TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Zarafshon IIB Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Zarafshon IIB Rasmiy kanal

@ZarafshonIIB

News and media

Navoiy viloyati Zarafshon shahar Ichki ishlar bo'limining telegramdagi rasmiy kanaliga xush kelibsiz! 🏢Zarafshon sh., Sanoat hududi 7 uy 🌐@ZarafshonIIB 📞102 ☎️ 79-573-52-11, 79-573-52-10,

Subskrybenci4,260Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty1,005Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg3,875Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 2 z 84 · 1,005 postów

Opublikowano 24 maj

Davlat boshqaruvi sifati yuksalayotgani, kitobxonlik madaniyati umummilliy harakatga aylanayotgani va futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz jahon chempionatiga yo‘l olayotgani Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning real natijalaridir. — Повышение качества государственного управления, превращение культуры чтения в общенациональное движение и выход национальной сборной по футболу на чемпионат мира – реальные результаты реформ в Новом Узбекистане. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

341 views

Opublikowano 24 maj

KIBERHUJUMLARDAN EHTIYOT BO‘LING! Bugungi kunda firibgarlar internet orqali shaxsiy ma’lumotlar va bank kartalarini qo‘lga kiritishga urinmoqda. O‘zingizni himoya qilish uchun quyidagilarga amal qiling: ✔️ Kuchli parollardan foydalaning Ikki bosqichli himoyani yoqing ✔️Noma’lum havolalarga kirmang Ochiq Wi-Fi tarmoqlarida ehtiyot bo‘ling ✔️Bank karta ma’lumotlarini hech kimga bermang ✔️Telefon va dasturlarni muntazam yangilab boring Unutmang: @ZarafshonIIB

398 views

Opublikowano 23 maj

✅Joriy yilning 24-may (yakshanba) kuni aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Aziz Tashpulatovning navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtadi. ❗️Qabul, IIV huzuridagi “JAR” sport-sogʻlomlashtirish majmuasida soat 10:00 dan boshlab oʻtkaziladi. 📍Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Beruniy koʻchasi, 3-uy. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida qabul quyidagi shaklda tashkil etiladi: Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi uchun soat 10.00 dan 16.00 gacha oʻtkaziladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar aholisi uchun, onlayn shaklda, shu kuni soat 16.00 dan 20.00 ga qadar videokonferens aloqa orqali. Joylardan ishtirok etish niyatidagi fuqarolar Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV va viloyatlar IIBlarining binolarida joylashgan studiyalaridan qatnashishlari mumkin. ——— ✅Жорий йилнинг 24 май (якшанба) куни аҳоли мурожаатларини ўрганиш мақсадида, Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Азиз Ташпулатовнинг навбатдаги сайёр қабули бўлиб ўтади. ❗️Қабул, ИИВ ҳузуридаги «ЖАР» спорт-соғломлаштириш мажмуасида соат 10:00 дан бошлаб ўтказилади. 📍Манзил: Тошкент шаҳри, Шайхонтоҳур тумани, Беруний кўчаси, 3-уй. Аҳолига қулайлик яратиш мақсадида қабул қуйидаги шаклда ташкил этилади: Тошкент шаҳри ва Тошкент вилояти аҳолиси учун соат 10.00 дан 16.00 гача ўтказилади. Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятлар аҳолиси учун, онлайн шаклда, шу куни соат 16.00 дан 20.00 га қадар видеоконференц алоқа орқали. Жойлардан иштирок этиш ниятидаги фуқаролар Қорақалпоғистон Республикаси ИИВ ва вилоятлар ИИБларининг биноларида жойлашган студияларидан қатнашишлари мумкин. ——— ✅В целях изучения обращений населения, 24 мая (воскресенье) текущего года, состоится очередной выездной прием министра внутренних дел Республики Узбекистан, генерал-лейтенанта Азиза Ташпулатова. ❗️Прием будет проводиться в спортивно-оздоровительном комплексе "ЖАР" при МВД с 10:00часов. 📍Адрес: г.Ташкент, Шайхантахурский район, улица Беруни, дом № 3. В целях создания удобств для населения прием организуется в следующем формате: Для жителей города Ташкента и Ташкентской области с 10:00 до 16:00 часов. Для жителей Республики Каракалпакстан и областей, в онлайн-формате, в этот же день с 16:00 до 20:00 посредством видеоконференцсвязи. Граждане из регионов, желающие принять участие, могут сделать это через студии, расположенные в зданиях МВД Республики Каракалпакстан и УВД областей. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV

321 views

Opublikowano 23 maj

“Mayor Nasim Bogʻiyev qizining Prezident sovgʻasi bilan taqdirlanishi — oilaviy tarbiya, kitobxonlik va yoshlar maʼnaviyatiga berilgan eʼtibor natijasi” ——— “Майор Насим Боғиев қизининг Президент совғаси билан тақдирланиши — оилавий тарбия, китобхонлик ва ёшлар маънавиятига берилган эътибор натижаси” Телеграм канал

345 views

Opublikowano 23 maj

Prezident sovgʻasi sohibasi Farzona Nosirova va uning oila aʼzolarini Ichki ishlar vaziri samimiy muborakbod etdi ▶️ Batafsil ——— Президент совғаси соҳибаси Фарзона Носирова ва унинг оила аъзоларини Ички ишлар вазири самимий муборакбод этди ▶️Батафсил ——— Министр внутренних дел сердечно поздравил обладательницу Президентского подарка Фарзону Носирову и членов её семьи ▶️Подробно Телеграм канал

358 views

Opublikowano 23 maj

#мурожаат Азиз ёшлар, мактаб битирувчилари! ⚠️Ҳайдовчилик гувоҳномасига эга бўлмай туриб автомашина бошқарманг. Бу салбий ҳолатларга олиб келиши мумкин. Ота-оналардан, вояга етмаган, ҳайдовчилик ҳуқуқига эга бўлмаган фарзандларига автомашина калитини топширмасликларини сўраймиз. 📱Навоий вилояти Каналга уланиш

414 views

Opublikowano 23 maj

Navoiy viloyatidagi A-379 "Navoiy-Uchquduq" xalqaro ahamiyatdagi yo'lda harakat xavfsizligini ta'minlash, yo'l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida o’rganish ishlari olib borildi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar belgilandi — — — — Навоий вилоятидаги А-379 "Навоий-Учқудуқ" халқаро аҳамиятдаги йўлда ҳаракат хавфсизлигини таъминлаш, йўл-транспорт ҳодисаларининг олдини олиш мақсадида ўрганиш ишлари олиб борилди ва келгусида амалга оширилиши лозим бўлган чора-тадбирлар белгиланди Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | Web sayt

347 views

Opublikowano 22 maj

Zarafshon shahar IIB boshlig‘i tomonidan "Navro‘z" MFY hududida sodir etilgan jinoyat yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi Muhokama davomida mazkur holatning sodir etilishiga sabab bo‘lgan omillar atroflicha tahlil qilinib, kelgusida shu turdagi jinoyatlarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha batafsil tushuntirish ishlari olib borildi. ————— Зарафшон шаҳар ИИБ бошлиғи томонидан "Наврўз" МФЙ ҳудудида содир этилган жиноят юзасидан муҳокама йиғилиши ўтказилди Муҳокама давомида мазкур ҳолатнинг содир этилишига сабаб бўлган омиллар атрофлича таҳлил қилиниб, келгусида шу турдаги жиноятларнинг олдини олиш, профилактик тадбирларни кучайтириш бўйича батафсил тушунтириш ишлари олиб борилди. @ZarafshonIIB

