bo'lgan va o'zingizning qurilmangizda AnyDesk o'rnatilgan va internetga ulangan bo'lishi kerak.
📱 Kompyuter uchun anydesk.com saytidan, telefon uchun Play Store yoki App Store-dan AnyDesk-ni yuklab olishingiz mumkin.
➡️Birinchi raqamli Windows Blog | #dastur / #foydali
Dasturlarni to'liq o'chirib yuborish haqida
⌨️ Ko'pchiligimizning kompyuterimizda keraksiz dasturlar bor. Ularni ishlatmasangiz o'chirib yuborishingiz kerak. Negaki, ular bekordan bekorga kompyuteringizda joyni band qiladi va ayrim paytlarda kompyuteringiz yaxshi ishlashiga xalaqit berishi mumkin.
❌ Dastur papkasi delete qilishning o'zi yechim bo'la olmaydi. Aksincha bu masalani battar chigallashtirib yuboradi.
🚮 Dasturlarni o'chirish "uninstalling" deb nomlanadi.
✅ Dasturlarni ortiqcha qiyinchiliklarsiz o'chirish uchun Iobit Uninstaller-dan foydalanishingiz mumkin. Iobit Uninstaller dasturiga kirib o'chirmoqchi bo'lgan dasturingizni tanlang va uninstall qiling.
🌐 Dasturni o'zining rasmiy saytidan yuklab olishingiz mumkin: iobit.com
➡️Birinchi raqamli Windows Blog | #dastur / #foydali