TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Toshkentdan gapiramiz...
Toshkentdan gapiramiz... avatar

TGINSIGHT POST

Post #9379

@RMMMTSHB

Toshkentdan gapiramiz...

Qhawasqakuna12,400Qhawasqa yupay
Riqchachisqa14 Ene14-01-2026, 08:01 a.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

#munosabat BU YURTNING OʻZ EGASI BOR! Vatandoshim! Bu zamin – egasi bor yurt. Bu tasodifan paydo bo‘lgan xalqning emas, asrlar davomida ilm bilan, aql bilan, jasorat bilan dunyoda iz qoldirgan avlodning Vatani. Shuning uchun kimdir olisdan turib, Markaziy Osiyo, O‘zbekiston haqida mensimay, tahdidga o‘xshash gap aytsa, bu shunchaki so‘z emas - bu bizning qadrimizga, irodamizga, qarorimizga qilingan hurmatsizlikdir. Hech qachon unutmang: bu yurt – Abu Rayhon Beruniy idroki bilan dunyoni o‘lchagan, Muhammad al-Xorazmiy aqli bilan insoniyatga hisob-kitobni o‘rgatgan, Amir Temur irodasi bilan davlat degan tushunchani tiklagan, Zahiriddin Muhammad Bobur qalami bilan ham, qilichi bilan ham tarix yaratgan zamindir. Ular sizning qoningizda, tafakkuringizda, qatiyatingizda yashaydi. Eng katta fojia – jismoniy tahdid emas, eng katta fojia – “menga baribir” degan fikr! Agar siz loqayd bo‘lsangiz, sizdan oldingi minglab yillik meros ham sukutga aylanadi. Agar siz “bu mening ishim emas” desangiz, ertaga sizni o‘z taqdiringiz haqida gapirish huquqidan mahrum qilishlari mumkin. Tarix bizga bir narsani aniq o‘rgatgan: befarq avloddan keyin doim og‘ir kunlar kelgan. Biz hech qachon qadrsizlikka, tanlagan yo‘limizdan qaytishga rozi bo‘lmaymiz. Tinchlikni xohlash – bosh egish degani emas. Tinchlikni xohlash – o‘z qadrini bilib, o‘z yurtini himoya qilishga tayyor turish demakdir. Bizga qurol emas eng avvalo bilim kerak, sergaklik kerak, “Men kimlarning avlodiman?” degan savolga javob kerak. Yoshlar, sizlar shunchaki internetdagi avatar, raqamli o‘yindagi personaj emassiz. Sizlar – bu yurtning ertangi ovozi, qarorlari, irodasisiz. Har biringizda Xorazmiyning o‘tkir aqli, Temurning “Vatan uchun” degan qat’iyati, Boburning yurtni sog‘inib ham tark etmagan qalbi bor. Faqat shuni uyg‘otish kerak, uyg‘otish kerak, uyg‘otish kerak! Faqat shuni unutmaslik kerak. UNUTMASLIK KERAK! Bizning javobimiz qat’iyat, birdamlik, bilim va iroda! Bizning javobimiz – biz o‘zimiz vatanimizning egasimiz degan qat’iy nuqta, “Bu yurt mening yurtim” degan o‘zgarmas qaror! Chunki Vatan – bu faqat chegara emas. Vatan bu ichingizdagi g‘urur, ordir! Agar u so‘nsa, hech qanday bayroq uni qutqarolmaydi. Agar u yonib tursa, hech qanday tahdid sizni bo‘ysundirolmaydi. O‘zgalar ham unutmasin: bu yurtning o‘z egasi bor. U – befarq emas. U SIZ, BIZ, HAMMAMIZ birga, birlikda! ✍️"Toshkentdan gapiramiz..."telegram kanali 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK