TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #2987

@gsbe_uz

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

Mionekano2,450Idadi ya mionekano
Imechapishwa9 Feb09/02/2026, 09:52
Maudhui ya chapisho

Maudhui

⭐️ORIENTATIONDAY 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida 2025/2026 o‘quv yili qishki qabul magistratura tinglovchilari uchun tanishuv kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbir "Loyiha boshqaruvi", "Moliya" va "Raqamli iqtisodiyot" magistratura mutaxassisliklari kunduzgi ta’lim tinglovchilari uchun tashkil etildi. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktori o‘rinbosari M. Adilov tinglovchilarni qutlab, Oliy maktabning vazifalari va maqsadlari haqida so‘zlab berdi. Tadbirda kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va Oliy maktabning boshqa bo‘linmalari vakillari ishtirok etishdi. Ular tinglovchilarni o‘quv dasturlari, o‘quv jarayonining shakli va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida atroflicha tanishtirdilar. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Study#OrientationDay 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube