TGINSIGHT CHAT
Uyg’onish
@uygonturon
IsimuAsliddin Kamolning yagona telegrami👉🏻@k_A_i_4 Boshqa barcha telegram sahifalar soxta.
Machapisho ya hivi karibuni
Uk. 18 kati ya 19 · machapisho 222
Imechapishwa 19 Feb
Trump Mirziyoyevni mening do’stim dedi. Albatta, kimdir senga 100 mlrd dollarini olib kelsa nafaqat do’stim, voy dodam deydi ba’zilar. Trump va Mirziyoyev munosabatlari shaxsan Trumpning va AQSH xalqining yutug’idir. Shu aloqalar sabab AQSHga 100 mlrd dollar kiryapti axir. Ular qancha xursand bo’lsa, qancha bayram qilsa arziydi. Lekin O’zbekistonliklarchi? Mirziyoyev xalqqa bu 100 mlrd dollar qayerdan ketayotganini hisobini bermaydimi? Qishda energiyadan uzilganlar, sovuqda tuni bilan metanda navbatini kutganlar, ortiqcha soliqlar va jarimalar hisobidanmi bu pullar? Yoki sotilgan lavozimlardan, sindirilgan bizneslardan, talangan tabiiy boyliklardan va boshqa korrupsion jinoyatlardan yig’ildimi bu pullar? Yo’q bu pullar halol, xalqni haqini yemay topganmiz deyishsa marhamat qilib qayerdan degan savolga javob berishsin?! @UygonTuron
Imechapishwa 18 Feb
Germaniyada ilk taroveh namozini bolalar bilan birga o’qidik. Demokratik davlatda Afg’onlar va Suriyalik muhojirlar ko’p keladigan masjid atrofida bitta ham politsiyachi yo’qligini ko’rib ajablandim. Hech bo’lmasa bolalarga mumkin emas deb turishsa kerak deya o’ylagandim. Xitoy ta’siri ostidagi Sharqiy Turkistonda uyg’ur bolalar masjidga qo’yilmayotgani, xitoy polislari tarovehga kelayotganlarni qattiq nazorat qilayotgani haqida yozishyapti. Aksar aholisi musulmon bo’lgan O’zbekistonda ahvol qanday? @UygonTuron
Imechapishwa 18 Feb
Xorazmda Al Xorazmiy haykali uchun soliq to’lovchilarning byudjetidan 25 mlrd so’m ajratilyapti. Shu pul ta’limga, bola puliga yoki nafaqaxo’rlarning nafaqalariga ajratilsa bo’lardimi? Bo’lardi. Lekin bu yerda asosiy maqsad haykal emas, haykal bahona byudjet pullarini talon-taroj qilish. Xalqqa bersa unda amaldorlar puldan quruq qoladi. Nazorat qiluvchilar yo’q ekan, parlamentda muxolifat bo’lmas ekan xalq pullari anashunday talon-taroj qilinaveradi. Bugun muxolifatdan aynan shu xalqni talayotganlar qo’rqyapti. @UygonTuron
Imechapishwa 17 Feb
Bu yigitni uyiga bugun Terrorizmga qarshi kurash bo’limini Gulmurodlari boradi. Tushuntirish (qo’rqitib qo’yish) ishlari o’tkaziladi. Avtoritar rejim undan qo’rqmaydigan, bo’ysunmaydigan, yangi bir avlod yetishib kelayotganini haliyam anglamayapti. Bugungi yoshlarda qo’rquv yo’q. Bu esa korrupsionerlardan tashkil topgan amaldagi avtoritar rejim uchun jiddiy xavfdir. P.s: Faqat bu bolaniyam firibgarlik va tovlamachilikda ayblab qamamanglar. Sizlardan bunday jinnilikni kutsa bo’ladi. @UygonTuron
Imechapishwa 16 Feb
Bular xalq boyliklarini o’marsa mayli. Xalqni boyligi qani deb so’raganlar esa “xoin, vatan dushmani, chet eldan pul oladi”. Xalq muxolifat atrofida birlashmas ekan xalqning haqini talab boyiyotgan kalamushlar to’xtamaydi. Muxolifatdan ana shular qo’rqadi. Muxolifat kelsa ana shu kalamushlarning kuni bitadi. Shuning uchun muxolifatga qarshi butun boshli trollari, quloqlari, sotqinlarini tashlashadi. @UygonTuron
Imechapishwa 16 Feb
https://www.youtube.com/live/FcQip2ED2vg?si=4bLd0-xSsmAqmQMq
Imechapishwa 15 Feb
Imechapishwa 15 Feb
Texnik muammolar sabab ovoz uzilishlari bo’layotgani uchun suhbatni boshqa vaqtga qoldiramiz va you tube bilan birgalikda avvalgidek tashkil qilamiz. @UygonTuron
Imechapishwa 15 Feb
Live stream finished (24 minutes)
Imechapishwa 15 Feb
Live stream started
Imechapishwa 15 Feb
O‘zbekistonda energetika inqirozi: Muammo sovuqda emas, tizimda. O‘zbekistonda energetika muammosi har yili takrorlanadi. Qishda gaz bosimi tushadi, elektr o‘chadi, yozda esa avariyalar ko‘payadi. Rasmiy izohlar doim bir xil: “ob-havo”, “texnik nosozlik”, “iste’mol oshib ketdi”. Ammo savol shuki - nega bu muammo tizimli ravishda takrorlanmoqda? Va bugun dunyoda faqat O‘zbekistonda bor bu muammo? Muammo sovuqda ham emas, aholining ko‘payganida ham emas. Muammo - eskirgan infratuzilma, korrupsiya, yopiq boshqaruv va monopol tizimda. 1. Eskirgan tarmoqlar va yo‘qotishlar O‘zbekiston elektr va gaz tarmoqlarining katta qismi sovet davrida qurilgan. Modernizatsiya yetarli darajada olib borilmagan. Natijada: • texnik yo‘qotishlar yuqori, • uzatish liniyalari tez-tez ishdan chiqadi, • rejalashtirilmagan o‘chishlar odatiy holga aylangan. Energetika - bu uzluksizlik tizimi. Agar investisiya va texnik yangilanish izchil bo‘lmasa, har bir sovuq mavsum inqirozga aylanadi. 2. Monopol boshqaruv va shaffoflik muammosi Energetika sektori amalda davlat monopoliyasi qo‘lida. Raqobat yo‘q, mustaqil nazorat yo‘q, real ochiqlik yetishmaydi. Tariflar oshiriladi, lekin xizmat sifati mos ravishda yaxshilanmaydi. Savol tug‘iladi: Tariflar ko‘tarilgach, bu mablag‘lar qayerga yo‘naltirilmoqda? Modernizatsiyaga qancha sarmoya kiritildi? Yo‘qotishlar necha foizga kamaydi? Ochiq va jamoatchilikka hisobot beradigan tizim bo‘lmasa, ishonch ham bo‘lmaydi. 3. Gaz eksporti va ichki taqchillik paradoksi O‘zbekiston energiya resurslariga boy davlat hisoblanadi. Shunga qaramay, ichki ta’minotda uzilishlar kuzatiladi. Bu esa rejalashtirish, prioritet va ichki balans siyosati bilan bog‘liq savollarni keltirib chiqaradi. Energetika siyosatining asosiy tamoyili oddiy bo‘lishi kerak: avvalo ichki ehtiyoj, keyin eksport. 4. Ijtimoiy oqibatlar Energetika muammosi - shunchaki texnik masala emas. Bu: • kichik biznesning to‘xtashi, • ishlab chiqarishning qisqarishi, • aholining qo‘shimcha xarajatlari, • ijtimoiy norozilikning kuchayishi demakdir. Elektr uzilishi - bu faqat chiroq o‘chishi emas. Bu iqtisodiy faollikning to‘xtashi. 5. Yechim nima? Muammoni hal qilish uchun: 1. Energetika infratuzilmasini real va keng ko‘lamli modernizatsiya qilish. 2. Tarif siyosatini shaffoflashtirish va har bir so‘m bo‘yicha ochiq hisobot berish. 3. Sektor ichiga raqobat elementlarini kiritish. 4. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini (quyosh, shamol) jadallashtirish. 5. Mustaqil regulyator va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. O‘zbekistonda energetika muammosi tabiiy emas - tizimli muammodir. Har yili “favqulodda” deb taqdim etilayotgan holat aslida rejalashtirish va boshqaruvdagi kamchiliklarning natijasidir. Energetika - davlatning asab tizimi. Agar u ishlamasa, butun organizm izdan chiqadi. Muammoni tan olish - zaiflik emas. Uni yashirish esa inqirozni chuqurlashtiradi. Muammoni gapirganlarni qamash, qo‘rqitish, ovozini o‘chirish yechim bo‘lolmaydi. Energetika barqaror bo‘lmaguncha, iqtisodiy barqarorlik haqida gapirish qiyin. Va bu masala ijtimoiy muammo emas - milliy xavfsizlik darajasidagi masaladir. Bugun Toshkent vaqti bilan 20:00 da ushbu mavzuda xalq bilan muloqot qilamiz. @UygonTuron
Imechapishwa 14 Feb
https://www.youtube.com/live/kTFGGgbiy5Q?si=FaJNQBbImDCa52wq