TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #3069

@gsbe_uz

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

Mionekano3,730Idadi ya mionekano
Imechapishwa4 Mac04/03/2026, 13:04
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Elektron tijorat bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi 🇺🇿Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Navoiy viloyati hududiy filiali hamda xalqaro marketpleys - Wildberries hamkorligida Navoiy shahrida tadbirkorlar, tadbirkorlikka qiziqishi bor aholi va yoshlar uchun “Elektron tijorat sohasida biznesni boshlash va yuritish. Wildberries platformasida savdoni yo‘lga qo‘yish” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarning asosiy maqsadi hududdagi tadbirkorlar va yoshlarga zamonaviy raqamli savdo platformalari orqali biznes yuritish imkoniyatlarini tushuntirish, ularni elektron tijoratga keng jalb etishdan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilarga marketpleyslarda faoliyat yuritish tartibi, elektron tijoratning huquqiy asoslari, soliq masalalari, logistika jarayonlari hamda talaba yoshlarga marketpleys menejeri kasbini egallash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Bugungi kunda onlayn savdo platformalari mahalliy ishlab chiqaruvchilar va hunarmandlar uchun nafaqat ichki bozor, balki xalqaro miqyosda ham o‘z mahsulotlarini sotish imkonini yaratmoqda. Bu esa hududiy tadbirkorlikni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar va platformada ilk qadamlarni boshlash yuzasidan amaliy maslahatlarga ega bo‘ldilar. Mazkur seminar Navoiy viloyatida elektron tijoratni ommalashtirish, yoshlar va aholining biznes ko‘nikmalarini oshirish hamda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim o‘rin tutadi. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Navoi#Ecommerce#Study 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube