TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
К списку каналов
Jinoyat protsessi avatar

TGINSIGHT CHAT

Jinoyat protsessi

@TSUL_CPL

Право

🇺🇿 TDYU Jinoyat-protsessual huquqi sho'basining rasmiy kanali 🇷🇺 Официальный канал сектора Уголовно-процессуального права ТГЮУ 🇬🇧 Official channel of the sector of Criminal procedure law 🗯For info: @Hazratali_Qudratillayev @Hazratali_uz @nodir7

Подписчики2,340Текущее число подписчиков
Постов1,017Проиндексировано постов
Охват19,890Просмотры последних постов
Последние посты

Последние посты

Стр. 49 из 85 · 1,017 постов

Опубликован 12 сент.

#yangi nashr Kitob nomi: Jinoyat protsessida protsessual muddatlar va chiqimlar Muallif (lar): G.Z. Tulaganova Kitob turi: oʻquv qo'llanma Tili: oʻzbek tili Kitob hajmi: 80 bet Kitob formati: 60x84 1/16 ISBN 978-9910-788-22-2 Muqovasi: yumshoq

1,510 views

Hashtags

Опубликован 10 сент.

#Tugilgan_kun 📣Bugun Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi y.f.f.d., PhD Raximova Ulzana Xamidullayevnaning tavallud topgan kunlari. 🎉Shu munosabat bilan ustozga sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, hayot yo'llarida muvaffaqiyat tilab qolamiz. Yuzingizdan samimiylik hech qachon tark etmasin!

1,510 views

Опубликован 9 сент.

Amnistiya va afvning qanday farqi bor? Aksariyat insonlar amnistiya va afv bitta narsa deb o`ylashadi. Sababi ikkalasining ham asosiy maqsadi bitta — mehr-shafqat va insonparvarlik tamoyillariga asoslanib jinoyat sodir etgan shaxsni kechirish va uni jazodan butunlay yoki qisman ozod qilishdir. Biroq shunday bo`lsa-da, bu ikki tushuncha ayrim jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Afv – bu muayyan shaxslar uchun, ularning shaxsini tavsiflovchi ma`lumotlarni (yoshi, sog`ligining holati, oilaviy ahvoli) inobatga olib jazodan ozod qilish hisoblanadi. Amnistiya esa aniq shaxslarga emas, umumiy toifalarga e`lon qilinadi. Masalan, 18 yoshga to`lmagan shaxslar, ayollar yoki ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoyatlarni sodir etganlarga amnistiya akti qo`llanildi, deylik. Bunda amnistiyaga necha kishi tushishi, kimlar tushishi oldindan aniq bo`lmaydi. Afv hujjatida esa kimlarga qo`llanilayotgani nomma-nom yoziladi. Afv faqat sud hukmi bilan jazo tayinlangan mahkumlarga e`lon qilinadi. Amnistiya esa jinoyat prosessining istalgan bosqichida - dastlabki tergov, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va hattoki jinoyat ishini qo`zg`atishgacha bo`lgan bosqichda ham qo`llanilishi mumkin. Boshqacha aytganda, amnistiyaning afv etishdan farqli xususiyati shundaki, amnistiya keng mazmunga ega bo`lib, shaxsni jinoiy javobgarlikdan ham, jinoiy jazodan ham ozod qiladi. Amnistiya akti chiqqandan keyin, uni kimlarga qo`llash masalasini hal qilish uzoqqa cho`ziladi va ko`plab tashkiliy jarayonni o`z ichiga oladi. Afvni qo`llash esa ko`p vaqt va tartibni talab qilmaydi. U qabul qilinishi bilan darhol ijro etiladi, buning uchun yana alohida bosqichlardan o`tish shart emas. Masalan, A. ismli shaxs jazodan ozod etilsin degan Prezident Farmoni chiqsa, u o`sha zahoti ijro etiladi hamda A. ismli shaxs ozodlikka chiqariladi. Afvni qo`llash uchun odatda jinoyat sodir etgan shaxslarning iltimosnomasi asos bo`ladi.Amnistiya aktini qo`llashda esa bunday iltimosnoma talab etilmaydi. Tergovchi, prokuror, jazoni ijro etish muassasasi ma`muriyati va sudlar amnistiya aktiga tushadigan barcha shaxslar ro`yxatini shakllantirib, ularga amnistiya qo`llash masalasini hal etishi lozim. Shaxslar o`zini afv etilishini so`rab iltimosnoma beradi, amnistiya akti esa shaxslarning xohish-istagiga qaramasdan hammaga umumiy qo`llanadi. Afv Prezident tomonidan istalgan vaqtda jazo muddatini o`tayotgan, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan va tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan mahkumlarni jazodan ozod etish yoki boshqacha engillik berish orqali kechirishdir. Afv aktida davlat, jamiyat, xalq va jabrlanuvchilar manfaati ustunlik qiladi. Afv aniq mahkum yoki bir guruh mahkumlarga nisbatan qo`llanilishi, bunda har bir mahkumning sodir etgan jinoyati oqibatlari, jazoni ijro etish muassasasi xulosasi, tuzalish yo`liga qat`iy o`tganligi, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligi, jabrlanuvchiga etkazilgan moddiy va ma`naviy zararlarning qoplanganligi, Prezidentdan, ayrim hollarda xalqdan kechirim so`raganligi, kelgusida bu yo`lga boshqa kirmaslik haqidagi va`dalari kabi jihatlar ham e`tiborga olinadi. Yoppasiga amnistiya berish boshqa xalqlarda ham qo`llaniladigan amaliyot. Ammo bu amaliyotning jabrlanuvchilar va jamiyat manfaatlariga har doim ham mos kelmasligi mumkin. Yangi O`zbekiston siyosatiga yangi amaliyot sifatida kirib kelgan afv instituti demokratik tuzum qaror topgan, insonparvarlik va adolat tamoyillariga amal qilinadigan yurtda tarbiyaning yangi va samarali usulidir. Aybiga iqrorlik va kechirim so`rash – xatoni to`g`rilashning avvalidir. Afv – bu aybdorni kechirish, qilmishidan qattiq pushaymon bo`lganning uzrini qabul qilishdir. Bu institutning afzalligi, ikki tomon manfaatlari uchun adolatli yondashuv bo`lib, jabr etkazuvchi va jabr ko`ruvchilar manfaatini bir xilda himoya qiladi. Eng muhimi, bu akt uning nomidayoq bayon qilinganidek, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan va tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan mahkumlarga nisbatangina qo`llaniladi. @Hazratali_uz

1,500 views

Опубликован 9 сент.

📣 📣 📣 📣 📣 Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi qoshida faoliyat ko'rsatayotgan ilmiy maktablar va to'garaklarga obuna bo'ling👇👇👇 ✅ Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri, professor, yuridik fanlari doktori Bazarova Dildora Baxadirovna ilmiy maktabi - @dbazarova ✅ Kafedra professori, yuridik fanlari nomzodi Xidoyatov Baxtiyor Batirovich ilmiy maktabi - @xidoyatov_ilmiy_maktab ✅ Kafedra professori, yuridik fanlari doktori Tulaganova Gulchehra Zaxitovna ilmiy maktabi - @TGZ_TSULscientific_school ✅ Kafedra professori, yuridik fanlari doktori Suyunova Dilbar Joldasbayevna ilmiy maktabi - @professor_suyunova_ilmiy_maktabi ✅ Kiber xavfsizlik bo'yicha maxsus kurs - @kiber_xavfsizlikTDYU ✅Moliyaviy xavfsizlik bo'yicha maxsus kurs - @financial_security_tsul@hazratali_uz ✅Jinoyat protsessi bo'yicha ilmiy to'garak - @TSUL_procedure ✅ Ilmiy ishlanmalarni yozish bo'yicha to'garak - @TSUL_RC t.me/TSUL_CPL

1,420 views

Опубликован 7 сент.

1️⃣ 2️⃣ 4️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣ Mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan jinoyat ishi doirasida protsess ishtirokchilarini surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va (yoki) so‘roq qilish taqiqlanadi, bundan ular bilan bog‘liq bo‘lgan alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi yoki sudning yozma topshirig‘i mavjud bo‘lgan hollar mustasno. Jinoyat-protsessual kodeksining 88-moddasi @Hazratali_uz

1,390 views

Опубликован 7 сент.

1️⃣ 2️⃣ 4️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣ Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan bo‘lsa jinoyat shaxsning roziligi bilan uning aybliligi haqidagi masalani hal qilmay turib tugatilishi mumkin. Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi @Hazratali_uz

1,360 views

Опубликован 6 сент.

1️⃣ 2️⃣ 4️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣ Birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudida ishni ko‘rishda ishtirok etgan sudya o‘z ishtirokida chiqarilgan hukm, ajrim bekor qilinganidan keyin o‘sha ishni ko‘rishda ishtirok eta olmaydi. Jinoyat-protsessual kodeksining 76-moddasi @Hazratali_uz

1,500 views

Опубликован 6 сент.

#darslik 1️⃣ 2️⃣ 4️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣ Sizlarga Toshkent davlat yuridik universitetida tayyorlangan "Jinoyatlarni tergov qilish metodikasi" ma'ruzalar kursi taqdim qilinmoqda. t.me/Hazratali_uz

4,280 views

Hashtags

12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••4748495051•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485