TGINSIGHT CHAT
IIBB YHXB | Rasmiy kanali
@UBDD_UZ
SheriaMurojaat uchun @YHXB01 📌Guruhda yo‘l harakati xavfsizligiga oid savollar, murojaatlar va takliflar bildirishingiz mumkin.
Machapisho ya hivi karibuni
Uk. 2 kati ya 84 · machapisho 1,001
Imechapishwa 17 Apr
“Xavfsizlik kamari hayot garovi”-2 #IJTIMOIY_ROLIK
Hashtags
Imechapishwa 17 Apr
“Xavfsizlik kamari hayot garovi”-1 #IJTIMOIY_ROLIK
Hashtags
Imechapishwa 17 Apr
🛵 Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ko'ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida skuter, velosiped hamda elektrosamokat boshqarayotgan fuqarolar bilan tushuntirish va targ'ibot ishlari olib borilmoqda. Qo'pol ravishda qoida buzgan fuqarolarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda. ✅ Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
Imechapishwa 17 Apr
Poytaxtimiz ko'chalari bo'ylab Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan, jamoat transportlarining erkin harakatlanishini ta’minlash bo’yicha xizmat olib borilmoqda. Shu o’rinda haydovchilarga eslatma: Yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 — 5.10.3 yo‘l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to‘xtashi taqiqlanadi. Agar 5.9 yo‘l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, burilmoqchi bo‘layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak. Shuningdek, bunday joylarda yo‘nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo‘lakka o‘tishga ruxsat etiladi. ‼️Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini soʼrab qolamiz. 👉Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
Imechapishwa 17 Apr
YASHIL_CHIROQ-2026 🚸 Yangihayot tumanida "Yashil chiroq" musobaqasining tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Tuman bo‘yicha sektor maktablari bellashuvida g'alaba qozongan o‘quvchilar o'rtasida o'tkazilgan ushbu musobaqada, ishtirokchilar tomonidan yo'l harakati qoidalariga qay darajada rioya qilishlari va o'z zukkoliklarini ko'rsatdilar. 🏆 Nizom talablari asosida shartlardan ko'rsatilgan natijalarga ko'ra baholangan jamoalar: 1- o'rinni 303-sonli maktab o'quvchilari; 2- o'rinni 8-sonli maktab o'quvchilari; 3- o'rinni 330-maktab va 32-maktab o'quvchilari qo'lga kiritdilar. Bu kabi tadbirlar poytaxtimiz hududi bo'ylab davom etmoqda. 👉Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
Imechapishwa 17 Apr
Ayni damda, poytaxtimiz bo'ylab barcha masjidlarda juma namozi vaqtida, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahar IIBB YHXB va boshqa sohaviy xizmat xodimlari tomonidan xizmat tashkil etilmoqda. 👉Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
Imechapishwa 17 Apr
➡️Internet tarmoqlarda tarqalgan holatga oydinlik kiritildi. 🎤 Poytaxtimizning Sergeli tumanida jentra va maktab o'quvchisi bilan bog'liq YTH internet tarmoqlarda tarqalib muhokamalarga sabab bo'ldi. Holatga oydinlik kiritilib transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi. ⚡Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ullari tomonidan surishtiruv ishlari davom etirilmoqda. 👉Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.
Imechapishwa 17 Apr
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri iqtisodiyotida yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash, mavjud zaxiralarni toʻliq ishga solish hamda tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по обеспечению высоких темпов роста экономики, полному задействованию имеющихся резервов и расширению благоприятных условий для предпринимательской деятельности в городе Ташкенте. #Mirziyoyev#yigilish#Toshkent#tadbirkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Imechapishwa 17 Apr
✅Toshkent shahar IIBB YHXB Ekspluatatsiya-montaj boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtimizning M.Ulug'bek tumani M.Ulug'bek ko'chasi bo'ylab yo’l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida yo’l yotiq chiziqlarini qayta chizish ishlari olib borildi. 👉Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
Imechapishwa 16 Apr
🟦🟦🟦 Toshknet shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan internetda chiqgan holat yuzasidan o'rganish ishlari olib borilib qoidabuzar fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko'rildi. 🅰 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
Imechapishwa 16 Apr
#YTH 🔴 Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumot ‼️ Joriy yilning 16-aprel kuni soat 18:00 larda Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida, 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro “Treker-2 ” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to'siqqa urilib ag'darilib ketishi natijasida yo’l-transport hodisasi sodir bo’lgan. 🟢 Yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohat olganlar yo'q. 🟢 Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 🟢 Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilishlarini so‘raymiz. 👉Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
Hashtags
Imechapishwa 16 Apr
"Yashil chiroq-2026" musobaqasining navbatdagi tuman bosqichi bo’lib o’tdi. 🟢 Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumanida joylashgan 148-sonli umumta’lim maktabida "Yo'l harakati qoidalari yosh targ'ibotchi klub" a'zolari ishtirokida "Yashil chiroq-2026" musobaqasining tuman bosqichi bo'lib o'tdi. 🏆 Musobaqa doirasida ishtirokchilar jamoaviy va yakka tartibdagi shartlar boʻyicha bellashuvlarda qatnashib, oʻz bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazishadi. Musobaqa natijalariga ko'ra; 1️⃣ o’rin 222-maktab o'quvchilari 2️⃣ o’rin 338 -maktab 256-maktab o'quvchilari 3️⃣ o’rin 27-maktab, 121 -maktab o'quvchilari egalladilar. ❕Musobaqa poytaxtimiz tumanlari bo‘ylab davom etmoqda. 👉Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati