TGINSIGHT CHAT
Toshkentdan gapiramiz...
@RMMMTSHB
News and media🌐 Eng sara media materiallar 📲 Yangiliklar 📚 Foydali maʼlumotlar Instagram: https: //www.instagram.com/shosh_media?igsh=MW95ejBkbjFvY25zMA== Facebook: https://www.facebook.com/share/16eEbLbF79/ Reklama va hamkorlik uchun: @RMMMTshB1
Qhipan willakuykunap
Qillqa 30 / 85 · 1,016 willakuy
Riqchachisqa 27 Ene
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat va jamiyat xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilayotgan uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar va yashirin iqtisodiyot bo‘yicha ta’sirchan choralarni belgilash yuzasidan videoselektor yig‘ilishi tanqidiy ruhda boshlandi. “Bu muammolarning har biri alohida-alohida xavfli. Lekin ular bir bo‘lib harakat qilayotgani yanada jiddiy tahdidni yuzaga keltiradi”, – dedi Prezidentimiz. Yig‘ilish Toshkent shahrida o‘tayotgani bejiz emas. So‘nggi to‘qqiz yilda poytaxtning doimiy aholisi 1 millionga ko‘paydi, transport vositalari 2 karra ortib, 800 mingga yetdi. Kuniga yana 1 million odam keladi, 350 ming transport kirib-chiqadi. 42 ta maktab, 426 ta bog‘cha, qariyb 36 million kvadrat metr savdo obyekti va 145 ming xonadonli uy-joy qurildi. Poytaxt iqtisodiyoti 367 trillion so‘mdan, uning jon boshiga yillik hajmi esa 116 million so‘mdan oshdi. Ya’ni Toshkent shahri nafaqat vazirliklar joylashgan ma’muriy hudud, balki respublikaning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy markazi sifatidagi o‘rnini yanada mustahkamladi. Bir so‘z bilan aytganda, poytaxtda iqtisodiy rivojlanish darajasi sezilarli oshdi. Qayerda hayot sifati yaxshilansa, daromad ko‘paysa, o‘sha yerda “yengil pul topish” harakatida bo‘lgan jinoiy tuzilmalar ham faollashadi.Jinoyatning yangi usul va vositalari ham, eng avvalo, shu yerda paydo bo‘ladi. Facebook|Instagram|X
Riqchachisqa 27 Ene
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasiga tashrif buyuradi va sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi, Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha namunaviy amaliyotni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazadi. 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Riqchachisqa 27 Ene
Prezident Shavkat Mirziyoyev: Yangi O‘zbekiston barcha davlatlar bilan sport sohasida ko‘p qirrali hamkorlikka hamisha tayyor. 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Riqchachisqa 26 Ene
#qaror_loyihasi 📇Oʻzbekistonda Mahallani rivojlantirish milliy instituti va uning 14 ta hududiy filiallarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. ✍ Qaror loyihasiga muvofiq, mamlakatimizda mahalla institutini yanada rivojlantirish, uning boshqaruv salohiyatini oshirish va sohada zamonaviy yondashuvlarni joriy etish maqsadida Mahallani rivojlantirish milliy instituti hamda uning 14 ta hududiy filiallari tashkil etish ko‘zda tutilgan. 🏢 Qaror loyihasi bilan Milliy institut va uning hududiy filiallarini tashkil etishning asosiy maqsadlari sifatida mahalla fuqarolar yig‘ini raislari hamda mahalla tizimi rahbar va mutaxassis kadrlarining malakasini oshirish, yagona malaka oshirish tizimini joriy etish, boshqaruv samaradorligini kuchaytirish, sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, axborot-tahliliy va o‘quv-uslubiy ta’minotni takomillashtirish, shuningdek, ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribani o‘rganish va amaliyotga joriy etish belgilangan. 📚 Institut zimmasiga mahalla tizimi kadrlari malakasini oshirish, “mahallabay ishlash samaradorligi” yo‘nalishida o‘quvlar tashkil etish, fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash, mahalla raislari kompetensiyalarini shakllantirish va takomillashtirish, dolzarb muammolar yuzasidan dastur va loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi muhim vazifalar yuklatilgan. 📚 Loyihada keltirilishicha, 2026 yil 1 fevraldan boshlab Milliy institut va uning hududiy filiallarida mahalla fuqarolar yig‘ini raislari hamda mahalla tizimi rahbar va mutaxassis kadrlari uchun har yili bir marotaba majburiy malaka oshirish tizimi joriy etiladi. 🖥️ Shuningdek, 2026 yil 1 iyundan “Raqamli mahalla” elektron platformasida ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishiga qaratilgan maxsus modul ishga tushiriladi. 🖤 Hujjat loyihasiga muvofiq, Milliy institutda “Mahalla boshqaruvi”, “Hududiy rejalashtirish va rivojlanish”, “Liderlik va barqaror rivojlanish”, “Ijtimoiy loyihalarni boshqarish va muvofiqlashtirish” yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura ta’limi yo‘lga qo‘yiladi. Bitiruvchilar Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilib, belgilangan ish stajiga ega bo‘lganidan so‘ng rahbarlik lavozimlariga tayinlanadigan istiqbolli nomzodlar ro‘yxatiga qo‘shiladi. 💕 Shu bilan birga, Milliy institutda ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilib, PhD va DSc ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengash tashkil etiladi. 2026 yil yakuniga qadar mahalla boshqaruvi, iqtisodiyoti, pedagogikasi, sotsiologiyasi, ma’naviyati va huquqiy profilaktikasi kabi yangi ixtisoslik yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy faoliyat amalga oshiriladi. ✍️Ushbu qaror loyihasi bilan mahalla institutining ilmiy, ta’limiy va boshqaruv salohiyatini tubdan oshirish, mahallani jamiyat taraqqiyotining muhim tayanchiga aylantirish ko‘zda tutilmoqda. Rasmiysahifalarimiz👇 🚨telegram| 📎Facebook 📺YouTube| 👚Instagram
Hashtags
Riqchachisqa 26 Ene
#toshkentnoma #Toshkent_shahar #yangiruhiyat #15_soni YUNUS RAJABIY UY-MUZEYI HAQIDA Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi hamda "TOSHKENT" telekanali bilan hamkorlikda "Toshkentnoma" ko‘rsatuvi tasvirga olindi. 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Riqchachisqa 26 Ene
O‘zbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Riqchachisqa 26 Ene
#yangiruhiyat #iqtibos Komil inson mayda ishlar bilan ko‘zga ko‘rinmas, aksincha buyuk ishlarga bel bog‘laydi. Mayda odam esa buyuk ishlarga ishonmaydi, uni safsata deb biladi, shu bois uning taqdiri ham o‘zi kabi mayda bo‘lib qoladi. ✍️KONFUTSIY 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Riqchachisqa 25 Ene
#yangiruhiyat #Zahiriddin_Muhammad_Bobur 14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun! Boburiy malikalar haqida nimalarni bilasiz? 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Riqchachisqa 25 Ene
Chorsu — bu oddiy bozor emas. Bu issiq non va ziravorlar hidi, odamlarning ovozi, sotuvchilarning tabassumlari va o‘sha mashhur Toshkent vaybi. Chorsuga odamlar faqat xarid uchun emas, balki haqiqiy shahar ruhini his qilish uchun kelishadi 🤍 📍Manzil 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Riqchachisqa 24 Ene
#yangiruhiyat #iqtibos Sen ilmga bor yo‘g‘ingni bermaguningcha, u senga biror narsa bermaydi. ✍️ Imom ash-Shofi'iy 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Riqchachisqa 23 Ene
#marom_me'yor #jamoatchilik_fikri ⚡️ Xabaringiz bor, mas’ul tashkilotlar hamkorligida to‘y va oilaviy marosimlarda ortiqcha isrofgarchilik, dabdabaga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan “Maromiylik” loyihasi amalga oshirilmoqda. 📣 Ayni masalada yurtdoshlarimiz, keng jamoatchilikning fikri, qarash va munosabatini o'rganish, takliflarini olish va umumlashtirish maqsadida maxsus @rmmmvq_bot ishga tushirildi. 🏪 Hozirda 24/7 rejimida ishlayotgan mazkur bot orqali ishchi guruhning jamoatchilik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti yo‘lga qo‘yilib, fuqarolarning fikr-mulohazalari o‘rganilib, takliflar, tavsiyalar hamda e’tirozlar tizimli ravishda yig‘ib borilmoqda. ✍️Agar sizda ham shu masalada fikr va mulohaza, murojaat, takliflar bo‘lsa ushbu botga yuborishingiz mumkin! 📥 Har bir fikr biz uchun muhim Rasmiysahifalarimiz👇 🚨telegram| 📎Facebook 📺YouTube| 👚Instagram
Hashtags
Riqchachisqa 23 Ene
Prezidentimiz Olmazordagi yangilangan Zarqaynar ko‘chasida bo‘ldi. 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK