TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MATEMATIKA | Shomirza Asqarov

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Sib kontenut simili

Kanal tas-sors @math_sulton · Post #7708 · Aww 10

#foydali Muhokamaga sabab bo'lgan savollarga kerakli formulalar😊 👉@iksvariant🇺🇿

Hashtags

Riżultati

542 postijiet simili nstabu

Tfittxija globali ġenerali

RedFox Branding

@redfoxuz · Post #856 · 13/04/2020 00:06

#foydali#nima#qanday 💟WhatFont - osonlik bilan internet saytlarida qo'llanilgan shriflarni aniqlashda yordam beradi. Shriftning nomi, stili, o'lchami, rangli va boshqa kerakli ma'lumotlarni aniqlab olishingiz mumkin. ⬇️WhatFont plugin'ni yuklab oling: https://bit.ly/34wyotq @sociallyuz

IK Design©

@ikdesignuz · Post #1468 · 08/10/2021 18:59

Bugun Siz bilan telefonda dizayn tayyorlash uchun kerak bo‘lgan 8ta ilovalar bilan tanishamiz #foydali#ilovalar 📲 Suratlarda ko‘rgan dasturlarni telefoningiz android bo‘lsa Play market, IOS bo‘lsa App storedan yuklab olishingiz mumkin. 🎨 Bugun Sizga telefonda dizayn tayyorlash uchun kerakli ilovalarni tanishtirgan bo‘lsak, tez kunlarda ushbu dasturlardan foydalanish bo‘yicha videodarsliklar ishlab chiqamiz. Ushbu foydali ma'lumotlarni do‘stlaringizga baham ko‘rsangiz xursand bo‘lamiz! @matbuotvamediauz👈

Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #293 · 15/11/2024 06:09

Yillar muhim emas! Veb yoki UX/UI dizaynersiz, sohada 2-3 yillab ishlab kelyapsiz, boringki, 10-15ta proekt qildiz deylik. Lekin, loyihalarda to'g'ri yechim berganingizni qayerdan bilasiz? Xo'p, ishingiz mijozga va dasturchiga yoqdi degani, siz zo'r yorvorishn dizaynersiz degani emas! Birinchidan mijoz bu dizayner yoki art-direktor emas, dasturchiga keladigan bo'lsak o'zimizda ko'p dasturchilar o'zini ishlatadigan texnologiyalarni ham qoyillatib ishlatishiga ko'zim yetmaydi... Bu bilan, hamma mijoz va dasturchilarni layoqatsiz demoqchi emasman. Ko'plab xalqaro darajadagi yaxshi dasturchilarimiz bor, bundan tashqari dizayndan xabari bor mijozlarimiz ham bo'lishi mumkin, bu juda yaxshi albatta. Bu postni yozishimdan maqsad, ko'proq rivojlanishimiz kerak, hurmatli dizayner do'stlarim... O'zimizdagi dizaynerlarda kuzatadigan ko'plab, kamchiliklarni yozib ketaman: — Avvalo loyihani yaxshilab tushunib oling va shu bo'yicha research qiling. Kamida loyihani 20ta alternativ versiyalarini o'rganib chiqing. Alternativi bo'lmagan taqdirda, boshqa loyihalarni yaxshilab tahlil qilib, o'zimizni loyihaga oladigan qismlarini o'rganib, o'z stilingizni yaratishga harakat qiling... UI'da ishlashdagi kamchiklarimizdan (umumiy UI prinsiplarini bilmaslik): — Grid bilan to'g'ri ishlay olmaslik; — Masofa, o'lchamlar (bir bog'dan, bir tog'dan bo'lib ketgan bo'ladi); — Tugmalar (button) har xil o'lchamda yoki, bitta stilda emasligi; — Ranglar (Loyiha 2ta mavzuda bo'lsa, figmada color variables bilan ishlashni tavsiya qilaman); — Components'siz ishlash; — Layer'larni tartiblamay ishlash, imkon qadar layerlarni nomlab keting (boshqa dizayner b/n ishlasangiz to'liq nomlab keting); — Boshqa dizayner Feedback'lariga amal qiling. Yokida amal qilmaslik uchun, sabab keltiring) — Dasturchiga dizaynni topshirishda qadamma-qadam (figmada section'larga bo'lib) tushunarli qilib topshirmaslik. — Dasturchi siz chizgan dizaynni qidirib yurmasin va ortiqcha savollarni oldini oling. Dasturchi b/n inoq bo'lishga harakat qiling.Va joyi kelganda dasturchiga amallab, yuboring deysiz bemalol 😅; Bu kamchiliklar juda ko'pchilikda ko'raman, hattoki, Rus va Ukrainalik dizaynerlarni figma faylllarini ochganimda ham uchratganman, bu yaxshi holat emas, albatta. Bu postni esa avvalo o'zimga eslatma uchun ham yozib ketyapman. Menda ham, boshqalarda ham kamchiklar bo'ladi, bu tabiiy holat bundan uyalish yoki hijolat bo'lish kerak emas. Ammo o'rganib, rivojlanmasangiz bu uyatli holatdir, o'rganmaslikdan uyaling! P.s. Sohani o'rganib borar ekanman, hali ko'p narsalarni bilmasligimni anglab yetyapman. Imkon qadar, zanglagan bilimlarimni yangilab boryapman) @suxrobblog — #foydali#tanqid#feedback

