TGINSIGHT CHAT
Allayorov's Dot
@visdot
TechnologiesBir oddiy dasturchining o‘y-fikrlari. Ortiqcha so‘zlarsiz — faqat subyektiv qarashlar. Doniyor - @hasType
Qhipan willakuykunap
Qillqa 2 / 2 · 17 willakuy
Riqchachisqa 19 Dic
Harbiy o‘quv yurti qanday qilib meni dasturchiga aylantirdi? Barchasi 2020 yilda, harbiy o‘quv yurtida o‘qiyotgan paytlarimda boshlandi. Kun tartibi tun va kunning tugashi kabi aniq edi: ertalabki badantarbiya, tozalash ishlari, nonushta va darslar, ular 14:30gacha davom etardi. Shundan so‘ng, reja bo‘yicha qo‘shimcha darslar bo‘lardi. Bir qarashda tanlov keng edi: matematika, fizika, rus tili va informatika. Harbiy o‘quv yurti aniq fanlarga qaratilgani uchun matematika va fizika ortiqcha bo‘lib, meni ichki noroziligim bu fanlarni muhokama qilishga ham kirishmasdi. Rus tili? Xo‘sh, rostini aytsam, ilhomlantirmagan. Bir o‘ziga xos imkoniyat bor edi: darsga bormaslik, lekin u holda komandir tomonidan ushlab olinsa, ko‘cha tozalash ishlariga yuborilishi mumkin edi, bu harakat xam unchalik qiziqish uyg‘otmagandi. Shu tariqa, men informatika fanini tanladim. Bu mening kompyuterga bo‘lgan birinchi qadamlarim edi, maqsadim doimgidek «Counter-Strike» o‘ynash emas, balki yangi bilimlarni o‘rganish edi. Dastlabki qadam tasodifiy bo‘lsada, tezda kirishib ketdim. Shundan so‘ng barchasi boshlandi.
Riqchachisqa 17 Dic
Madaniy boʻlinish? Chet elda yashashim davomida 15–25 yoshdagi Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlar yigitlari xulq-atvori sezilarli darajada farq qilishini sezdim. Keling, vaziyatni tasavvur qilamiz: men avtobusga chiqib, odatda uch yoki to‘rtta birlashtirilgan o‘rinliklar bo‘lgan orqa o‘rinliklarga o‘tiraman. Ushbu o‘rinliklarda ikki yigit o‘tiribdi, va men uchinchi bo‘lib o‘tiraman. Bir oz vaqt o‘tgach, yana bir yigit bizga qo‘shilib, to‘rtinchi o‘rinlikni egallaydi. Halaqt bermaslik uchun , men biroz joyimni o‘zgartirib, oyogimni yopib, uning qulay o‘rnashishi uchun imkoniyat yarataman. Endi reaksiya. Markaziy Osiyoda bunday xulq-atvor ba’zan zaiflik belgisiga o‘xshab qabul qilinadi: yigit meni "qo‘rqdi" deb o‘ylashi mumkin va javoban o‘z joyini yanada kengaytiradi, go‘yo o‘z pozitsiyasini ta’kidlayotgandek. Boshqa mamlakatlarda esa bu harakat, aksincha, hurmat ko‘rsatilishi sifatida qabul qilinadi: boshqa odam, meni uning qulayligini inobatga olishga intilishimni ko‘rib, o‘z navbatida bevosita kamroq noqulaylik ko‘rsatishga harakat qiladi. Yana bir vaziyat. Biror kishi ko‘chada yordamga muhtoj vaziyatda bo‘lsa. Markaziy Osiyodan tashqaridagi mamlakatlarda ko‘pincha rad javobini olish mumkin. U yerdagi odamlar ehtiyotkorroq bo‘lib, muammoga tushib qolish yoki firibgarlar qurboniga aylanishdan qochishga harakat qilishadi. Markaziy Osiyoda, aksincha, yordam ko‘proq beriladi: ishonch darajasi yuqori va firibgarlik hozircha odamlarni xavotirga solish darajasida tarqalmagan. Albatta, men barchani nazarda tutmayapman, faqat eng o‘ziga xos vakillar haqidagi kuzatuvlarim bilan bo‘lishyapman.
Riqchachisqa 16 Dic
Sog'lom piyoda Yilning boshida to'satdan to'liq hayot kechirishdan to'xtagandek his qildim o'zimni. Kunlar tez, bir xil va zerikarli o'tar edi. Go‘yoki hammasi joyida, ertalab imkon qadar, mashg'ulotga borardim, so'ngra sevimli ishimga, kechqurun esa dars qilardim yoki shunchaki filmlar ko'rardim. Ammo baribir nimadir yetishmayotgandek tuyulardi. Dadamlar bilan bo'lgan bir voqea yodimga tushdi. Ular kechasi ishdan qaytayotganlarida, haydovchisilaridan uyga 2-3 km masofa qolganida ularni tushirishlarini so'rab, qolgan yo'lni piyoda yurardilar. Biz ularni yaxshi kayfiyatda kirib kelishlarini guvohi bo'lardik. Men ham shunday qilishni sinab ko'rishga qaror qildim. Ertalab o'zimni tetik his qilganim uchun uchun kechki paytni tanladim. Endi esa ishdan qaytayotganda, uyimga 1-2 km qolganda tushib, qolgan yo'lni piyoda yuraman. Hayotimdagi bu oddiy o'zgarish kayfiyatimni sezilarli darajada yaxshiladi. Ayni paytda ertalablari ham sayr qilishni boshlashni o‘ylayapman.
Riqchachisqa 16 Dic
Xush kelibsiz! Mening ismim Doniyor. Ushbu kanalni yaratishimning motivi nima edi? Kitob o'qiyotganimda tez-tez bir xil muammoga duch kelaman: juda ko'p mualliflar aniq va tushunarli tushuntirish o'rniga ko'pirtirib yozishadi? Mavzularni sodda va mohiyatiga ko'ra yoritish qiyinmi? Balki, men biror narsani tushunmayotgandirman. Tushunib olish vaqti keldi. Maqsadim nima? Murakkab narsalarni tushunishga yordam beradigan oddiy, aniq va qisqa matnlar yozishni o'rganish. Yana, o'z fikrlarimni yozma ravishda ifodalash hamda subyektiv qarashlarimni qiziqarli shaklda baham ko'rish. Qanday mavzularni ko'taraman? Atrofimizdagi insonlar, ish, texnologiyalar va tasodifiy fikrlar. Sizga nima naf? Siz mening boshlang'ich yozuvchi sifatida kasbiy o'sishimga guvoh bo'lasiz. Bu yerda ko'plab mulohazalar, g'oyalar va o'ylashga majbur qiladigan mavzular bo'ladi. Men kimman? Ko'chmas mulk sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyada dasturchiman. PS: Eski obunachilarim bilishadi, ilgari men kontentni rus tilida olib borgan edim. Ammo ularning ko‘pchiligi noqulaylik sezgani sababli, hamma narsani o‘chirib, endi faqat o‘zbek tilida yozishga qaror qildim.
Riqchachisqa 22 Nov
Channel created