TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Zarafshon IIB Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Zarafshon IIB Rasmiy kanal

@ZarafshonIIB

News and media

Navoiy viloyati Zarafshon shahar Ichki ishlar bo'limining telegramdagi rasmiy kanaliga xush kelibsiz! 🏢Zarafshon sh., Sanoat hududi 7 uy 🌐@ZarafshonIIB 📞102 ☎️ 79-573-52-11, 79-573-52-10,

Subskrybenci4,260Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty1,005Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg4,705Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 28 z 84 · 1,005 postów

Opublikowano 7 kwi

Prezidentimiz sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Endilikda mahallada ommaviy sport natijadorligi faqat qamrov bilan emas, balki aholining salomatlik ko‘rsatkichlariga ham qarab baholanadi. Har bir viloyatdagi bittadan tumanda “salomatlik balansi” shakllantiriladi. Sport vaziri A.Ikramov, Mahallalar uyushmasi raisi K.Kuranbayev, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Mirziyoyevaga sport bilan faol shug‘ullanuvchi aholi orasidan “sog‘lom hayot volontyorlari” korpusi shakllantirish topshirildi. Ular mahallalarda sport va sog‘lom turmush tamoyillarini targ‘ib qiladi. Har bir tumandagi ushbu tizimda eng namunali bo‘lgan 10 tadan mahallaga bepul sport formasi va anjomlarini berish yo‘lga qo‘yiladi. Dunyoda maxsus jihoz va infratuzilma talab qilmaydigan intensiv sport mashg‘ulotlari, ya’ni kross-fit ommalashayotgani ta’kidlandi. 1-maygacha barcha maktab va texnikumlarda kross-fit bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilishi topshirildi. Kelgusi yildan kross-fit “Besh tashabbus” tizimiga kiritiladi. Endilikda qaysi mahallada sportga qamrov oshib, aholining salomatligi yaxshilansa, yurak-qon tomir, diabet bilan kasallanish ko‘rsatkichi kamaysa, volontyor va mahalla raisiga yil yakuni bilan 15 million so‘mgacha mukofot beriladi. Ushbu mahallada ommaviy sportga mas’ul trenerga 200 foizgacha oylik ustama to‘lanadi. Facebook|Instagram|X

382 views

Opublikowano 7 kwi

❗️Ўзбекистон Республикаси Олий суди томонидан интернет жаҳон тармоғидаги диний экстремистик, террористик ва ақидапарастлик ғоялари билан йўғрилган деб топилган ҳамда Ўзбекистон Республикасининг ҳудудига олиб кириш, тайёрлаш, сақлаш, тарқатиш ва намойиш этилиши тақиқланган манба ва контентлар (материаллар)РЎЙХАТИ(06. 04. 2026 йил ҳолатига) Ҳурматли фуқаролар! Қадрли ота-оналар ва ёшлар! Диний ақидапарастлик, экстремизм ва терроризм тузоғига тушиб қолишдан доимо сақланинг. Улар ҳаётингиз ва орзуларингизни барбод қилишига асло йўл қўйманг. ✔️Суд томонидан тақиқланган интернет манбалардан йироқ бўлинг! Сайт I Telegram I Facebook I YouTube I Instagram

315 views

Opublikowano 7 kwi

O‘q otish bazasida sharoit yaratilgani uchun ushbu sport turida natija ko‘rinayotgani ta’kidlandi. Yaqinda Osiyo chempionatida o‘q otuvchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush medal oldi. Pnevmatikadan otishda Osiyo va jahon rekordini yangiladi. Futbol, sport kurashlari, velosport, yengil atletika, suzishda ham o‘zgarish bo‘layotgani e’tirof etildi. Yoshlar Osiyo o‘yinlarida yengil atletikada ilk bor 9 ta medal, suzishda dastlabki medal (bronza) qo‘lga kiritildi. Velosportchilarimiz Osiyoda kuchli uchtalikdan joy oldi. Sport kurashlarida 25 yillik tanaffusdan so‘ng Jahon chempionatida oltin medalga erishildi. Shu bilan birga, Jizzaxdagi 6 ta qilichbozlik bazasida shug‘ullanuvchilar 100 nafarga ham yetmasligi, trampolin va akrobatika bo‘yicha mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanilmayotgani, tennis, ot sporti bo‘yicha ham natija ko‘rinmayotgani tanqid qilindi. Dunyoda tennisga o‘xshash padel tennis, skvosh kabi zamonaviy o‘yinlar yoshlar orasida tez ommalashyapti. Lekin mutasaddilarda xususiy tadbirkorlarni jalb qilish orqali bunday sport turlarini tennis bilan uyg‘un rivojlantirib, yoshlarga qo‘shimcha sharoit yaratish bo‘yicha tashabbuskorlik yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X

316 views

Opublikowano 7 kwi

Hozirda olimpiya sport turlari bo‘yicha 26 ta federatsiyaning har biriga vazirlar va respublika tashkilotlari rahbarlari boshchilik qilmoqda. O‘tgan yili viloyat hokimlari joylarda olimpiya harakatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident vakili etib belgilandi. Yig‘ilishda qayd etilganidek, soha mutasaddilari, hokimlar, 26 ta federatsiya rahbari 207 ta oliygoh, 15 ta olimpiya va paralimpiya markazi, 310 ta sport maktabi, 16 ta sport internatiga borib, rahbarlari va jamoasiga chempion tayyorlash, olimpiadaga litsenziya olish bo‘yicha sharoit qilib berganida hozirgi yutuqlar yanada yuqori bo‘lishi mumkin edi. Masalan, Zarbdor tumanida o‘tgan yili 23 ta mahalladagi 34 ming yosh ommaviy sportga jalb etildi. Tumanda 3 ta yangi sport zali qurilib, stol tennisi, taekvondo va voleybolga ixtisoslashdi. Bundan tashqari, tadbirkorlar bilan birgalikda 2 ta usti yopiq futbol maydoni, fitness klubi tashkil qilindi. Infratuzilma yaxshilangani uchun Zarbdor tumani ilk bor voleybol va stol tennisi bo‘yicha joriy yilgi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi. Yoki qashqadaryolik 14 nafar tadbirkor o‘z hisobidan ikki yilda maktab va mahallalarda 60 milliard so‘mlik sport inshootlari qurib berdi. Qolgan tumanlarda aholini ommaviy sportga jalb qilish ishlari sustligi, hokimlarning musobaqalar o‘tkazish va umuman sportga befarqligi tanqid qilindi. Zarbdor tajribasini o‘rganish va barcha hududlarda joriy qilish topshirildi. Facebook|Instagram|X

306 views

Opublikowano 7 kwi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. “Sport bu faqat musobaqa emas, balki sog‘lom turmush tarzi, intizom, vatanparvarlik va mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuch”, – dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida. So‘nggi to‘qqiz yilda 1,5 mingdan ziyod mahallada 1 ming 774 ta zamonaviy sport maydonchasi qurilgani, joylarda 200 dan ziyod yirik sport inshootlari, 4 mingga yaqin xususiy sport klublari ish boshlagani ta’kidlandi. Sport bilan professional tarzda shug‘ullanadigan yoshlar soni 2 karra oshdi, olimpiya terma jamoalarimiz sportchilari 2 barobar, paralimpiya bo‘yicha 3 barobar ko‘paydi. Birgina o‘tgan yilning o‘zida sportchilarimiz xalqaro arenalarda 452 ta oltin, 418 ta kumush va 501 ta bronza medali sohibi bo‘lgani, ularning 50 nafardan ziyodi jahon va Osiyo rekordlarini yangilagani barchamizni xursand qiladi. Facebook|Instagram|X

357 views

Opublikowano 7 kwi

🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌 🌌🌌🌌🌌🌌 🌌🌌🌌🌌🌌🌌 🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌 🚨 Zarafshonlik futbol ixlosmandlari diqqatiga! ⚡️Zarafshon shahrida futbolni rivojlantirish va shahrimizga katta futbol shukuhini qaytarish maqsadida Zarafshon shahar hokimligi tomonidan II ligada ishtirok etadigan "Zarafshon" futbol klubi tashkil etildi. Klub prezidenti - shahar hokimi hisoblanadi. 🗓9-aprel kuni soat 18:00da "Qizilqum" markaziy o'yingohida "Zarafshon" FK jamoasining dastlabki oʻrtoqlik o'yinini tomosha qilish uchun barchani taklif etamiz! ✔️ Shuningdek, ushbu ochilish oʻyinida shahrimiz aholisi uchun gala konsert dasturi ham namoyish etiladi. 🎉 Stadionga tashrif buyuring va shahrimiz jamoasini birgalikda qoʻllab-quvvatlab futboldan zavq oling! 📣Zarafshon shahar hokimligi Axborot xizmati ✉️Telegram | 🗳Facebook | 🌐Veb Sayt | 📹Youtube |

316 views

Opublikowano 7 kwi

“Yoshlik” hamda “Istiqlol” MFY fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkazildi Qabulda Zarafshon shahar IIB boshlig‘i S.Sh. Latipov, shahar prokurori Sh.T. Shernazarov hamda xalq deputatlari Zarafshon shahar kengashi deputati E. Davlatovlar tomonidan 10 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan asosan ijtimoiy, huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Bildirilgan murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar esa mas’ul xodimlarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi. @ZarafshonIIB

456 views

Opublikowano 7 kwi

#Yalpi_majlis 🗣️Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti orqali jonli efirga uzatilmoqda. 🏢Veb-sayt | 📱Telegram | 📱Facebook|📱YouTube | 📱Instagram|📱X | 🔄ParlamentTV_RADIO | ◽Yoshlar parlamenti

423 views

Opublikowano 7 kwi

❌🔐Firibgarlar bank kartalaridan pullarni qanday qo‘lga kiritmoqda? 👉Bugungi kunda o‘g‘rilar oldingizga kelib cho‘ntagingizga qo‘l solmaydi, balki sizning hisobingizdagi pullarga ko‘z olaytirmoqda. 👮‍♀️Ushbu videoda firibgarlar telefonga «kirib olish» uchun eng ko‘p qo‘llaydigan usul – zararli APK fayllar, undan saqlanish yo‘llari hamda firibgarlikka duchor bo‘lganda nima qilish kerakligini tushuntirib beramiz. Kanalimizni kuzatib boring @ZarafshonIIB

437 views

Opublikowano 7 kwi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. — Президент Республики Узбекистан, Верховный Главнокомандующий Вооруженными Силами Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам укрепления обороноспособности страны и поддержки военнослужащих. #Mirziyoyev#yigilish#harbiyxizmat#yoshlar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

470 views

Opublikowano 7 kwi

Jasurlik bu-hech narsadan qo‘rqmaslik emas. Jasurlik bu- qo‘rquvlarga qaramay oldinga qarab intilishdir ————— Жасурлик бу-ҳеч нарсадан қўрқмаслик эмас. Жасурлик бу- қўрқувларга қарамай олдинга қараб интилишдир ✍Ivan Grozniy @ZarafshonIIB

441 views

Opublikowano 6 kwi

Prezident Shavkat Mirziyoyev soliq maʼmurchiligini takomillashtirish va soliq organlari faoliyatini isloh qilishga doir taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по совершенствованию налогового администрирования и реформированию деятельности налоговых органов. #Mirziyoyev#taqdimot#soliq#raqamlashtirish Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

486 views
12•••5•••10•••15•••20•••252627282930•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384