Buxoro shahar hokimligi | Rasmiy

@buxoroshahhokimligi · Post #51478 · 30/03/2026 06:08

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Xatlov qilib ketishdi. Uy-joyingizga egalik huquqi beriladimi? Jarayonlarni "E’tirof" AAT tizimi orqali kuzatib boring ⏺Tasdiqlangan reja-jadval va xatlov natijalari bilan tanishish; ⏺Har bir obyekt bo‘yicha ma’lumotlarni onlayn kuzatish; ⏺Kadastr raqami yoki hududni tanlash orqali kerakli obektni topish; ⏺Tashkilotlar tomonidan berilgan ijobiy yoki salbiy xulosalarni ko‘rish imkoniyati mavjud. 🌟 Muhim: Agarobyektga nisbatan salbiy xulosa berilgan bo‘lsa, OneID orqali tizimga kirib, tegishli tashkilotga arizangizni qoldirishingiz mumkin. #EtirofAAT#Qonun_937#Foydali#Kadastr#Buxoro 🌎Veb-sayt📱Telegram📱Facebook📱You Tube📱Instagram

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

@kompyuter_bilimlari · Post #6074 · 14/11/2023 15:06

🚀 Yirik IT kompaniyalarda Web dasturchilar qancha maosh oladi (soliqlarsiz) ? • Google - 208.965$ ni tashkil qiladi. • Amazon - 181.390$ ni tashkil qiladi. • Microsoft - 174.108$ ni tashkil qiladi. • SpaceX - 159.577$ ni tashkil qiladi. • PayPal - 122.061$ ni tashkil qiladi. • Meta - 130.738$ ni tashkil qiladi. • Tesla - 109.484$ ni tashkil qiladi. • Apple - 185,817$ ni tashkil qiladi. 👉🏼Birinchi raqamli Windows Blog | #manba / #foydali

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

@kompyuter_bilimlari · Post #5700 · 10/06/2023 11:06

Dasturchilarning 3 darajasi! Junior, Middle, Senior Dasturlash sohasida ham mutaxassislarni ma'lum darajada aniqlash maqsadida 3 ta toifa joriy etilgan. Bu me'zon dasturchilarning sohasi mobaynida to'plagan tajribasiga qarab belgilanadi! Bugun e'tiboringizga dasturchilarning darajalari haqida qisqacha tushuncha berib o'tmoqchimiz. Demak boshladik: 🔹Junior dasturchi: Bu daraja eng qiyin hisoblanadi. Chunki dasturchi uchun bu bosqichda xatolardan o’rganish talab etiladi. Xato qilish va qiyinchiliklar bilan uni tuzatish orqali olingan tajriba dasturchining o’rganadigan asosiy bilimi hisoblanadi. Juniorga beginnerdagi kabi kimdir bilimni ochiq o’rgatmaydi. 🔹 Middle dasturchi:Har qanday jamoada middle dasturchi eng ko’p ish qiladigan, eng kam olqish oladigan va keyingi darajaga juda katta tezlikda intilayotgan shaxs sifatida ko’riladi. Middle dasturchini kod ishlarida qora ishchi, yoki qul deb ta’riflasak ham bo’ladi. Chunki u oson va qiyin topshiriqlarni aralash bajaradi, oxirgi tayyor mahsulotga uning mehnati eng ko’p singgan bo’ladi. 🔹 Senior dasturchi:Jamoada senior dasturchi eng katta tajribaga ega va o’z sohasi bo’yicha yetarlicha bilimga ega bo’lgan shaxs sifatida ko’riladi. Bu bosqichda dasturchilarda «qancha ko’p o’rganganim sari shuncha kam bilishimni tushunib yetayapman», ma’nosidagi Dunning-Kurger effekti holati yuz beradi. Ular endi daturlashdagi real hayot muammolariga duch kelishadi va o’z bilimlarining ojizligini his qilishadi. Ammo shunga qaramasdan, ulardagi soha bo’yicha bilimlari avvalgiga nisbatan faqat yuqorilayotgan bo’ladi. 🧑🏻‍🏫 Dunyoda hech bir ilmning oxiri yo’q. Albatta, dasturlashda ham hatto senior darajasidan keyin ham o’rganiladigan narsalar juda ko’p. Shunday ekan izlanishdan aslo to'xtamang! 😉 Berilgan ma'lumot sizlarga foydali bo'ldi degan umiddamiz. Bizni kuzatishda davom eting! 👉🏼Birinchi raqamli Dasturlash Blog | #foydali / #manba

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

@kompyuter_bilimlari · Post #5467 · 25/04/2023 06:56

Kompyuter sekin ishlashiga nimalar sabab bo'ladi? 🔄 Kompyuterni Restart (Перезагрузка) qilmaslik. Hech bo'lmasa har ikki kunda bir marta kompyuterni Restart (Перезагрузка) qilib turing. 💾 Bir vaqtning o'zida bir nechta dasturlarning ishlab turishi. Kompyuterda bir vaqtda faqat maksimal 2-3 programmalardan foydalaning. Ortiqcha va keraksiz dasturlarni kompyuterdan o'chirib tashlang va Startup (Автозагрузка) programmalarni ham o'chirib qo'ying. 🛡 Hech bo'lmaganda Microsoft Defender yoki Malwarebytes antiviruslaridan foydalaning. 🧹 Disk Cleanup yordamida kompyuterni ortiqcha fayllardan tozalab turing. ♻️ Windows'ni va kompyuteringizdagi dasturlarni doimiy yangilab turing, chunki yangilash ulardagi kamchiliklarni bartaraf qiladi. 👉🏼Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #manba

Dasturlash hayoti️️ ️

@dasturlash_hayoti · Post #4190 · 27/04/2026 09:52

🖥 HTML, 🖥 CSS va 🖥 JS bo'yicha yirik ma'lumotnoma! Frontend dasturlashga oid deyarli barcha texnologiyalar haqida batafsil ma'lumotlarni bitta joyda jamlagan ajoyib "spravochnik" (qo'llanma). Dasturlashni o'rganayotganlar yoki kerakli qoidalar va kodlarni esdan chiqarib qo'yadiganlar uchun tayyor shpargalka! ➡️Saytga o'tish:hcdev.ru Kerak bo'lib qolishi aniq, yo'qotib qo'ymaslik uchun saqlab oling va frontendchi do'stlarga ulashing! #foydali#frontend#html#css#javascript 💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va IT memlari aralash kanal😉

Dasturlash hayoti️️ ️

@dasturlash_hayoti · Post #3786 · 08/05/2025 09:19

2025-yilda kod yozishdagi eng yaxshi yordamchim — Tabnine So‘nggi paytlarda kod yozish jarayonimni yanada samarali qilish yo‘lida turli sun’iy intellekt vositalarini sinab ko‘ryapman. Shular orasida menga eng ko‘p yoqqani bu — Tabnine bo‘ldi. Tabnine nima va nimasi bilan zo‘r? Tabnine — bu kod yozayotganimda menga real vaqtning o‘zida takliflar beradigan sun’iy intellekt yordamchisi. Eng yoqqan jihati — u siz yozmoqchi bo‘lgan kodni kontekstdan tushunib, davom ettirishni o‘zi taklif qiladi. Shu bilan vaqtni ham tejaydi, xatolarni ham kamaytiradi. Nega men Tabnine’dan foydalanaman? 2025-yilgi versiyasi juda kuchli va quyidagi jihatlari men uchun juda qulay bo‘ldi: 🔘Offline rejimi – Kodim hech qayerga yuborilmaydi, maxfiylik muhim bo‘lgan loyihalarda bemalol ishlataman. 🔘 IDE’lar bilan moslashuvchanligi – Men VS Code’dan foydalanaman, Tabnine esa u bilan juda yaxshi ishlaydi. 🔘Ko‘p tillarni biladi – Men bir nechta dasturlash tillarida ishlayman (masalan, JavaScript, PHP, Python), va Tabnine ularning hammasini tushunadi. 🔘Real-time takliflar – Kod yozayotganimda takliflar shunchalik tez chiqadiki, ba’zida o‘zimni professional “copy-paster”dek his qilaman 😄 💻Kimlarga tavsiya qilaman? Agar siz yangi boshlayotgan bo‘lsangiz ham, tajribali dasturchi bo‘lsangiz ham, Tabnine foydali bo‘lishi aniq. Ayniqsa, katta jamoada ishlasangiz, umumiy kod yozish standartlarini saqlashda ham yordam beradi. Qisqacha aytganda, Tabnine hozirda mening kod yozishdagi eng yaxshi yordamchimga aylangan. Agar siz ham kod yozishni tezlashtirishni, tartibga solishni va xatolarni kamaytirishni istasangiz — Tabnine’ni sinab ko‘rishingizni tavsiya qilaman. #foydali#tavsiya#AI#tabnine 💻@jonibek_turapov

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

@kompyuter_bilimlari · Post #6397 · 15/05/2024 03:19

💻3ds Max dasturi uchun qanday kompyuter kerak? ✈️ Barchaga ma'lumki grafikaga bog'liq dasturlar uchun kuchli kompyuter talab etiladi. 3ds Max uchun ham shunday kuchli kompyuter talab etiladi. Boshlang'ich: • Protsessor — Intel Core i5 (9-avlod tepasi) yoki AMD Ryzen 5 (3-avlod tepasi) • Videokarta — nVidia yoki AMD yoki Intel, 4GB, GDDR6 • Tezkor xotira — 8GB, DDR4 • Asosiy xotira — SSD 128GB + yoki HDD 512GB + Normal ishlash uchun: • Protsessor — Intel Core i7 (10-avlod tepasi) yoki AMD Ryzen 7 (4-avlod tepasi) • Videokarta — NVidia GeForce GTX yoki RTX, 4 yoki 6GB, GDDR6 • Tezkor xotira — 16GB +, DDR4 • Asosiy xotira — SSD 256 yoki 512GB + & HDD 1TB + Bemalol ishlash uchun: • Protsessor — Intel Core i9 (10-avlod tepasi) yoki AMD Ryzen 9 (4-avlod tepasi) • Videokarta — NVidia GeForce RTX, 8GB +, GDDR6 • Tezkor xotira — 32GB +, DDR4 yoki DDR5 • Asosiy xotira — SSD 1TB + ➡️Birinchi raqamli Windows Blog | #qiziq / #foydali

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

@kompyuter_bilimlari · Post #5373 · 02/04/2023 06:05

Windows 11 da drayverlarni qanday yangilash kerak 1.Настройкиni oching; 2. Chap yon paneldan Обновление Windows ni tanlang; 3. O'ng yon paneldagi Дополнительные параметры bosing; 4. Kengaytirilgan sozlamalar bo'limida Необязательные обновления ni bosing; 5.Обновление драйверов ni bosing; 6.Загрузить и установить tugmasini bosing. ✅ Amallarni bajarganingizdan so'ng, tanlangan drayverlar yuklab olinadi va kompyuteringizga o'rnatiladi. 👉🏼Birinchi raqamli Windows Blog | #windows11 / #foydali

12•••10•••20•••30•••3334353637•••40•••4546