TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
Uyg’onish avatar

TGINSIGHT CHAT

Uyg’onish

@uygonturon

Isimu

Asliddin Kamolning yagona telegrami👉🏻@k_A_i_4 Boshqa barcha telegram sahifalar soxta.

Wanachama1,330Wanachama wa sasa
Machapisho222Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni12,330Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Uk. 10 kati ya 19 · machapisho 222

Imechapishwa 24 Mac

1,480 views

Imechapishwa 24 Mac

Hay’atda nega ko’rnamak Shoira Hasan menga tashlanganida boshqalar jim turganini sababini aqlimga sig’dirolmagandim. Bugungi debatda Hay’at a’zosi Isroiljon Xoldorov ko’plar qatori Shoira Hasandan 100 dollar olganini o’z og’zi bilan tan oldi. Eshitib yanada battar jirkandim bulardan. Biz nima maqsadda bu yo’lga chiqqandik? Shuncha bosimlar, shuncha hujumlarga qarshi kurashayotgan paytimizda bir chetda bekinib yotgan bu Hay’atda o’tirgan ba’zi ko’rnamaklar atigi 100 dollarga vijdonini sotgan ekan. Bu kunlaringdan o’lganlaring yaxshi sen sotqinlarni. @UygonTuron

1,410 views

Imechapishwa 24 Mac

Live stream finished (2 hours)

views

Imechapishwa 24 Mac

Live stream scheduled for Mar 24 at 17:00

views

Imechapishwa 24 Mac

Live stream started

views

Imechapishwa 24 Mac

Xullas markaz tuzdik deb laqillatayotgan tovuqxonalarini huquqiy egasi mana shu odam. Jahongir Muhammad bilan bu xayrli ishni boshlaganimizda shu xalq oydinlari bilan birgalikda xalqimizni bir ezgu maydonga birlashtirishni maqsad qilgandik. Biroq, arzimagan guruh logosini Hay’at ruxsatisiz o’zgartirding deb ishtonini boshiga kiygan Shoira Hasan sabab, o’zimiz bu ko’rnamaklarsiz alohida harakat boshlashni maqsad qilib, u joydan ketdik. Aslida BO’M biz bilan boshlanib, biz bilan tugagan edi. Bugun bu ayol Hay’atga ham, muxolifatgayam, xalqimizgayam aloqasi bo’lmagan qanaqadir Muhammad Hussain degan kimsaning nomiga markaz ochib, ana biz Asliddin qilolmagan ishni uddaladik deyishi odamni kulgusini keltiradi. Siyosatni s harfiniyam tushunmaydigan bu “Biznes women” tushunishi uchun uning tilida tushuntiraman. Biz katta korporratiya qurmoqchi edik. Ta’sischilar muxolifat vakillari bo’lishi va bu korporratsiya xalqimiz uchun xizmat qilishi kerak edi. Biznesmen opa esa korporratsiya deb YATT ochibdilar. Bu YATTni egasiyam xalqimizga begona odam. U istalgan payt bu YATT ni yopishi yoki faoliyatini yana o’zgartirishi mumkin. Hay’at bilan maslahatlashmasdan. Chunki qonuniy ega u. Birlashgan Muxolifatda esa saylov bo’lishi kerak edi? Nizomga ko’ra har yili rais saylanishi kerak edi? Qarorlarni Hay’at berishi kerak edi? Nizomga tupurib barchasini barbod qilgani uchun xalqni oldida hisob berish kerak emasmi endi? Arzimagan logotipni bahona qilib katta janjal chiqargan bu ayol butun mehnatlarimizni bir joyiga tiqib yuborganiga javob berishi kerak, menikini hadeb chaynayvermay! Eslatma! Men 8 yanvarda rais etib saylandim. 12 fevralda o’z xoxishim bilan ketdim. Kanalga kirib meni davrimdagi faoliyati bilan keyingi davrdagi faoliyatga qarab ham baho berish mumkin. Axmoq ham butun mehnatlarimizni bu ko’rnamaklar ketiga tiqqanini ko’rib, bilib turibdi. Ammo bu sharafsiz ko’rnamaklar shundayam xulosa qilib, xatosini tan olish o’rniga, barchasiga bizni aybdor qilishdan to’xtashmayapti. Bir soatdan keyin ko’rnamaklar bilan ochiq muloqot qilamiz. Kimni nima gapi bo’lsa kelsin, keyin yana orqadan osilib yurmasin. Betayinlarga vaqt ajratishga har kun ham vaqtim bo’lavermaydi. @UygonTuron

1,530 views

Imechapishwa 24 Mac

Ko’plab yurtdoshlar bu masxarabozlardan kanalni qaytarib oling deyishyapti. Ular lavfzida turmagani va umuman boshqa yo’ldan ketib, ko’rnamaklik qilgani uchun ham kanal va guruhlarni o’z egasiga qaytarishlari shart. O’zlari bemalol yangi kanal ochib, jamoalarini o’sha yerga o’tkazishlari mumkin. Ko’rnamaklarga bir hafta muxlat beraman. Yangi kanal ochib kanallarini reklama qilib, bir hafta ichida auditoriyalarini o’sha yerga ko’chirishlari mumkin. Xalqni ergashtira oladigan odamlar bundan aslo qo’rqmaydi. Bir hafta ichida kanalim va guruhim qaytarilmasa uni qanday bergan bo’lsam shunday olishni ham bilaman. Biroq, undan keyin o’sha jamoada parda ortida berkinib o’tirgan har bir ko’rnamakniyam elga tanitishni boshlayman. Va’da beraman, BO’Mni ichidan yemirgan bu ko’rnamaklarni xalqqa tanitishimda erkagu-ayol, yoshu-keksa ko’rnamaklarni hech biri e’tibordan chetda qolmaydi. Qilgan iflosliklaringiz uchun barchangiz hisob berasiz. @UygonTuron

1,350 views

Imechapishwa 24 Mac

Ko’rnamakka ming yaxshilik qilsangam baribir ko’rnamakligini qilarkan. Ular o’z kuchi bilan hech qachon erisholmaydigan, bunga aqli ham, saviyasi ham yetmaydigan lavozimingni berasan, maydonni berasan, kanal va guruhlaringni berasan. Lekin ko’rnamak shularniyam yuzxotir qilmas ekan. Shu paytgacha andisha qildik lekin bu ko’rnamaklar boshqacha tushundi. Bundan keyin ayash yo’q, andisha ham yo’q. @UygonTuron

1,280 views

Imechapishwa 24 Mac

Tovuqxonani bir kunda qursa bo’ladi. Mustahkam qal’a esa yillar davomida quriladi. Bizga ishongan millionlab yurtdoshlarimizni mustahkam qal’ada jamlash mumkin edi, tovuqxonada emas. Afsuski xalqning e’tibori va qo’llovini ko’rib, ilgari hech bunday e’tibor ko’rmagan hovliqmalar qal’a qurishga ko’p vaqt ketadi, biz shoshilishimiz kerak deya tovuqxona qurdilar. Ma’lumot uchun ular ro’yxatdan o’tkazgan NNT lardan 2024 yil ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekiston ichida 8240 ta shunday jamoat birlashmalari mavjud. Ya’ni bunday markazlarni hatto elchixonasi bo’lmagan uzoq Kanadadan emas, O’zbekiston ichidan ham ro’yxatdan o’tkazsa bo’lardi. Tovuqxona qurish uchun O’zbekistonda hech qanday ta’qiq yo’q. Ular, chetda muxolifat deb ro’yxatdan o’tkazib bo’lmas ekan deya bizni aybdor qilmoqchi bo’ldilar. Lekin nizomlari umuman boshqa yo’nalishda ekani, BO’M qabul qilgan nizom bu emasligini gapirmadilar. Hay’atimiz bor deydilar, vaholanki hujjatlarga qaralsa bu markazda atigi uchta ta’sischi va ularning hech biri jamoatchilikka tanish bo’lmagan, hatto o’zbekcha bo’lmagan ismlarni ko’rish mumkin. Bosh ta’sischi Ziyad Husseyn kim? Nega buni ommaga ochiqlashni istashmayapti? Bungayam biz aybdormizmi? Ular biz BO’Mni davom ettiramiz deb da’vo qilishganida men o’z kanal va guruhlarimni ularga hadya qildim. Yo’qsa bu bechoralar qanday qilib yangi kanal ochib odam to’play olardi? Shular qiynalmasin deb o’z kanalimni ularga qoldirdim. Biroq, yaxshilikni bilmaydigan, ichida marrazi to’lib ketgan bu hasadchi kimsalar mendan olgan o’z kanalimda meni va men hurmat qiladigan ustoz Jahongir Muhammadni qoralashdan nariga o’tisholmayapti. Ammo bu ham yaxshilikka, agar kanalimni bermaganimda ularning naqadar pastkash kimsalar ekanini jamoatchilikka qanday ko’rsatgan bo’lardim? Xullas, BO’M katta maqsadlar bilan boshlangan edi. Ammo uni saviyasi tovuqxona qurish darajasidagilar bilan davom ettirib bo’lmasligini tushunganimiz uchun tark etdik. Ha vaqtimiz oz edi, mustahkam qal’a qurishga ko’p vaqt ketardi. Ammo bizni boshqa choramiz yo’q edi. Bu qal’a poydevorlari aslida 90-yillarda qo’yilishi kerak edi. Ammo bizdan oldingilar qal’a qurish o’rniga bir-birlarini qoralash bilan vaqtni behuda o’tkazib yuborishdi. Shuning uchun qanchalar mashaqqatli va uzoq vaqt talab qilmasin, biz bugun ular boshlamagan ishlardan boshlashga majburmiz. Poydevori yo’q qal’ani fasadini boshlolmaymiz. Bugun, Toshkent vaqti bilan 22:00 da @UygonTuron da barcha andishalarni chetga surib, ochiq va qattiq gaplashamiz. @UygonTuron

