TGINSIGHT CHAT
Toshkentdan gapiramiz...
@RMMMTSHB
News and media🌐 Eng sara media materiallar 📲 Yangiliklar 📚 Foydali maʼlumotlar Instagram: https: //www.instagram.com/shosh_media?igsh=MW95ejBkbjFvY25zMA== Facebook: https://www.facebook.com/share/16eEbLbF79/ Reklama va hamkorlik uchun: @RMMMTshB1
Qhipan willakuykunap
Simi: #munosabat · 6 willakuy
Riqchachisqa 27 Feb
#munosabat Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining janubiy tayanchi 5 milliard dollarlik 8 mingdan ortiq loyiha ishga tushirilgani, bir qator davlatlar bilan yana 10 milliard dollarlik investisiya kelishuvlari imzolangani hudud iqtisodiyotida yangi bosqich boshlanayotganini ko‘rsatadi. Bu holat Surxondaryoni faqat agrar hudud sifatida emas, balki sanoat va investisiya markaziga aylantirishga qaratilgan strategik yondashuvning belgisidir. Toʻliq oʻqish uchun: https://telegra.ph/Surxondaryoni-rivojlantirish--Yangi-Ozbekiston-taraqqiyotining-janubiy-tayanchi-02-27 ✍️Muallif: Sirojiddin QOʻZIYEV, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi magistratura bosqichi tinglovchisi 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Riqchachisqa 14 Ene
#munosabat BU YURTNING OʻZ EGASI BOR! Vatandoshim! Bu zamin – egasi bor yurt. Bu tasodifan paydo bo‘lgan xalqning emas, asrlar davomida ilm bilan, aql bilan, jasorat bilan dunyoda iz qoldirgan avlodning Vatani. Shuning uchun kimdir olisdan turib, Markaziy Osiyo, O‘zbekiston haqida mensimay, tahdidga o‘xshash gap aytsa, bu shunchaki so‘z emas - bu bizning qadrimizga, irodamizga, qarorimizga qilingan hurmatsizlikdir. Hech qachon unutmang: bu yurt – Abu Rayhon Beruniy idroki bilan dunyoni o‘lchagan, Muhammad al-Xorazmiy aqli bilan insoniyatga hisob-kitobni o‘rgatgan, Amir Temur irodasi bilan davlat degan tushunchani tiklagan, Zahiriddin Muhammad Bobur qalami bilan ham, qilichi bilan ham tarix yaratgan zamindir. Ular sizning qoningizda, tafakkuringizda, qatiyatingizda yashaydi. Eng katta fojia – jismoniy tahdid emas, eng katta fojia – “menga baribir” degan fikr! Agar siz loqayd bo‘lsangiz, sizdan oldingi minglab yillik meros ham sukutga aylanadi. Agar siz “bu mening ishim emas” desangiz, ertaga sizni o‘z taqdiringiz haqida gapirish huquqidan mahrum qilishlari mumkin. Tarix bizga bir narsani aniq o‘rgatgan: befarq avloddan keyin doim og‘ir kunlar kelgan. Biz hech qachon qadrsizlikka, tanlagan yo‘limizdan qaytishga rozi bo‘lmaymiz. Tinchlikni xohlash – bosh egish degani emas. Tinchlikni xohlash – o‘z qadrini bilib, o‘z yurtini himoya qilishga tayyor turish demakdir. Bizga qurol emas eng avvalo bilim kerak, sergaklik kerak, “Men kimlarning avlodiman?” degan savolga javob kerak. Yoshlar, sizlar shunchaki internetdagi avatar, raqamli o‘yindagi personaj emassiz. Sizlar – bu yurtning ertangi ovozi, qarorlari, irodasisiz. Har biringizda Xorazmiyning o‘tkir aqli, Temurning “Vatan uchun” degan qat’iyati, Boburning yurtni sog‘inib ham tark etmagan qalbi bor. Faqat shuni uyg‘otish kerak, uyg‘otish kerak, uyg‘otish kerak! Faqat shuni unutmaslik kerak. UNUTMASLIK KERAK! Bizning javobimiz qat’iyat, birdamlik, bilim va iroda! Bizning javobimiz – biz o‘zimiz vatanimizning egasimiz degan qat’iy nuqta, “Bu yurt mening yurtim” degan o‘zgarmas qaror! Chunki Vatan – bu faqat chegara emas. Vatan bu ichingizdagi g‘urur, ordir! Agar u so‘nsa, hech qanday bayroq uni qutqarolmaydi. Agar u yonib tursa, hech qanday tahdid sizni bo‘ysundirolmaydi. O‘zgalar ham unutmasin: bu yurtning o‘z egasi bor. U – befarq emas. U SIZ, BIZ, HAMMAMIZ birga, birlikda! ✍️"Toshkentdan gapiramiz..."telegram kanali 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Riqchachisqa 19 Dic
#munosabat OGOHLIK VA DAXLDORLIK — KELAJAK UCHUN MAʼSULIYAT Afsuski, shafqatsizlik faqat urush maydonlari bilan cheklanib qolmayapti. U tinch hayot deb hisoblangan jamiyatlarda ham namoyon bo‘lmoqda. Yaqinda Amerika Qo‘shma Shtatlarida zo‘ravonlik natijasida halok bo‘lgan o‘zbek yigitining taqdiri buning yaqqol misolidir. Shuningdek, Rossiyada shafqatsizlarcha o‘ldirilgan tojikistonlik bola haqidagi xabarlar har qanday sog‘lom tafakkur egasini larzaga soladi. Toʻliq oʻqish uchun bosing👉https://telegra.ph/OGO%D2%B2LIK-VA-DAHLDORLIK---KELAZHAK-UCHUN-MASULIYAT-12-18 📝Muallif: Muhayyo ISMAILOVA, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent shahar boʻlimi rahbari 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Riqchachisqa 4 Nov
#Munosabat #maromiylik #biz_isrofgarchilikka_qarshimiz 💢 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Mahallalar uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, "Nuroniy" jamg‘armasi birgalikda dabdabali to‘ylar hamda boshqa oilaviy marosimlarni ixchamlashtirishga qaratilgan “Maromiylik” dasturi yuzasidan. 👉Feruza Aripova Yakkasaroy tumanidagi Abdulla Qahhor mahalla raisining munosabati 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Riqchachisqa 26 Set
#munosabat BMT 80-Sessiyasi: Yangi tashabbuslar va xalqaro chaqiriqlar BMTning 80-sessiyasida Przidentimizning so'zlagan nutqi - nafaqat O'zbekistonning xalqaro maydondagi pozitsiyasini mustahkamlash, balki global muammolarni yechishda ham faol tashabbuskor ekanligini namoyon etdi. ✍️Islomjon TEMIROV, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent shahar bo'limi bosh mutaxassisi To'liq o'qish uchun bu yerga 👉bosing 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Riqchachisqa 24 Set
#munosabat #xalqchildavlat #yakdilmintaqa GLOBAL MASALALARDA BIRDAMLIKKA CHORLOVCHI YANGICHA YONDASHUVLAR Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasidagi nutqi yangi Oʻzbekistonning nafaqat oʻzi, balki butun insoniyatning ertangi kuni, tinchligi va farovonligi uchun yuksak masʼuliyatni his etishini yana bir karra namoyon etdi. 📲Maqolani toʻliq oʻqish: https://yuz.uz/uz/news/global-masalalarda-birdamlikka-chorlovchi-yangicha-yondashuvlar ✍️Maqola muallifi: Muhayyo ISMAILOVA, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent shahar boʻlimi rahbari 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK