TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi avatar

TGINSIGHT CHAT

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

@gsbe_uz

Elimu

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: 🗣@gsbeuz Chat-BOX 💠@gsbeuz_bot 🌐www.gsbe.uz 🔵fb.com/gsbe.uz 🔴http://instagram.com/gsbe.uz 📞 +998 71 239 03 03

Wanachama4,990Wanachama wa sasa
Machapisho1,005Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni37,179Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Tagi: #startup · machapisho 35

当前筛选 #startup清除筛选

Imechapishwa 28 Nov

Oliy ta’lim muassasalarida startap loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik muloqoti tashkil etildi 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Respublikamizning 16 ta oliy ta’lim muassasalarining biznes inkubator va startap loyihalari bilan ishlovchi mas’ul xodimlari bilan hamkorlik muloqoti o‘tkazildi. Tadbirda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi mas’ul xodimlari tomonidan ishtirokchilarga venchur kompaniyalari, akseleratsiya markazlari va biznes inkubatorlarning startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni va vazifalari, shuningdek, startaplarni g‘oyadan loyihaga olib chiqish muammolari mavzularida taqdimotlar qilindi. 🇺🇿Batafsil 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Startup#Projects#Dialogue 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

2,790 views

Imechapishwa 26 Nov

Оliy ta’lim muassasalarida startap loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik muloqoti 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida oliy ta’lim muassasalarining biznes inkubatorlari bilan startap loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik muloqoti bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida oliy ta’lim muassasalari qoshidagi biznes inkubatorlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, yangi tashabbuslarni muhokama qilish va tajriba almashish rejalashtirilgan. Shuningdek, tadbirda quyidagi masalalar muhokama qilinadi: - Oliy ta’lim muassasalarda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash jarayonidagi muammolar; - Talabalar startap loyihalarini samarali amalga oshirishda Oliy ta’lim muassasalarning vazifalari; - Oliy ta’lim muassasalarida qulay startap muhitini yaratish uchun zarur shart-sharoitlar; -Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish strategiyalari. Sana: 2025-yil 27-noyabr Vaqt: 10:00-12:00 Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-uy) Telefon: +998 71 239-23-07 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Startup#Projects 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

2,160 views

Imechapishwa 15 Nov

🇺🇿🇺🇸Pittsburg State Universitetining Research and Innovation markazi 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari AQShda davom etayotgan qisqa muddatli o‘quv dasturi doirasida Pittsburg State Universityning Research and Innovation (Tadqiqot va innovatsiya) markaziga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida markaz faoliyati, unda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va innovatsion loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Ishtirokchilar zamonaviy texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish jarayonlari, shuningdek, universitetning amaliy loyihalarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha yo‘lga qo‘ygan tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Markaz vakillari ayniqsa startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yosh tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoitlar va ularning g‘oyalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, markazda olib borilgan tadqiqotlar natijasida turli sohalar uchun zarur bo‘lgan texnik qurilmalar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgani, bu jarayon yaqin yillarda yanada kengaytirilishi rejalashtirilayotgani qayd etildi. Uchrashuv yakunida dastur ishtirokchilari va markaz mutaxassislari o‘rtasida savol-javoblar o‘tkazilib, bilim va tajriba almashildi. Tashrif delegatsiya a’zolariga innovatsion ekotizimning amaldagi ishlash jarayoni, universitet va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik modeli hamda startaplarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida keng tasavvur berdi. 🇷🇺RU #GSBE#USA#PSU#Innovation#Research#Startup 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

2,580 views

Imechapishwa 10 Okt

🇺🇿Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida O‘zbekistonda elektron tijorat sohasini rivojlantirish bo‘yicha seminar yakunlandi ✅ Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida tashkil etilgan “O‘zbekistonning raqamli kelajagini mustahkamlash: elektron tijorat tendensiyalari, huquqiy asoslari va global imkoniyatlar” mavzusidagi ikki kunlik xalqaro seminar yakunlandi. 🫠Batafsil 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Startup#BusinessEducation 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

3,090 views

Imechapishwa 7 Okt

🇺🇿Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida O‘zbekistonda elektron tijorat sohasini rivojlantirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tmoqda ✅ Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida “O‘zbekistonning raqamli kelajagini mustahkamlash: elektron tijorat tendensiyalari, huquqiy asoslari va global imkoniyatlar” mavzusidagi ikki kunlik xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda. 🫠Batafsil 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Startup#BusinessEducation 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

3,270 views

Imechapishwa 21 Jun

🇺🇿O‘zbekiston - 🇸🇦 Saudiya Arabistoni: Innovatsion kompaniyalari biznes muloqoti ⭐2025-yil 26 iyun kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, IT PARK va Monsha’at Saudiya Arabistoni kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni innovatsion kompaniyalari muloqoti o‘tkaziladi. Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan tanishish Tadbir ingliz tilida olib boriladi va ishtirokchilar 2025 yil 23-iyunga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi. Batafsil Ro‘yxatdan o‘tish Sanasi: 2025-yil 26-iyun Vaqti: 10:00-13:00 Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-uy Telefon: +998 71 239-23-07 — 🇺🇿 Узбекистана и 🇸🇦 Саудовская Аравия: Бизнес-диалог инновационных компаний ⭐26 июня 2025г. Высшая школа бизнеса и предпринимательства, IT PARK и Monsha'at - Главное управление по делам малого и среднего бизнеса Саудовской Аравии проведут диалог инновационных компаний Узбекистана и Саудовской Аравии. Ознакомиться с компаниями Саудовской Аравии Мероприятие будет проводиться на английском языке, участники должны зарегистрироваться до 23 июня 2025 года. Подробнее Зарегистрироваться на мероприятие Дата: 26 июня 2025г. Время: 10:00-13:00 Адрес: Высшая школа бизнеса и предпринимательства, г. Ташкент, Мирободский район, ул. Миробод, дом 25 Телефон: +998 71 239-23-07 — 🇺🇿 Uzbekistan - 🇸🇦 Saudi Arabia:Business Dialogue in Innovation ⭐On June 26, 2025, the Graduate School of Business and Entrepreneurship, IT PARK, and Monsha'at (Saudi Arabia's Small and Medium Enterprises General Authority) will host a business dialogue between innovative companies from Uzbekistan and Saudi Arabia. Find out more about Saudi Arabian companies The event will be conducted in English, and participants are requested to register by June 23, 2025. More information Registration Date: June 26, 2025 Time: 10:00-13:00 Address: Graduate School of Business and Entrepreneurship, Tashkent city, Mirabad district, Mirabad street, 25 Phone: +998 71 239-23-07 #GSBE#GraduateSchool#AI#Startup#BusinessEducation 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

4,019 views

Imechapishwa 29 Mei

🇺🇿Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha amaliy seminar yakunlandi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida xususiy sektor, xo‘jalik birlashmalari, bank-moliya sektori va davlat tashkilotlari vakillari uchun “O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida innovatsion biznes modellarini yaratish” mavzusida tashkil etilgan ikki kunlik amaliy seminar yakunlandi. 👉Batafsil — 🇺🇿В Высшей школе бизнеса и предпринимательства завершился практический семинар по вопросам применения технологий искусственного интеллекта 28 мая 2025 г. в Высшей школе бизнеса и предпринимательства завершился двухдневный практический семинар, организованный при поддержке Азиатского банка развития на тему «Использование технологий искусственного интеллекта в создании инновационных бизнес моделей» для представителей частного сектора, хозяйственных объединений, банковско-финансового сектора и государственных организаций. 👉Подробнее — 🇺🇿Practical Seminar on the Application of Artificial Intelligence Technologies at the Graduate School of Business and Entrepreneurship has been completed On May 28, 2025, the Graduate School of Business and Entrepreneurship concluded a two-day practical seminar titled “Developing Innovative Business Models with AI in Uzbekistan.” This event was organized with the support of the Asian Development Bank and targeted representatives from the private sector, business associations, the banking and finance sector and government organizations. 👉More #GSBE#GraduateSchool#Startup#BusinessEducation#AI 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

3,410 views

Imechapishwa 27 Mei

💠Biznes sohasida sun’iy intellektni qo‘llash imkoniyatlari o‘rganilmoqda 2025-yil 27-may kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida innovatsion biznes modellarini yaratish” mavzusida ikki kunlik amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 👉Batafsil — 💠Изучаются возможности применения искусственного интеллекта в бизнес-сфере 27 мая 2025г. в Высшей школе бизнеса и предпринимательства совместно с Азиатским банком развития стартовал двухдневный практический семинар двухдневный практический семинар на тему «Разработка инновационных бизнес-моделей с использованием искусственный интеллект в Узбекистане». 👉Подробнее — 💠Application of Artificial Intelligence in the business sphere is being explored On May 27, 2025, the Graduate School of Business and Entrepreneurship, in collaboration with the Asian Development Bank, launched a two-day practical seminar titled “Developing Innovative Business Models Through Artificial Intelligence in Uzbekistan.” 👉More #GSBE#GraduateSchool#Startup#BusinessEducation#AI 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

2,630 views

Imechapishwa 20 Mei

🤖SUN’IY INTELLEKT ORQALI INNOVATSION BIZNES MODELLARINI YARATISH Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda sizni 2025-yil 27-28-may kunlari xorijiy ekspertlar ishtirokida o‘tkaziladigan “O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida biznes modellarini yaratish” mavzusidagi ikki kunlik o‘quv seminariga taklif etadi. Batafsil Ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 23-mayga qadar. Joylar soni cheklangan. 🗓 Sana: 2025-yil 27 – 28- may ⏰ Vaqt: 09:00-17:00 📞 Telefon: +998 71 239 03 27 Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-uy — 🤖DEVELOPING INNOVATIVE BUSINESS MODELS WITH AI The Graduate School of Business and Entrepreneurship, in collaboration with the Asian Development Bank, invites you to a two-day seminar on May 27-28, 2025, featuring international experts discussing “Developing Innovative Business Models with AI in Uzbekistan”. Please, sign up by May 23, 2025. Seats are limited. 🗓 Date: May 27-28, 2025 ⏰ Time: 09:30-17:00 📞 Phone: +998 71 239 03 27 Address: Graduate School of Business and Entrepreneurship, Mirabad street 25, Mirabad district, Tashkent city. More #GSBE#GraduateSchool#Startup#BusinessEducation 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

2,820 views

Imechapishwa 13 Mei

🎓Yetakchi oliy ta’lim muassasalari talabalar jamoalarining texnologik startaplari taqdimoti bo‘lib o‘tdi 2025-yil 12-may kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida respublika oliy ta’lim muassasalarining talabalar startaplari tomonidan taqdim etilgan “Startap g‘oyadan texnologik startapni yo‘lga qo‘yishgacha” loyihasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Batafsil —— 🎓Состоялась презентация технологических стартапов студенческих команд ведущих ВУЗов 12 мая 2025г. в Высшей школе бизнеса и предпринимательства прошел заключительный этап проекта «От стартап-идеи до запуска технологического стартапа» представленный студенческими стартапами высших учебных заведений республики. Подробнее — 🎓Presentation of Technological Startups by Student Teams from Leading Universities On May 12, 2025, the final stage of the project “From Startup Idea to Launching a Tech Startup” took place at the Graduate School of Business and Entrepreneurship, featuring student startups from universities across the republic. More #GSBE#GraduateSchool#Startup#BusinessEducation 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

5,590 views

Imechapishwa 3 Des

4️⃣4️⃣4️⃣ 🔴 Sizlarni “Biznesda mahorat darslari” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi uchrashuvga taklif etamiz. 👝 “Biznesda mahorat darslari” loyihasining navbatdagi mehmon ma’ruzachisi - moliya sohasidagi ekspert, Singapurlik Abuayubul Ansari. 🔘Mavzu: Moliyaviy mustaqillik sari qadamlar: moliyaviy havfsizlik, baqarorlik va moliyaviy oqimlarni boshqarish yo‘llari. ✅ Abuayubul Ansari AQSHlik biznes trener Robert Kiyosaki bilan doimiy hamkorlikda Osiyo va Yevropadavlatlarida ma’ruza, seminar, treninglar olib boradi. 🎲 Tadbir ingliz tilida olib boriladi. 📆 Sanasi: 2024-yil, 5-dekabr 🏪 Vaqti: 13:00 📞 Telefon: +998 71 239 03 27 📍 Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (5-qavat, №1) 🇬🇧Eng 🇷🇺Ru #GraduateSchool#Startup#Business#Singapore 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

2,770 views

Imechapishwa 14 Nov

🚀Startaplarni venchur moliyalashtirish forumiga taklif qilamiz! 💡2024-yil 15-noyabr kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ko‘magida startaplarni venchur moliyalashtirish forumini tashkil etadi. 📈Forumning maqsadi - startap loyihalarni venchur moliyalashtirish ekotizimini rivojlantirishni muhokama qilish, O‘zbekistonda startap loyihalarga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha venchur investitsiyabozori va startap ekotizimi ishtirokchilari o‘rtasida fikr va tajriba almashishdan iboratdir. 💠Forumning asosiy mavzulari: Global venchur investitsiyalar tendensiyalari; Koreya Respublikasi venchur ekotizimi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari; Startap loyihalarni moliyalashtirishda O‘zbekistondagi yetakchi venchur kompaniyalarining asosiy yo‘nalishlari va uslublari; Startaplar va ularning biznes modellarini baholashda zamonaviy yondashuvlar. 💼Kimlar ishtirok etishi mumkin? vazirliklar, idoralar va davlat tashkilotlari vakillari; startaplar; investorlar; moliya institutlari vakillari; biznes maslahatchilari; venchur moliyalashtirishga qiziqish bildirganlar. ➡️Joylar soni cheklangan! 📄Forumga ro ‘yxatdan o‘tish 🗓Sanasi: 2024-yil, 15-noyabr ⏱Vaqti: 09:00-12:00 📍Joylashuv: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (5-qavat) 📞Telefon: +998 71 239-23-07 🇬🇧Eng 🇷🇺Ru #GraduateSchool#Startup#Venture#Fund 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

2,050 views
IliyotanguliaUk. 1 kati ya 3Inayofuata