TGINSIGHT CHAT
Jinoyat protsessi
@TSUL_CPL
Право🇺🇿 TDYU Jinoyat-protsessual huquqi sho'basining rasmiy kanali 🇷🇺 Официальный канал сектора Уголовно-процессуального права ТГЮУ 🇬🇧 Official channel of the sector of Criminal procedure law 🗯For info: @Hazratali_Qudratillayev @Hazratali_uz @nodir7
Последние посты
Стр. 47 из 85 · 1,017 постов
Опубликован 3 окт.
Опубликован 2 окт.
Опубликован 2 окт.
Опубликован 2 окт.
❤️🔥❤️🔥❤️🔥2024-yil 27-sentyabr kuni TDYU qoshidagi akademik litseyda "Xotin qizlar va bola huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish" mavzusida targ‘ibot tadbiri o’tkazildi. 👩💻👩💻👩💻Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Dilbar Suyunova ishtirok etib, xotin-qizlar va bolalar huquqlari, amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi. 📝📝📝Tadbir davomida ong va madaniyat, hissiyotni boshqarish, aql-idrok borasida turli psixologik savol-javob hamda mashqlar o’tkazilib, talaba-qizlar o’zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi. @TSUL_CPL
2️⃣2️⃣2️⃣ • Sizdan boshlanadi asli tafakkur! 👉Batafsil va FOTOlar... 2️⃣2️⃣2️⃣2️⃣ • Сиздан бошланади асли тафаккур! 👉Подробнее и ФОТОграфии... 2️⃣2️⃣2️⃣ • True thought begins with you! 👉More & PHOTOs... 👍❤️📩@tsulofficial#tadbir#мероприятие#event
Hashtags
#Tugilgan_kun 📣Bugun Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori, yu.f.d., Tulaganova Gulchexra Zaxitovnaning tavallud topgan kunlari. 🎉Shu munosabat bilan ustozga sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, hayot yo'llarida muvaffaqiyat va farzandlarini rohatini ko'rib yurishlarini tilab qolamiz. Yuzingizdan tabassum hech qachon tark etmasin! Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!
Hashtags
⚖️👨💻👩💻💬 • Jinoyat sud ishlarini yuritishda dalillardan foydalanishning dolzarb muammolari muhokama qilindi 👉Batafsil va FOTOlar... ⚖️👨💻👩💻💬 • Обсуждены актуальные проблемы использования доказательств в уголовном судопроизводстве 👉Подробнее и ФОТОграфии... ⚖️👨💻👩💻💬 • The current issues of evidence use in criminal proceedings were discussed 👉More & PHOTOs... 👍❤️📩@tsulofficial#konferensiya#конференция#conference
Опубликован 24 сент.
Опубликован 23 сент.
Опубликован 23 сент.
Опубликован 23 сент.
1️⃣ 2️⃣ 4️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣ Reabilitatsiya — huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari tomonidan jinoyat sodir etishda asossiz gumon qilingan yoxud ayblangan shaxs shaʼni va qadr qimmatining tiklanishi. Reabilitatsiya inson huquqlarini kafolatlashning oʻziga xos turi. Reabilitatsiya huquqiy davlat, adolatli fuqaroviy jamiyat qurishning muhim shartlaridan hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida shaxsning huquq va qonuniy manfaatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, shuningdek, xalqaro hujjatlar bilan muhofaza qilinadi va kafolatlanadi. Reabilitatsiya qilingan shaxsga nisbatan gʻayriqonuniy protsessual majburlov choralari qoʻllangan, chunonchi ushlab turilgan, qamoqda saqlangan, egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan, tibbiy muassasaga joylashtirilgan boʻlsa, unga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy ziyon qoplanishi, uning barcha huquqlari tiklanishi shart. Reabilitatsiya toʻla yoki qisman reabilitatsiya koʻrinishida boʻladi. Javobgarlikdan batamom ozod qilingan aybsiz shaxs toʻla reabilitatsiya qilingan hisoblanadi. Agar shaxs qamoqda saqlab turilganiga qaraganda kamroq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoki qamoq bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan, ayblov qisman chiqarib tashlangan, yuqori sud ozodlikdan mahrum qilish muddatini oʻtalgan qismidan ham kamaytirilgan yoxud yengilroq jazo turi bilan almashtirgan, jinoiy jazo tayinlamay hukm chiqargan boʻlsa, u qisman reabilitatsiya qilingan boʻladi. Toʻla yoki qisman reabilitatsiya etilgan shaxsga ziyon tegishlicha toʻla hajmda yoxud qisman qoplanishi lozim. Reabilitatsiya qilinganni lavozimiga tiklash, ishlashdan mahrum boʻlgan vaqtini mehnat va ixtisoslik stajiga qoʻshish, oʻquv yurtida oʻqish va uyjoydan foydalanish huquqlarini tiklash tartibi bor. Shaxs ushlab turilgani, qamalgani, lavozimidan chetlashtirilgani, tibbiy muassasaga joylashtirilgani haqidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan boʻlsa, u reabilitatsiya qilingani haqida oʻsha ommaviy axborot vositalarida xabar berilishi shart. Reabilitatsiya etilgan shaxs vafot etgan taqdirda unga yetkazilgan moddiy ziyon uning merosxoʻrlari va oila aʼzolari foydasiga undiriladi. Ziyonning miqdorini sud belgilaydi. Mulkiy ziyon toʻlanishini manfaatdor shaxslar tergovchi, prokuror yoki suddan 2 yil mobaynida, boshqa huquqlarni tiklashni 1 yil mobaynida talab qilishlari mumkin. @Hazratali_uz
Опубликован 23 сент.