1,270 views

Imechapishwa 23 Mac

Masalan mengayam shunday mazmundagi xabarlar judayam ko’p keladi. O’nlab shunga o’xshagan xabarlarni kanalga joylashim mumkin lekin buni o’zimga lozim ko’rmayman. Shu kungacha bular nima mag’zava ag’darsa indamadim, ahamiyat bermaslikka harakat qildim. Biroq, nima qilarini bilmay qolgan bu to’da o’zim ularga hadya qilgan kanal va guruhda ko’rnamaklarcha men va ustoz Jahongir Muhammadni yomonlashdan nariga o’tisholmayapti. Tasavvur qiling ko’chada qolgan bir to’da yalangoyoqlarni uyizga kiritib, ularga joy berasiz. Keyin bu yalangoyoqlar ko’rmaganni ko’rgani qursin qabilida sizni o’z uyizni ularga qoldirib ketishga majbur qoldiradi. E mayli, Alloh o’zi yo’limni ochadi deya ularga uyingizni qoldirib ketasiz. Biroq, bu uyga mehnati singmagan, beli og’rimagan yalangoyoqlar uyingizni maymunxonaga aylantirishadi. Oqibatda hamma u yerdan qochadi. Kundan-kunga atroflarida hech kim qolmaganini ko’rgan yalangayoqlar barchasiga yana sizni aybdor qilishni boshlashadi. BO’Mda qolganlar va men o’rtamizdagi voqealar ham shu qissaga o’xshaydi. Ko’plar e’tibor bermang bir kun charchashar deyishdi. Lekin farosatdan mosuvo bu odamlar hech menikiga osilishdan charchaydiganga o’xshamaydi. Bugun, Toshkent vaqti bilan 22:00 da, @UygonTuron telegram kanalimda chat ochaman. Kimni nima gapi bo’lsa bemalol kelib chatda o’zimga aytishi mumkin. Savollar bo’lsa ochiq javob beraman. Har xil tuxmatlariga ham asos topib berolsalar ochiq javob beraman. Qolaversa ularga ham mening savollarim bor. Man ochiq muloqotga tayyorman. Zora shundan keyin menikini chaynashni bas qilishsa. @UygonTuron

1,330 views

Imechapishwa 23 Mac

XVI asrda hokimiyat Shayboniylar emas, Boburiylar qo’lida qolganida bugun o’zbek degan nom bizga mutlaqo begona bo’lardi. Sizningcha, agar Shayboniylar bizning tuproqlarimizga kirib kelmaganida va hokimiyat Temuriylar qo’lida qolganida hozir millatimiz va mamlakatimiz nomi tahminan qanday bo’lardi? @UygonTuron

1,360 views

Imechapishwa 23 Mac

https://www.youtube.com/live/6kSwDYTbiak?is=JPvXnujCmLoaGEBn

1,320 views
12•••89101112•••1819