400 views

Opublikowano 22 maj

“Endi futbolchilarga qarata aytmoqchiman: jahon chempionatida oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Sizlar Portugaliya, Kolumbiya, Kongo kabi terma jamoalar bilan o‘ynaysizlar. Xalqimiz har bir o‘yinda sizlardan g‘alaba kutishi tabiiy, albatta. Lekin bir narsani doimo yodda tuting: sizlar tarixni allaqachon yaratib bo‘ldingiz! Oldingizda turgan muhim uchrashuvlarda ortiqcha bosimsiz, hech kimdan hayiqmasdan, boringizni berib o‘ynang. Har bir to‘p, har bir vaziyat, maydonning har bir qarichi uchun oxirigacha kurashing! Mundialdagi barcha o‘yinlaringizda fan-klublar a’zolari, minglab futbol muxlislari, Amerikadagi vatandoshlarimiz ham stadiondan sizlarni qo‘llab-quvvatlab turadi. Maydondagi har bir harakatingizni 40 millionga yaqin xalqimiz ekran ortida katta hayajon bilan hayqirib kuzatadi, yuraklarni junbishga keltiradigan hissiyot oladi. Yodingizda bo‘lsin: el-yurtimiz sizlarga ishonadi, Prezident sizlarga ishonadi! Boringlar, mardonavor o‘ynanglar, Vatan sharafini munosib himoya qilinglar! G‘alaba va omad hamisha yor bo‘lsin!” – dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida. Facebook|Instagram|X

284 views

Opublikowano 22 maj

Bugun terma jamoamiz bilan katta tajriba va chempionlik xarakteriga ega Fabio Kannavaro boshchiligidagi murabbiylar shtabi ishlayotgani qayd etildi. 2006-yilda Germaniyada o‘tkazilgan mundialda Kannavaro sardorlik qilgan Italiya terma jamoasi jahon chempioni bo‘lgan. O‘sha yili Kannavaro dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi deb e’tirof etilgan va futbol tarixida “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan kam sonli himoyachilardan biriga aylangan. Yangi murabbiy jismoniy tayyorgarlik va hujumchilar bilan ishlaydigan murabbiylarni, shifokor, nutritsiolog va oshpazlarni olib kelgani hamda xalqaro tajribaga ega yaxshi jamoani shakllantirgani ta’kidlandi. "Fursatdan foydalanib, Fabio Kannavaroni murabbiy sifatida mundialdagi birinchi ishtiroki bilan tabriklab, murabbiylar shtabiga yangi zafarlar tilayman", – dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X

218 views

Opublikowano 22 maj

“Biz uchun futbol nafaqat professional sport turi, balki yoshlar tarbiyasi, sog‘lom turmush, intizom va vatanparvarlik maktabi bo‘ladi. Endi yurtimizdagi har bir mahallaga futbol nafasi kirib boradi. Har bir bolaga o‘z mahallasida to‘p tepish, musobaqalarda qatnashish, o‘z iste’dodini ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi”, – dedi Prezidentimiz. Buning uchun “Har bir mahalla – futbol maydoni” dasturi boshlanadi. Bu umummilliy harakatga aylanadi. Dastur doirasida “Mahalla ligasi” tashkil etilib, 12-17 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida mahalla futbol jamoalari tuziladi. Har yili havaskor futbolchilar ishtirokida “mahalla – tuman – viloyat – respublika” bosqichidan iborat musobaqalar o‘tkaziladi. Umuman, “Mahalla ligasi” eng yaxshi iqtidorlarni seleksiya qilishda professional klublar uchun tayyor baza bo‘ladi. Facebook|Instagram|X

228 views

Opublikowano 22 maj

Yurtimizda sportga, xususan, futbolga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan sharoitlar mazkur yutuqlarga katta zamin bo‘ldi. So‘nggi yillarda joylarda 200 dan ziyod yirik sport inshootlari, 4 mingga yaqin xususiy sport klublari ish boshladi. 1,5 mingdan ortiq mahallaga sport maydonchalari qurib berildi. Poytaxtimizda zamonaviy Olimpiya shaharchasi barpo etildi, Yuqori Chirchiqda “Milliy futbol markazi” ishga tushirildi. Har bir viloyatda bittadan professional futbol akademiyasi va futbol maktablari tashkil qilindi. Bu ishlar hisobiga havaskor futbolchilar soni 5 millionga yetdi, futbol bilan muntazam shug‘ullanuvchilar 1 million 300 mingdan oshdi, professional futbolchilar 17 mingga yetdi. Eng asosiysi, futbolda korrupsiya va tanish-bilishchilik degan illatlarga barham berildi. Ochiq va shaffof tizim yaratildi. Bu eng iqtidorli yoshlarni, rostakam iste’dodlarni katta maydonga olib chiqdi. Facebook|Instagram|X

221 views
12345•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384