Maudhui
🧠"Zamonaviy dizayn" kursida biznes savodxonligi va tadbirkorlik ko‘nikmalari 🏛 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Xalqaro inklyuziv hab hamkorligida “Zamonaviy dizayn” kursiga “Biznes savodxonligi” fani qo‘shimcha fakultativ dars sifatida kiritildi. ➕ Dasturda o‘quvchilar nafaqat ijodiy, balki tadbirkorlik va biznes ko‘nikmalarini ham o‘rganadilar. Ular biznes turlari, tashkiliy-huquqiy asoslar, soliq imtiyozlari, xarajatlarni tahlil qilish, tannarxni hisoblash, narxlarni shakllantirish va foydani baholash kabi muhim ko‘nikmalarni egallaydilar. Bu jarayonda Oliy biznes maktab professori D. Rasulova va malakali mutaxassis B. Ishmuxamedov kabi tajribali o‘qituvchilar o‘quvchilarga bilim va tajribalar ulashdilar. #GSBE#GraduateSchool#Class#Academic#Study 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube