TGINSIGHT CHAT
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
@gsbe_uz
ElimuO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: 🗣@gsbeuz Chat-BOX 💠@gsbeuz_bot 🌐www.gsbe.uz 🔵fb.com/gsbe.uz 🔴http://instagram.com/gsbe.uz 📞 +998 71 239 03 03
Machapisho ya hivi karibuni
Tagi: #study · machapisho 55
Imechapishwa 9 Apr
📢Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar! 🛡 Sizlarni dolzarb va zamonaviy “Cybersecurity and Ethics (Kiberxavfsizlik va etika)” mavzusidagi mahorat darsiga taklif etamiz. Mahorat darsi xalqaro darajadagi ekspert, kiberxavfsizlik sohasida 25 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis, University of North GeorgiaProfessoriMurthy V. Rallapalli, Ph.D, CISSP (Certified Information Systems Security Professional) tomonidan olib boriladi. ❗Mahorat darsida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi: ✔️ Zamonaviy kiberxavfsizlik tahdidlari va ularning oldini olish strategiyalari; ✔️ Raqamli muhitda axloqiy me’yorlar va mas’uliyat; ✔️ Sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar bilan ishlashda etik muammolar; ✔️ Global tajriba va xalqaro standartlar asosida kiberxavfsizlikni rivojlantirish. Joylar soni cheklangan. Tadbir ingliz tilida olib boriladi 🗓Sana: 22-aprel, 2026-yil ⏱Vaqti: 15:30 📌Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (5-qavat, 4-auditoriya) 📞Telefon: +998 71 239-03-03 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Study#Cybersecurity#Ethics 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube
Imechapishwa 2 Apr
🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida «Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining bugungi faoliyati, uning kapital bozordagi o‘rni va rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari» mavzusida bo‘lib o‘tgan mahorat darsidan video lavha. ________ 🇷🇺 Видео с мастер-класса, состоявшегося в Высшей школе бизнеса и предпринимательства на тему "Современная деятельность Центрального депозитария ценных бумаг, его место на рынке капитала и основные направления развития". ________ 🇬🇧 A video from a master class held at the Graduate School of Business and Entrepreneurship on the topic: “The current activities of the Central Securities Depository, its role in the capital market, and the main directions of its development”. #GSBE#GraduateSchool#Study#CapitalMarket #StockMarket 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube
Imechapishwa 1 Apr
Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi faoliyati bo‘yicha mahorat darsi Professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida o‘tkazilgan «Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining bugungi faoliyati, uning kapital bozordagi o‘rni va rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari» mavzusidagi mahorat darsida ishtirok etdilar. Mahorat darsini Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi Bosh direktor maslahatchisi va xalqaro bank-moliya sohasida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis Qahramon Sobirov olib bordi. Mahorat darsining asosiy masalasi - depozitariy faoliyatidagi o‘zgarishlar, uning kapital bozorini rivojlantirishdagi ahamiyati va kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlarini muhokama qilish. Tadbir davomida quyidagi mavzular ko‘rib chiqildi: ✔️ Markaziy depozitariy faoliyatida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar va yaqin kelajakdagi rejalar; ✔️ O‘zbekiston kapital bozorida yuz berayotgan jarayonlar va uning rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari. Tadbir ishtirokchilarga qimmatli qog‘ozlar bozoridagi zamonaviy jarayonlar haqida amaliy bilim olish va soha yetakchi mutaxassisi bilan tajriba almashish imkonini berdi. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Study#CapitalMarket #StockMarket 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube
Imechapishwa 27 Mac
Xorazmda elektron tijorat istiqbollari: Oliy biznes maktabi va Wildberries hamkorligi 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Xorazm hududiy filiali hamda Wildberries xalqaro marketpleys kompaniyasi hamkorligida seminarlar tashkil etildi. 24-mart kuni Xiva shahar Turizm va madaniy meros texnikumida hamda 25-mart kuni Urganch shahridagi Ma’mun universitetida 25 nafardan mahalliy tadbirkor va hunarmandlar uchun “Elektron tijorat sohasida biznesni boshlash va yuritish. Wildberries platformasida savdoni yo‘lga qo‘yish” mavzusida, Ma’mun universitetida 100 nafar talaba uchun “Marketpleys menejeri” kasbiga o‘qitish bo‘yicha amaliy seminar-treninglar tashkil etildi. Mazkur tadbirlarda jami 150 nafar ishtirokchi qatnashdi. 👉Batafsil 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Khorezm#Ecommerce#Study 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube
Imechapishwa 26 Mac
⚡️Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar! Sizlarni “Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining bugungi faoliyati, uning kapital bozordagi o‘rni hamda rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari” mavzusida mahorat darsiga taklif etamiz. Mahorat darsi Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi Bosh direktor maslahatchisi, xalqaro bank va moliya sohasida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis - Qahramon Sobirov tomonidan olib boriladi. ❗️Mahorar darsida quyidagi mavzularda e'tibor qaratiladi: ✔️MDda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar va yaqin kelajakdagi rejalar; ✔️O‘zbekiston kapital bozorida amalga oshirilayotgan jarayonlar va yaqin istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari. 🗓Sana: 31-mart, 2026-yil ⏱Vaqti: 10:30 📍Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi. (5-qavat, 4-auditoriya) 📞Telefon: +998 71 239-03-17 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Study#CapitalMarket #StockMarket 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube
Imechapishwa 4 Mac
Elektron tijorat bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi 🇺🇿Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Navoiy viloyati hududiy filiali hamda xalqaro marketpleys - Wildberries hamkorligida Navoiy shahrida tadbirkorlar, tadbirkorlikka qiziqishi bor aholi va yoshlar uchun “Elektron tijorat sohasida biznesni boshlash va yuritish. Wildberries platformasida savdoni yo‘lga qo‘yish” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarning asosiy maqsadi hududdagi tadbirkorlar va yoshlarga zamonaviy raqamli savdo platformalari orqali biznes yuritish imkoniyatlarini tushuntirish, ularni elektron tijoratga keng jalb etishdan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilarga marketpleyslarda faoliyat yuritish tartibi, elektron tijoratning huquqiy asoslari, soliq masalalari, logistika jarayonlari hamda talaba yoshlarga marketpleys menejeri kasbini egallash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Bugungi kunda onlayn savdo platformalari mahalliy ishlab chiqaruvchilar va hunarmandlar uchun nafaqat ichki bozor, balki xalqaro miqyosda ham o‘z mahsulotlarini sotish imkonini yaratmoqda. Bu esa hududiy tadbirkorlikni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar va platformada ilk qadamlarni boshlash yuzasidan amaliy maslahatlarga ega bo‘ldilar. Mazkur seminar Navoiy viloyatida elektron tijoratni ommalashtirish, yoshlar va aholining biznes ko‘nikmalarini oshirish hamda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim o‘rin tutadi. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Navoi#Ecommerce#Study 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube
Imechapishwa 25 Feb
Buxoroda elektron tijorat va Wildberries: Tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochildi O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish doirasida 2026 yil 25-fevral kuni Buxoro shahrida tadbirkorlik subyektlari uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda xalqaro marketplace “Wildberries” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Seminarning asosiy maqsadi Buxoro viloyatidagi tadbirkorlar, hunarmandlar va ishlab chiqaruvchilarga o‘z mahsulotlarini mahalliy va xalqaro bozorlarga Wildberries platformasi orqali olib chiqish ko‘nikmalarini o‘rgatishga qaratildi. Seminar davomida ishtirokchilarga elektron tijorat platformasida biznes yuritish va uning huquqiy asoslari, mahsulotlarni Wildberries omborlariga yetkazib berish va sotuv jarayonini tashkil etish bo‘yicha amaliy taqdimot o‘tkazildi. Shu bilan birga, marketplaceda tovar kartochkalarini to‘g‘ri tashkil etish, raqamli marketing ahamiyati va undan samarali foydalanish bo‘yicha ham tushunchalar berildi. Buxoro o‘zining qadimiy hunarmandchilik maktabi, to‘qimachilik va ipak mahsulotlari bilan mashhur. Buxoro mahsulotlariga xalqaro bozorda, ayniqsa MDH davlatlarida talab yuqori. Seminar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini kengaytirish va ularning keng miqyosdagi xaridorlar auditoriyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. Ishtirokchilar seminar davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Ko‘plab tadbirkorlar tadbirda platformada ro‘yxatdan o‘tish va dastlabki mahsulotlarni joylashtirish bo‘yicha maslahatlar olishdi. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Bukhara#Ecommerce#Study 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube
Imechapishwa 24 Feb
Namangan viloyati hududiy filiali tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish sari dadil qadamlar Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Namangan viloyati hududiy filiali tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha “Tadbirkorlik va biznes asoslari” qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Namangan viloyati hududiy filiali o‘rtasidagi hamkorlik doirasida viloyat hududlari bo`ylab qisqa muddatli o`quv kurslari tashkil etildi. 👉Batafsil 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Study#Entrepreneurship 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube
Imechapishwa 10 Feb
🇺🇿Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi delegatsiyasi Janubiy Koreyaning Woosong universiteti rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdilar Uchrashuv o‘zaro tanishtiruv jarayonlari bilan boshlandi. Tomonlar ikki davlat oliy ta’lim muassasalarining faoliyati, akademik yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik tajribasi hamda ta’lim sohasidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdilar. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan uchrashuvda direktor o‘rinbosari Bahrom Xolbayev hamda Woosong universiteti faxriy raisi Sung-Kyung Kim boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida Woosong universiteti tarkibida faoliyat yuritayotgan AACSB xalqaro akkreditatsiyasiga ega SolBridge International School of Business hamda Endicott College of International Studies faoliyati yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. Mazkur taqdimotlar orqali ushbu ta’lim muassasalarining ta’lim modellari, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari, xalqaro reytinglardagi o‘rni va global akademik hamkorlik tarmoqlari Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi delegatsiyasiga tanishtirildi. Muloqot jarayonida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma o‘quv dasturlarini joriy etish, qisqa muddatli professional ta’lim kurslari, Medical management yo‘nalishi hamda Executive MBA kabi ilg‘or boshqaruv dasturlarini hamkorlikda yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Koreya Respublikasining biznes, menejment va tadbirkorlik sohasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishlarda satrategik hamkorlikni rivojlantirish, sog‘liqni saqlash sohasi, biznes ta’limi va boshqaruv kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu yo‘nalish ikki tomonlama akademik va amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun istiqbolli yo‘nalish sifatida e’tirof etildi. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Study#WoosongUniversity #SolBridge 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube
Imechapishwa 10 Feb
🇺🇿Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida yangi qabul qilingan magistratura tinglovchilari uchun "Orientation Day", muhitga moslashish va akademik hamjamiyat bilan tanishishga qaratilgan uchrashuvdan video lavha. ——— 🇷🇺«Orientation Day» для новых слушателей магистратуры, направленный на адаптацию и погружение в академическую жизнь Высшей школы бизнеса и предпринимательства. #GSBE#GraduateSchool#Study#OrientationDay 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube
Imechapishwa 9 Feb
🎓ORIENTATIONDAY 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida 2025/2026 o‘quv yili qishki qabul magistratura tinglovchilari uchun navbatdagi tanishuv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir “Moliya” va “Raqamli iqtisodiyot” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kechki ta’lim shaklida o‘qishni boshlayotgan tinglovchilar uchun tashkil etildi. Tadbirda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktori o‘rinbosari M. Adilov tinglovchilarni o‘qish jarayonining boshlanishi bilan tabriklab, ularga bilim olish yo‘lida yuksak natijalarga erishishni, ijodiy va amaliy faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi. Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv jarayoni va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari yuzasidan tushunchalar berildi. Tinglovchilar Oliy maktabning ta’lim muhiti, akademik talablari va mavjud imkoniyatlari bilan tanishishdi. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Study#OrientationDay 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube
Imechapishwa 9 Feb
⭐️ORIENTATIONDAY 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida 2025/2026 o‘quv yili qishki qabul magistratura tinglovchilari uchun tanishuv kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbir "Loyiha boshqaruvi", "Moliya" va "Raqamli iqtisodiyot" magistratura mutaxassisliklari kunduzgi ta’lim tinglovchilari uchun tashkil etildi. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktori o‘rinbosari M. Adilov tinglovchilarni qutlab, Oliy maktabning vazifalari va maqsadlari haqida so‘zlab berdi. Tadbirda kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va Oliy maktabning boshqa bo‘linmalari vakillari ishtirok etishdi. Ular tinglovchilarni o‘quv dasturlari, o‘quv jarayonining shakli va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida atroflicha tanishtirdilar. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Study#OrientationDay 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube