TGINSIGHT CHAT
Kitobxon kundaligi
@kitoblog
Книги💬 Турли бадиий ва илмий-оммабоп асарларга тақризлар, тавсиялар. Ўктам Ўринтоев
Последние посты
Тег: #kitob · 2 постов
#kitob#tavsiya Bahorda o'qishni tavsiya qiladigan 5 ta asarim: 1. Maxatma Gandi — "Mening hayotim" Bu asari muallifning bolalik davrlaridan boshlab 1921 yilgacha boʻlgan voqealarni oʻz ichiga olgan. Undan o'z dini va an'analariga sobitlik, qat'iyat, erk va ozodlik uchun kurashning yuksak namunasini bilib olishingiz mumkin. Tinchlikparvar insonning mashaqqatli hayotini ochib beruvchi hikoya. 2. Xose Ortega i Gasset — "Omma qo'zg'alishi" (Восстание масс) Yaqinda "Omma psixologyasi"ni o'qiganlar uchun ajoyib tanlov. Agar siz massaning qanday harakatlanishi va sotsiologik hodisalarga qiziqishingiz baland bo'lsa ushbu ispaniyalik yozuvchi asari siz uchun ayni muddaodir. 3. Sem Uolton — "Made in USA: W-MART" Dunyodagi eng birinchi va yirik chakana savdo tarmog'i asoschisi Sem Uoltondan shaxsiy biznesini qanday boshlagani, biznesda motivatsiya va aqlli qarorlar qanday qabul qilinishi haqida motivatsion-avtobiografik asar. Aytgancha, ushbu asarda nima uchun Korzinkalarda mahsulot narxi yonida yozilib turish sababini bilib olasiz:) 4. Erkin Vohidov — "Ruhlar isyoni" Biroz klassika ham o'qish kerak, ya'ni oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub bengal shoiri Nazrul Islom haqidagi dostoni aynan ruhingizni taskin toptiruvchi shunday vosita bo'lsa ne ajab. Doston bir necha rivoyatdan iborat boʻlib, ularda turli tarixiy va tarixiy boʻlmagan shaxslar haqida soʻz yuritiladi. Ibrohim Gʻofurov doston haqida: "Menga u koʻp jihatlardan bugungi oʻzbek sheʼriy tafakkurining – lirik tafakkurining choʻqqisi boʻlib koʻrinadi“, deb yozgan. Menimcha shu ta'riflarning o'zi yetarli. 5. Javlon Jovliev — "Qo'rqma" O'z-o'zidan yil kashfiyoti ushbu ro'yxatdan o'rin oldi. Aslida "Qo'rqma"ni allaqachon ko'pchilik tavsiya qilib bo'ldi. Shunga qaramasdan haligacha o'qishga ikkilanayotganlar uchun hal qiluvchi tavsiyam aynan mana shu bahorgi ro'yxatim bo'ladi. Millat uchun jon berishga tayyor fidoyilar haqida o'zgacha asar. Yoqimli mutolaa! @panda_books
#kitob #taqriz #Sunbula Tillaniso NURYOG'DI ning "Sunbula" kitobiga taqriz. Kitobni qo'limga olishim bilanoq birinchi galda diqqat bilan e'tibor qilganim muqovasidagi rasm bo'ldi. Termulgancha uzoq qolib ketdim. Nimadir demoqchi. Anglolmadim baribir. Keyin mutolaa jarayoni boshlandi. Har bir jumla qayta-qayta o'qildi. "Sunbula" da his qilganim dard, qalb og'rig'ini so'nggi daf'a "Yolg'izlikning yuz yili" va "Jinoyat va jazo" da tuyganman. Sahifadan sahifaga odimlarkanman botinimda alam, iztirob, nafrat, dunyoning jamiyki qoraliklari mujassamlashgandek his qilaverdim. Lekin tasalli bor. Ha shunday. Qalb ko'zi bilan qaralsa, har nafrat, har iztirob, har dard ortida inja tuyg'ular: sevgi-muhabbat, shafqat, samimiyat yashirin. Yagona tasalli shu. Go'yoki miltillab turgan cho'g' misoli. Kitobdagi ba'zi jumlalar ortiga berkitilgan ma'noni anglab, dod deb yuborgingiz keladi. Qaniydi, anglanmasa, his qilinmasa. Shunda keyingi jumlaga ko'chishdan oldin beixtiyor ich-ichingizdan g'alati qo'rquvni his qilasiz. "Sunbula" ning eng katta yutug'i o'zgacha so'zlarning latofat ila o'z o'rnida qo'llanilganidir. Qolaversa, ramzlar ko'pligi kitobxon aqlini shoshirib ham qo'yadi. Xullas, baxtli yashashdan zerikdingizmi? Yashab turgan dunyongizdagi qulayliklar sizga noqulaylik tug'diryaptimi? Bir maromda davom etayotgan yashash tarzidan charchadingizmi? Unday bo'lsa, ushbu kitob aynan siz uchun. Iqtiboslar: "Aqlning do'zax bo'lishi hali hech narsa emas. Biz hammamiz aslida shu do'zaxda yonishga mahkum qilinganmiz. An'anaviy do'zax haqidagi tushunchalardan farqli ravishda biz arosat do'zaxida yonamiz. Qaysi tomonga tegishli bo'lishni, nima to'g'ri, nima noto'g'riligini bilolmay, arosat do'zaxida yonamiz. Endi bildim, endi tushundim deganda, oldimizdan yana bir tilsim chiqadi." "Yomon odam bo'lishdan qo'rquvim esa yaxshi ham bo'lolmasligimga sabab bo'lgan. Yomonidan qo'rqib, tuyg'ularingga erk bermas ekansan, sen aslida yaxshi, boshqalar va oliy vijdoning tomonidan "oq" deb tan olinadigan tuyg'ularga ham erk bermaysan." "Yuragi yonayotgan odam uchun kimgadir ko'nglini ochmoqchi bo'lib ko'rsatgan samimiyati rad etilishidan yomoni yo'q." "Ichida yong'in yonayotgan odamga ko'ngil to'lishi muhimmas. U ko'ngilni bemalol bir chetga surib qo'ya oladi." "Dunyo ham dunyosida sochilib yotibdi." "Atrofda yolg'iz bo'rilar izg'iy boshladi. Agar odam istasam o'sha yolg'iz bo'rilardan birining ko'zoynagini artib beraman-u, unga g'amxo'rlik qilib, ma'lum muddat uni o'zim bilan, o'zimni u bilan ovutaman." "O'z ichidagi qorong'ilikni tanigan odamning o'zgalar qorong'iligini tushunishi qiyin bo'lmaydi." Telegram | Instagram