TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1733

@gsbe_uz

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

Mionekano2,550Idadi ya mionekano
Imechapishwa6 Nov06/11/2024, 05:38
Maudhui ya chapisho

Maudhui

👁‍🗨Nizolarni muqobil hal qilish orqali biznes nizolarni bartaraf etish imkoniyatlari 📈 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Osiyo taraqqiyot banki bilan (OTB) hamkorlikda 2024-yil 12\13-noyabr kunlari Toshkent shahrida “Nizolarni muqobil hal qilish orqali biznes nizolarni bartaraf etish imkoniyatlari” mavzusida ikki kunlik o‘quv treningi tashkil etmoqda. 📊 Treningning maqsadi xususiy sektor vakillarining tijorat, investitsiya va boshqa nizolarni mediatsiya va arbitrajusullaridan foydalangan holda hal qilish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat. 📊 Mazkur tadbir biznesda nizolar va ularni ziddiyatsiz hal qilish jarayonlarini o‘rganishga jalb qilish, shuningdek, ishtirokchilarni mediatsiya va arbitraj bo‘yicha xalqaro va milliy amaliyotlar bilan tanishtirishga qaratilgan. ➡️Trening mavzulari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - Nizolarni muqobil hal qilish; - Mediatsiyaning asosiy ko‘nikma va usullari; - Nizolarni hal etish strategiyalarini ishlab chiqish; - Nizolarni hal qilishning xalqaro tamoyillari; - Mediatsiya va arbitrajga tayyorgarlik; - Arbitraj muhokamasi asoslari; - Nizolarni hal qilishda samarali muzokaralar. 💬 Trening o‘zbek-ingliz tillarida sinxron tarjima bilan olib boriladi. Joylar soni cheklangan. 📄 Treningda ishtirok etish uchun 2024-yil 10-noyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tish lozim. Ro‘yxatdan o‘tish 🗓 Sana: 2024-yil 12\13-noyabr ⏳ Vaqt: 09:00-17:00 📞 Telefon: +998 71 239 03 27 ✔️ Kichik va o‘rta korxonalar vakillari, yuridik firmalar, faoliyat yuritayotgan mediatorlar hamda arbitrlarni biznes nizolari va kelishmovchiliklarni mediatsiya va arbitraj orqali samarali hal etish usullarini o‘rganishga taklif etamiz. #GraduateSchool#Startup#Master#Business 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube