TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
Subira ku nzira
Biznes & Tadbirkorlik avatar

TGINSIGHT CHAT

Biznes & Tadbirkorlik

@TheDailyuz

Ubucuruzi n'Iterambere

• O'z shaxsiy tajriba va bilimlarimni ushbu sahifada sizlab bilan bo'ishib boraman. — Xususiy Biznes va Tadbirkorlik — Biznesni tizimlashtirish — Biznes reja va g'oyalar Hamkorlik va aloqa uchun: @Mr_Gulomkodirov

Abiyandikishije543Abiyandikishije bari mu nzira
Ubutumwa258Ubutumwa bwahuguriwe
Icyagezweho17,174Ibireba ubutumwa bw'ubu
Ubutumwa bw'ubu

Ubutumwa bw'ubu

Uk. 2 kuri 22 · ubutumwa 258

Yoherejwe 17 Gic.

Assalomu alaykum hurmatli obunachilar! Sizlarga bugundan boshlab biznesni tizimlashtirish, HR va korxonada ichki tartib qoidalar va nizomlar bo'yicha ma'lumotlar berib bormoqchiman. Sizlar uchun ushbu ma'lumotlar foydali bo'lsa "🔥" qoldiring!

322 views

Yoherejwe 9 Gic.

Channel name was changed to «Biznes & Tadbirkorlik | Shahzod G'ulomqodirov»

views

Yoherejwe 28 Uku.

Do'st degani daraxt yaprog'iga o'xshaydi. Bahor chog'i - behisob. Kuz kelganda - sanoqli, yoshlik chog'i - behisob. Keksayganda - Sanoqli... O'tkir Hoshimov

912 views

Yoherejwe 6 Uku.

Eng ko'p foiz tug'adigan sarmoya Tanishimni korxonasi yiliga $200,000 daromad qilar edi. Bir qizni call-centerga ishga oldi. Qiz yaxshi ishlashini ko'rib uni lavozimda ko'tarmoqchi bo'ldi. $1,000 atrofida sarmoya qilib, qizni o’qitdi, kurslarga yubordi. Vaqt o'tgach qizni sotuv bo'lim rahbari darajasigacha ko'tardi. Malakasiga qo'shib maoshi ham oshdi. Kecha $200ga ishga kelgan qiz $1,000 topishni boshladi. Kelgusi yil korxona daromadi $250,000 chiqdi. «Qizning hissasi katta» dedi tanishim. Keling hisoblaymiz. $50,000 - $1,000 / $1,000 * 100% = 4,900% Tikilgan pulga nisbatan tanishim 4,900% foyda qildi. Bitcoin yiliga 30%, ko’chmas mulk 12%, bank 7%, S&P500 esa 11% tug’adi. Faqat ta’limga sarmoya minglab foiz tug’adi. Ishchilarimiz, farzandlarimiz, aka ukalarimiz va opa singillarimizning ta’limiga sarmoya qilaylik, minglab foiz tug’adi. @mashrabov_aa

1,120 views

Yoherejwe 31 Uku.

⚡️Toshkent shahrida yashash narxlari qanchaga tushadi? — Koʻchada (standart) ovqatlanish uchun har oy oʻrtacha $45 gacha pul sarflanadi. — Uyda yashash uchun 4 kishiga eng kamida $150 oziq-ovqat uchun ajratish kerak boʻladi. — Har oy davomida bir kishi uchun taksi va shu kabi transport xarajatlariga esa $30 dan boshlab ishlatiladi. — Internet, kommunal toʻlovlar, uyali aloqa uchun 4 kishilik oilaga $30 – $45 atrofida pul ajratish kerak. — Kino, kichik dam olish, sport kabi mashgʻulotlar uchun eng kamida $55 kerak boʻladi. — Bolalar ta’limi uchun bir yilga ularning yoshi, ta’lim muassasasi qarab $160 dan $1 500 gacha pul ketadi. — Shaxsiy kiyinish va shu kabi xarajatlar uchun bir yil muddatga $720 dan boshlab pul ajratgan ma’qul. — Shahar markazidan 2 xonali uy ijarasi $650 atrofida boʻlsa, shahar chekkasida $400 boʻladi. — 2 xonali kvartira sotib olish narxlari 1 m² uchun shahar markazida $750 dan boshlanadi, chekka tumanlarda $500 dan boʻladi. @Biznes_Zamon - Biznes & IT blog!

1,910 views

Yoherejwe 15 Ugu.

🛫Turizm orqali qaysi davlat qancha daromad koʻradi? — Dunyo boʻylab eng koʻp daromad oluvchi davlat haqida ma’lumot: • AQSH – $200 mlrd • Ispaniya – $80 mlrd • Fransiya – $60 mlrd • Italiya – $40 mlrd • Germaniya – $40 mlrd • Buyuk Britaniya – $40 mlrd • Avstraliya – $40 mlrd • Makao – $30 mlrd • Gong Kong – $20 mlrd — Yuqorida koʻrsatilgan top-10 davlat daromadi 2023-yil davomida olingan daromad miqdori boʻlib, toʻliq yil davomida daromad 40 foizgacha oshishi mumkin. — Oʻzbekiston davlati 2023-yil davomida $1,72mlrd foyda bilan dunyo boʻylab sayyohlik sohasi eng tez rivojlanayotgan eng yaxshi 20 davlat qatoriga kirdi va oʻrtacha 6 700 000 nafar sayyoh tashrif buyurdi. @Biznes_Zamon - Biznes & IT blog!

1,750 views

Yoherejwe 29 Kam.

⚡️ Turli davlatlarda Qurbon hayiti arafasida qo'y narxlari Qurbonlik qo‘chqorining eng arzon narxi Ozarbayjonda - 150 dollardan 170 dollargacha deb xabar berdi Sputnik. Nashr bir qator mamlakatlarda qurbonlik qilinadigan qo‘chqorning o‘rtacha narxini taqqoslab ko‘rdi. Qayd qilinishicha, eng arzon narx Ozarboyjonda - 150 dollardan 170 dollargacha (1,7-1,9 mln so‘m), eng qimmat narx Turkmanistonda - 300 dollardan 320 dollargacha (3,4-3,7 mln so‘m). Bir qator mamlakatlarda qurbonlik qo‘chqorining narxlari: $150-170 – Ozarbayjon (1,7-1,9 mln so‘m); $156-170 – Qozog‘iston (1,8-1,9 mln so‘m); $150-175 – Tojikiston (1,7-2,0 mln so‘m); $172-183 – Qirg‘iziston (1,9-2,1 mln so‘m); $250-270 – Turkiya (2,8-3,1 mln so‘m); $250-280 – O‘zbekiston (2,9-3,2 mln so‘m); $300-320 – Turkmaniston (3,4-3,7 mln so‘m). @Biznes_Zamon - Biznes & IT blog!

2,340 views

Yoherejwe 28 Kam.

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuh aziz dindoshlar! Bugungi qutlug' Qurbon Hayiti bilan barchangizni muborakbod etamiz! Sizga ikki dunyo baxt-saodat, oilaviy tinch va totuvlik, ezgi duolaringiz ijobat bo'lishini tilab qolamiz! Hayit ayyomini oila davrasida shod xurramlikda o'tkazishingizga tilakdoshmiz! Allohim kunlarimizni fayz va barakotlarga boy qilsin!

1,850 views

Yoherejwe 8 Kam.

⚡️Biznes G'oya: Toza ichimlik suvi ishlab chiqarish Kunlar isishi bilan ichimlik suviga talab oshib bormoqda. Keling boshlangʻich xarajatlar uchun taxminiy hisob-kitoblarni ko'rib chiqamiz: • korxonani roʻyxatdan oʻtkazish – $150; • uskunalar – $50 000; • kutilmagan xarajatlar – $500; Oylik xarajatlar uchun: • ishlab chiqarish binosi ijarasi – $400; • xodimlar uchun ish haqi – $1000; • reklama – $500; • qo'shimcha xarajatlar- $100 Siz uskunani kredit qarzdorligi evaziga sotib olishingiz mumkin. Jami oylik xarajatlar o'rtacha $2000 ni tashkil qiladi. Bir oylik foydasi (taxminan) yoz oylarida $10 ming gacha chiqadi va bu sizga barqaror biznes boshlash imkonidir. P/S: Yuqoridagi narxlar baland ko’rinishi mumkin, ammo yuqori marketing va puxta, aniq biznes reja sizni muvoffaqiyatga yetaklaydi. #Biznesreja @Biznes_zamon - Biznes & IT blog!

2,130 views

Hashtags

Yoherejwe 5 Kam.

⚡️O'zbekistonliklarning qo'lida qancha naqd pul bor? Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov Senatning 41-yalpi majlisida aholi qo‘lida $12 mlrd pul bor ekanini aytib, bank sektori bu mablag‘ning barchasini jalb qila olmasligini, lekin aholi pullarini bankka topshirish tendensiyasi mavjudligini qayd etdi. 2022-yil davomida jismoniy shaxslar banklardan 8,9 mlrd dollarlik valyuta sotib olgan, bu o‘tgan yilga nisbatan $4,3 mlrd yoki deyarli ikki barobarga ko‘p. Shu bilan birga, banklar tomonidan aholidan $11,9 mlrdlik valyuta xarid qilingan, bu 2021-yilga nisbatan $4,8 mlrd yoki 1,7 barobar ko‘pdir. @Biznes_zamon - Biznes & IT blog!

1,580 views

Yoherejwe 5 Kam.

⚡️Bizda va qo'shnilarimizda Haj-2023 ziyoratining narxlari Avvalroq, Tojikiston fuqarolari va yurtimizdagi Tur kompaniyalari tomonidan Haj-2023 narxlarini ochiqlagan edik. 2023-yilda hukumatimiz tomonidan Haj-2023 ga O'zbekistonliklar uchun 15 mingta kvota ajratilgan bo'lib, har bir ziyoratchi uchun 68 mln 760 ming so'm qilib belgilangan. Haj ziyorati uchun eng arzon narx Qozog‘istonda qayd etilgan – $3 ming dan (34,2 mln so‘m) $4,5 minggacha (51,3 mln so‘m). Qirg‘izistonda $3900 dollar (44,4 mln so‘m) evaziga ushbu ibodatni amalga oshirish mumkin. Tojikistonda ushbu summa $5,4 ming (61,5 mln so‘m) so'm bo'lsa Rossiya kompaniyalari sharoitlarga qarab $4,9 ming (55,8 mln so‘m)dan $9,9 ming (112,8 mln so‘m) gacha narx taklif qilishmoqda. @Biznes_zamon - Biznes & IT blog!

1,550 views

Yoherejwe 10 Gic.

⚡️Top kriptovalyutalarning dollarga nisbatan kursi qancha ?Shuningdek, birinchi milliy Mangu kriptovalyutasi haqida Hozirda mavjud kriptovalyutalarning aniq sonini aytishning imkoni yo'q - lekin ayni paytda kriptovalyuta bozorining 50 foizini mashhur kriptovalyuta - Bitcoin egallaydi. Kriptovalyuta bu raqamli pul, ular faqat foydalanuvchining kriptovalyutasi qanchalik ko'pligi va uni qayerga o'tkazishi haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan elektron reestrlarda saqlanadi. Quyida top kriptovalyutalarning dollarga nisbatan kursi : 1. Bitcoin (BTC) - 27 894,90 $ 2. Ethereum (ETH) - 1 864,69 $ 3. Stellar (XLM) - 0,090 $ 4. Dash (DASH) - 43,93 $ 5. Monero (XRM) - 152,59 $ Shuningdek Markaziy Osiyodagi birinchi va ilk milliy kriptovalyutamiz Mangu Innovation ham rivojlanishda davom etmoqda. O'zbekiston nomidan 2020 - yilda jahon kritpobozoriga olib chiqilgan xalqaro kompaniyaning ilk milliy kriptosi 1 Mangu hozirda 50.250 so'mni tashkil etadi. 💬@Biznes_Zamon - Biznes & IT blog!

1,710 views
1234•••10•••202122