TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
К списку каналов
Jinoyat protsessi avatar

TGINSIGHT CHAT

Jinoyat protsessi

@TSUL_CPL

Право

🇺🇿 TDYU Jinoyat-protsessual huquqi sho'basining rasmiy kanali 🇷🇺 Официальный канал сектора Уголовно-процессуального права ТГЮУ 🇬🇧 Official channel of the sector of Criminal procedure law 🗯For info: @Hazratali_Qudratillayev @Hazratali_uz @nodir7

Подписчики2,340Текущее число подписчиков
Постов1,017Проиндексировано постов
Охват9,527Просмотры последних постов
Последние посты

Последние посты

Стр. 3 из 85 · 1,017 постов

Опубликован 17 мар.

📕🤔O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan 17.03.2026 kunida TDYU Jinoyat-protsessual huquqi sho’basi professor-o’qituvchilari A.Tadjibayeva va K.Mavlonovlar tomonidan Yashnobod tumani 244-umumta’lim maktabida 10-sinflar o'rtasida “Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati” mavzusidagi huquqiy diktant tanlovi o'tkazildi va g'oliblar aniqlanib esdalik uchun sertifikatlar va sovg'alar taqdim etildi. 📕🏆🥇

876 views

Опубликован 13 мар.

👨‍🏫 Jinoyat-protsessual huquqi sho'basi mudiri S.T.Alishayev va sho’ba o’qituvchisi B.R.Turg’unovlar tomonidan Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs talabalariga "Jinoiy odil sudlovda isbotlash" mavzusida o'zaro dars o'tkazildi. 📕

1,130 views

Опубликован 13 мар.

Jinoyat-protsessual huquqi sho'basi o'qituvchilari G.Yusupdjanova va A.Abdurashidovlar tomonidan Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs talabalariga "Jinoiy odil sudlovda isbotlash" mavzusida o'zaro dars o'tkazildi.

923 views

Опубликован 13 мар.

📕 Yashnobod tumani 342-sonli umumta’lim maktabida joriy yil 13 - mart kunida o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularning huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish maqsadida huquqiy diktant tadbiri tashkil etildi. 📖 Mazkur tadbir Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi sho‘basi yuridik fanlar falsafa doktori (PhD), o‘qituvchi Mamataliyeva Shahnoza Xushmamat qizi hamda sho‘ba o‘qituvchisi Uzbekova Dilshoda Tulkinovna tomonidan olib borildi. 📕Tadbir davomida o‘quvchilarga huquqiy bilimlarning ahamiyati, Konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish, shuningdek yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Huquqiy diktant o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda, ularning huquqiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qildi.

826 views

Опубликован 13 мар.

🧹🧤Bugun mamlakatimizda o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida TDYUning Jinoyat protsessual sho’basi ham faol qatnashmoqda. 🌳🌸🇺🇿Navro‘z arafasida hududlarni obodonlashtirish, tozalikni ta’minlash va yashil makon yaratishga qaratilgan ishlar barcha xodimlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirmoqda. 🧹🧤🌿Jamoaviy mehnat, hamjihatlik va yurtga bo‘lgan mehr ana shunday ezgu tashabbuslarda yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.

625 views

Опубликован 12 мар.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan 12.03.2026 - yil sanasida Jinoyar-protsessual huquqi sho’basi professor-o’qituvchilari tomonidan oʻquvchi va yoshlarning sportga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida Yashnobod tumani joylashgan 244-maktab va boshqa maktablar doirasida maktab o’quvchilari o’rtasida sportning Futbol turi bo‘yicha musobaqa TDYU binosida tashkil etildi. Hamda, g’olib kamandaning TDYUda final bosqichida ishtiroki ta’minlandi.

769 views

Опубликован 10 мар.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan 10.03.26 - yilda TDYU Jinoyat-protsessual huquqi sho’basi professor-o’qituvchilari G.Tulaganova, G.Yusupdjanova va X.Mamatkulovalar tomonidan Yashnobod tumani 244-umumta’lim maktabida “Huquqiy kontentlarni yaratish” huquq va majburiyatlarga bag’ishlangan plakatlar tanlovi tashkil etildi. Dastlabki bosqich ta’lim muassasalarida tashkil etilib, eng yaxshi ishlar tuman bosqichiga tavsiya etildi. G‘olib va sovrindorlarni aniqlash hamda eng yaxshi huquqiy kontentlarni ta’lim muassasalari va mahallalarda profilaktik material sifatida keng qo‘llash belgilab olindi.

1,120 views

Опубликован 8 мар.

🔹 🔹 🔹 🔹 🔹 8-mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Baxshillo Xodjayevning bayram tabrigi 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

658 views

Опубликован 7 мар.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-son qarori ijrosi yuzasidan Jinoyat protsessual huquqi sho'basi o'qituvchilaridan Tadjibayeva Albina hamda TDYU ning iqtidorli talabalaridan Nigamanova Saida va Rasulov Abdulboris tomonidan Yakkasaroy tumani 89- SONLI UMUM TA`LIM MAKTABIDA “Street law” loyihasining birinchi dars mashg’uloti bo’lib o’tdi.

745 views

Опубликован 7 мар.

Biz uchun yana bir quvonchli xushxabar. 8-mart - "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyat samaradorligini oshirishda o'zining munosib hissasini qo'shib kelayotganligi, o'ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib kelayotgani uchun Jinoyat-protsessual huquqi sho'basi katta o'qituvchisi Xosiyat Mamatkulova rektor tarafidan tantanali ravishda faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

733 views

Опубликован 7 мар.

Prezidentimiz mamlakatimiz xotin-qizlarini 8-mart bilan samimiy muborakbod etdi. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

451 views
12345•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485