TGINSIGHT CHAT
BioLogic IQ
@biologiciq
EducationKanal orqali muallifning biologiyaga doir qiziqarli ma'lumotlari va kreativ fikrlaridan bahramand bo'lasiz. Muallif: Fargʻona davlat universiteti tayanch doktoranti @murodjonrakhmonov
Qhipan willakuykunap
Simi: #article · 1 willakuy
Riqchachisqa 23 Abr
Ilmiy_yangiliklar_ruknidan #new_records #Article #Scopus_Q3; #Web_of_Science_Q4_(2024) 📍New records of Triplophysa strauchii (Kessler, 1874) (Teleostei, Nemacheilidae) from the Zeravshan river drainage, Uzbekistan. 🔹 Dog'li yalangbaliqning Zarafshon havzasida (eng olis g'arbiy tarqalish) arealining kengaygani ma'lum bo'ldi. 🐟 Mazkur tur ilk marotaba Karl Kessler tomonidan Ili daryosi havzasidan (Balxash ko'li havzasi ) yig'ilgan namunalar asosida Diplophysa strauchii (Teleostei: Nemacheilidae) sifatida tavsiflangan. Sirdaryo havzasiga kirib kelishi 1960-yillarda Qozog‘istondan O‘zbekistonga karp baliqlarini introduksiya qilish paytida tasodifan olib kelingan. Yaqin 60 yil davomida faqatgina Sirdaryo havzasida qayd etilayotgan T. strauchii O. Artaev va boshqalar (2025) tomonidan ilk bor Vaxsh daryosi va Zarafshon daryosining yuqori oqimida uchrashi kuzatilgan edi. Biroq, Zarafshon daryosi havzasining O‘zbekiston qismida T. strauchii ning tarqalishi haqida ma’lumotlar uchramadi (Kamilov 1973; Nuriev 1985; Sheraliev & Peng 2021). Bungacha esa Zarafshon havzasida Triplophysa vakillaridan faqatgina bir tur - T. uranoscopus tarqalgani ma'lum edi (Sheraliev & Peng, 2021). Bizning 2022-yil may va 2024-yil avgust oyida Zarafshon daryosi havzasida olib borgan ixtiologik kuzatuvlarimizda daryo yalangbaliqlariga mansub, lekin T. uranoscopus dan sezilarli morfologik belgilari bilan ajralib turadigan populyatsiyaga duch keldik. Dala sharoitidayoq bu populyatsiyaning Triplophysa strauchii ekani borasida asosli ma'lumotlarni ko'rganimizdan so'ng, ham morfologik hamda molekulyar tahlillar o'tkazganimizda haqiqatdan ham T. strauchii ekani o'z tasdig'ini topdi. Mazkur qaydlar T. strauchii ning Zarafshon havzasida yangi uchrash nuqtalari hisoblanadi va uning tarqalish arealini Zarafshonning eng olis g‘arbiy qismlarigacha tarqalganini tasdiqlaydi. Ushbu ma’lumotlar turning ma’lum bo‘lgan tarqalish arealini sezilarli darajada kengaytiradi hamda mintaqaning baliqlar faunasiga oid yangilangan ma’lumotlarni taqdim etadi, bu esa biologik xilma-xillikni baholash va muhofaza qilishni rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur yangilik bugun (23.04.26) Check List - The Journal of Biodiversity Data sahifasida chop etildi. Maqola bilan yaqindan tanishish istagida bo'lganlar uchun izohlar qismida DOI raqamini qoldiraman.