TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
К списку каналов
Jinoyat protsessi avatar

TGINSIGHT CHAT

Jinoyat protsessi

@TSUL_CPL

Право

🇺🇿 TDYU Jinoyat-protsessual huquqi sho'basining rasmiy kanali 🇷🇺 Официальный канал сектора Уголовно-процессуального права ТГЮУ 🇬🇧 Official channel of the sector of Criminal procedure law 🗯For info: @Hazratali_Qudratillayev @Hazratali_uz @nodir7

Подписчики2,340Текущее число подписчиков
Постов1,017Проиндексировано постов
Охват18,920Просмотры последних постов
Последние посты

Последние посты

Стр. 37 из 85 · 1,017 постов

Опубликован 25 дек.

1️⃣ 2️⃣ 3️⃣ 4️⃣ 5️⃣ Elektron ma’lumotlarelektron qurilmalardan va axborot tizimlaridan, shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yaratiladigan, ishlov beriladigan hamda saqlanadigan ma’lumotlardir. @Hazratali_uz

1,430 views

Опубликован 24 дек.

1️⃣ 2️⃣ 3️⃣ 4️⃣ 5️⃣ Иш учун аҳамиятга эга бўлган ҳолатлар тўғрисидаги маълумотлар мавжуд бўлган электрон маълумотлар, шу жумладан электрон тарздаги файллар, аудио-, видеоёзувлар, Интернет жаҳон ахборот тармоғида сақланаётган маълумотлар, шунингдек бошқа электрон маълумотлар рақамли далиллардир. @Hazratali_uz

1,340 views

Опубликован 23 дек.

1️⃣ 2️⃣ 3️⃣ 4️⃣ 5️⃣ Давлат ҳисобидан юридик ёрдам кўрсатган адвокат учун тўланадиган ҳақ МИҚДОРЛАРИ (Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 21.11.2024 йилдаги 774-сон қарори билан тасдиқланган) @Hazratali_uz

1,280 views

Опубликован 19 дек.

⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ Ayni damda Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi Jaxongir Shukurovning yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining dastlabki ekspertizasi (kafedra muhokamasi) bo‘lib o‘tmoqda... @TSUL_CPL

1,890 views

Опубликован 15 дек.

1️⃣ 2️⃣ 3️⃣ 4️⃣ 5️⃣ Ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki sodir etish uchun maxsus mo‘ljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar, shuningdek jinoiy maqsadlarga erishish uchun jinoyat sodir etish jarayonida bevosita foydalanilgan mol-mulk jinoyat qurolidir. @Hazratali_uz

1,750 views

Опубликован 15 дек.

#Tabrik Bugun Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b., yuridik fanlari doktori, professor Rustambekov Islambek Rustambekovich oʻzlarining tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar. Universitet jamoasi Islambek Rustambekovichni ishning koʻzini biladigan ajoyib tashkilotchi, adolatparvar rahbar, shogirdlariga toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchi, maslahatlarini ayamaydigan sevimli ustoz, maslakdosh, samimiy va oqkoʻngil inson sifatida biladi. Islambek Rustambekovich koʻp yillardan beri yosh huquqshunoslarni tayyorlash bilan birga, yuridik fan va taʼlimni takomillashtirish, davlat va jamiyat rivojiga, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirishga oʻzlarining salmoqli hissalarini qoʻshib kelmoqdalar. Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi Islambek Rustambekovichni samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, kelgusi faoliyatlariga kuch-gʻayrat tilab qolamiz. @hrtsul

1,370 views

Hashtags

Опубликован 11 дек.

🟦🟦🟦🟦 📆📆📆 Hisob-kitoblarga ko‘ra, bitta jinoyat ishi (og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar) bo‘yicha ma’lumot kelib tushgandan to sud hukmi chiqqunga qadar o‘rtacha 6 oy vaqt ketadi. ✅10 kun - Tergovga qadar tekshiruv uchun (JPKning 329-moddasi) ✅3 oy - Dastlabki tergov muddati (JPKning 351-moddasi); ✅17 kun - Sudning jinoyat ishini qabul qilish bilan bog'liq harakatlari (JPKning 395 va 405-moddalari); ✅2 oy - Jinoyat ishini sudda muhokama qilish (JPKning 405-moddasi). ‼️‼️‼️E'tibor qiling! Bunda istisno bo'ladigan holatlar inobatga olinmagan. @Hazratali_uz

1,500 views

Опубликован 11 дек.

🌐 🌐 🌐 🌐 🌐 🌐 🌐 🌐 🌐 ⚡️⚡️⚡️2024-yil 10-dekabr kuni Tashkent Internation University tomonidan "O'zbekiston Respublikasida jamiyat va davlatni modernizatsiya qilishning konstitutsiyaviy va huquqiy asoslari" mavsuzida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya tashkil qilindi. 🧑‍💻🧑‍💻🧑‍💻Mazkur konferensiyada Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri, professor, y.f.d Dildora Bazarova va kafedra professori, y.f.d Gulchehra To'laganovalar ma'ruza bilan ishtirok etib, davlat va jamiyat qurilishida yuridik kadlarni tayyorlashning ahamiyati ta'kidlab o'tildi. @TSUL_CPL

2,990 views

Опубликован 11 дек.

#Ombudsman va Talaba-qizlar 🌟🌟🌟🌟🌟 Joriy yilning 5-7-dekabrida TDYU Ombudsmani y.f.d., professor Tolaganova Gulchexra Zaxitovna hamda Jinoiy odil sudlov fakulteti dekan maslahatchisi Qodirova Mohigul Xamitovna tomonidan davra suhbatlari tashkil etildi. 👥 Mazkur tadbirda mamlakatimizning asosiy qonuni, qomusimiz bo’lgan Konstitutsiya inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarining garovi ekanligi alohida e’tirof etildi. 📝 Ushbu davra suhbatlari: 🔘Jaholatga qarshi ma’rifat 🔘Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi 🔘Talaba-qizlar huquqlarini himoya qilishda TDYU Ombudsmanining o’rni kabi masalalar muhokama qilindi va ta’lim sohasida ayollarga berilayotgan imtiyozlar ham ta’kidlandi. 📝 Targ’ibotlar so’ngida talaba-qizlar o’rtasida viktorina o’tkazilib, g’oliblar munosib taqdirlandi.

1,470 views

Hashtags

Опубликован 9 дек.

🏆Ilmiy maqolalar tanlovi Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori Tulaganova Gulchehra Zaxitovnaning ilmiy maktabi doirasida "Jinoyat protsessida raqamli dalillar instituti" mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi o'tkazilmoqda. ❗️Ushbu tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalar ilmiy maqolalarini 2024-yilning 12-dekabr sanasiga qadar ushbu telegram manziliga @Firuzbek_Gulmurodov yuborishlari so'raladi. 📌Maqolaga qo'yilgan talablar: ✅Maqolalar tanlov mavzusiga doir bo'lishi; ✅ilmiy asoslangan va tahlil etilgan holda muallif tomonidan takliflar berilgan bo'lishi lozim. 🏆🥇🥈🥉Tanlov g'oliblari professor Tulaganova Gulchehra Zaxitovna tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar. @TSUL_CPL

1,310 views

Опубликован 9 дек.

1️⃣ 2️⃣ 4️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣ ⚖️ ⚖️ ⚖️Hukm ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar👇👇👇 🧔🏽‍♂️🧔🏽‍♂️🧔🏽‍♂️Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili; 👨👨👨oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili; 👨‍🦳👨‍🦳👨‍🦳jabrlanuvchi, uning vakili; 👮👮👮prokuror va uning o‘rinbosari (protest); 👨‍🏭👨‍🏭👨‍🏭fuqaroviy da’vogar; 👩‍🌾👩‍🌾👩‍🌾fuqaroviy javobgar; 🤵‍♂️🤵‍♂️🤵‍♂️Ishda taraf bo‘lmagan shaxslar. @Hazratali_uz

1,000 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••353637383940•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485