Son gönderiler
59. sayfa / 60 · 713 gönderi
Yayınlandı 11 Ağu
100 минг сўмлик банкнотанинг орқа томони. Банкнотнинг ўлчами 144 х 78 мм. бўлиб, махсус ҳимояланган қоғозда чоп этилган. Манба: #Xushnudbek Каналга уланиш: 👇 https://t.me/joinchat/AAAAAEI4RGyTCdrIc20jGA
Hashtags
Yayınlandı 11 Ağu
25 февралдан 100 минг сўмлик купюра муомалага чиқади! Ўзбекистон Республикаси Марказий банки 2019 йилнинг 25 февралдан бошлаб қиймати 100 000 сўм бўлган банкнот кўринишидаги янги пул белгиси муомалага чиқарилиши тўғрисида маълум қилади. Қиймати 100 000 сўм бўлган банкнотнинг мавзуси (тематикаси) буюк ўзбек олими Мирзо Улуғбек фаолияти ва унинг астрономия фанидаги ютуқларига бағишланган. Манба: #Xushnudbek Бизга кушилинг: 👇 https://t.me/joinchat/AAAAAEI4RGyTCdrIc20jGA
Hashtags
Yayınlandı 8 Ağu
2019-yil 15-avgustidan so‘ng, MTRK teledasturlarini raqamli televideniyening DVB-T2 standartida ko‘rish mumkin bo‘ladi. Eski (DVB-T) standartdagi tyuner va televizorlar ishlaydimi? Avvalo aytish kerakki, DVB-T2 standartida uzatilayotgan teledasturlarni eski — DVB-T standartidagi raqamli signallarni qabul qilishga moslashtirilgan televizor va tyuner qurilmalari qabul qila olmaydi. Hozir nodavlat («Mening Yurtim», «Milliy TV», «Uzreport TV», «Zo‘r TV», «Futbol TV», «Sevimli TV») telekanallari dasturlari O‘zbekiston hududlariga DVB-T2 standartida uzatilmoqda. Agarda televizoringiz ushbu nodavlat telekanallarini ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bilinki, sizda DVB-T2 standarti ishlayapti. Kelgusida ishga tushiriladigan yangi telekanallar ham DVB-T2 standartida uzatib beriladi. Teletomoshabinlar diqqatiga! Shu sababli, DVB-T standartida uzatilayotgan raqamli teledasturlarni ko‘rib kelayotgan yurtdoshlarimiz DVB-T2 standartini qo‘llovchi qurilmalarni (tyuner yoki zamonaviy rusumdagi televizor) o‘rnatishlari lozim bo‘ladi. Shundan so‘nggina yangidan-yangi ishga tushirilayotgan telekanallarni tomosha qilishingiz mumkin. Eski avlod televizorlari yoki DVB-T standartidagi signallarni qabul qilishga moslashtirilgan televizordan foydalanuvchilar DVB-T2 standartidagi raqamli tyuner qurilmasini ulagan holda qo‘shimcha telekanallarni ko‘rishlari mumkin. Tavsiya: Yangi televizor xarid qilayotganda, ushbu televizorda DVB-T2 standartida ishlaydigan tyuner bor-yo‘qligiga e’tibor qarating! Mahsulotning texnik tavsifida bu haqda batafsil axborot berilgan bo‘ladi. Bunday televizor raqamli televideniyega ulanish uchun ortiqcha qurilmalarni talab qilmaydi. Bugungi kunda mamlakatimiz va xorijda ishlab chiqarilayotgan aksariyat televizorlarda DVB-T2 standartida ishlaydigan tyunerlar mavjud. Eski rusumdagi televizorlardan foydalanuvchilar televizorga DVB-T2 standartidagi raqamli telesignallarni qabul qiluvchi tyuner va standart antennani o‘rnatgan holda raqamli teledasturlarni ko‘rishlari mumkin. Diqqat, yangilik! O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qaroriga asosan, 2019-yilning 1-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining yangi «O‘zbekiston tarixi» telekanali dasturlari efirga uzatila boshlanadi. «O‘zbekiston tarixi» telekanali dasturlari yuqori sifatli HD formatida hududlarga DVB-T standarti orqali uzatilishi yo‘lga qo‘yiladi. Keyinchalik ushbu DVB-T standartida ishlovchi teleuzatgichlar modernizatsiya qilinib, bosqichma-bosqich DVB-T2 standartiga o‘tkaziladi.
Yayınlandı 28 Tem
Kunlardan bir kuni Tomas Edison ismli bolakay maktabdan kelib onasiga ustoz berib yuborgan maktubni tutqazdi va “Buni o‘qituvchimiz sizga berib yubordi”, dedi. Ona maktubni o‘qir ekan, ko‘zlaridan yoshlar oqdi. Bundan xijolat yosh Tomas xavotirga tushib yig‘ining sababini so‘radi. Onasi mehribonlik ila javob berdi: “Sening kuchli qobiliyating bor ekan. Mana eshit: “O‘g‘lingiz o‘ta iqtidorli. Bizning maktab juda kichik va bunday aqlli bolani o‘qitish uchun o‘qituvchilarimiz yo‘q. Shuning uchun o‘g‘lingiz uyida ta’lim ola qolsin!”. Shunday qilib, Edison o‘z uyida onasidan ta’lim-tarbiya ola boshladi. Oradan yillar o‘tdi. Vaqti-soati yetib onasi vafot etdi. Onasining vafotidan keyin Edison (asrning eng buyuk ixtirochilardan biriga aylangan paytlarda) onasining narsalari turadigan javondan maktub topib oldi. Ancha yil o‘tgan bo‘lsa-da, maktubni darrov tanidi. Bu – o‘sha, maktabdagi ustozi yozib bergan maktub edi. Bir zum tarix og‘ushida qolgan Edison xatni o‘z ko‘zi bilan o‘qiy boshladi. Unda bunday deb yozilgan edi: “Sizning o‘g‘lingiz aqliy zaif. Boshqa bolalar bilan birgalikda uni o‘qita olmaymiz. Shuning uchun unga uyingizda ta’lim berishingizni tavsiya etamiz. Ertadan boshlab maktabga kelmasin!”. Edison ancha vaqtgacha yig‘isini to‘xtata olmadi. So‘ng xotiralar daftariga quyidagi so‘zlarni bitib quydi: “Tomas Alva Edison aqli zaif bolakay bo‘lgan. Faqatgina onasi sababli o‘z asrining buyuk daholaridan biriga aylangan.” Shu voqea oxirida albatta onalarga sharaflar deb yozish o‘rinli. Haqiqatdan ham, faqat onalarimiz bizni borimizcha qabul qiladilar, mehrini ayamaydilar va hamma narsani uddalashimizga ishonadilar. Lekin biz ham qanday ulug‘ kasb egasi ekanligizni unutmaylik, aziz ustozlar. O‘quvchimizning noyob, unikal tomonini ko‘rmay qolishimiz ham mumkin ekan. Bu bizning kamchilik hisoblanadi. Mayli husnixati go‘zal emasdir, harflarni bo‘g‘inlay olmas, balki e’tibor talab o‘quvchimiz boshqa qobiliyat egasidir. Balki chizgan rasmlari ajoyibdir, yoki mantiqiy va matematik masalalarni boshqa usullar yordamida ishlar yoki oddiy plastilin yordamida noyob haykallar yasay olar. E’tibor ila qarang! Quloq tuting! Bunday o‘quvchidan tezroq qutulay deb o‘ylamang! O‘quvchingiz o‘z vaqtining buyuk dahosiga aylanmasa ham, bugun uning qobiliyatini kerakli joyga yo‘naltirish uchun sizda imkoniyat bor. Ⓜ️anba: @muallimlar
Yayınlandı 27 Tem
#maslahat Matnlarni lotinchadan krillchaga, krillchadan lotinchaga oʻtkazish uchun turli xil kompyuter dasturlarini bilasiz, albatta. Telegram Messenjerida ham shunaqa ishni amalga oshirsa boʻladi. Buning uchun bizga @bexatobot yordam beradi. https://t.me/bexatobot Shunchaki ushbu botga kirib /start ni bosing. Soʻngra siz krillcha yozuv bilan matn joʻnatsangiz, sizning matningiz lotincha koʻrinishda javob tariqasida keladi. Xuddi rasmdagidek 🖼. Yoki aksincha. Yoki biror doʻstingizga xabar yozishingizda @bexatobot soʻzini va bitta boʻsh joy qoldiring, soʻng matnni yozing. Siz yozgan matningizni tarjima qilingan holati paydo boʻladi. Oʻsha matnga bosing va siz yozgan matn tarjima qilinib joʻnatiladi 👌 Ⓜ️anba: @texnoman 📲https://t.me/joinchat/AAAAAEzejDDkyafvnAuaHA
Hashtags
Yayınlandı 10 Tem
#android Android haqida qiziqarli 10 ta fakt 1. Google Androidni yaratmagan, ular 2005-yilda kompaniyani sotib olishgan. 2. Android dastlab raqamli kameralar uchun operatsion tizim sifatida yaratilgan. 3. Linux-Source operatsion tizimining ochiq manbaiga asoslangan. 4. Dunyo smartfonlar bozorining 88% nazorat qiladi. 5. Samsung 2004-yil oxirida Androidni sotib olish imkoniga ega bo'lgan, ammo ularda imkoniyatni ko'rmaganligi uchun imkoniyatda foydalanmagan. 6. 2007-yilda Android ochilganda, Nokia "biz uni tahdid deb bilmaymiz" degan bayonot berdi. 7. "Android" so'zi faqat erkak robotga tegishli bo'lsa, ayol robot "Gynoid" deb ataladi. 8. Android 1.0 va 1.1 versiyalaridan tashqari barcha boshqa Android versiyalari shirin taomlar yoki shirinliklar nomi bilan nomlangan. 9.Android versiyalari alifbo tartibida berilgan. 10.Quyida turli xil Android versiyalarining nomlari keltirilgan: Android - Android 1.0 Petit Four - Android 1.1 Cupcake - Android 1.5 Donut - Android 1.6 Eclair - Android 2.0 Froyo - Android 2.2 Gingerbread - Android 2.3 Honeycomb - Android 3.0 Ice Cream Sandwich - Android 4.0 Jelly Bean - Android 4.1 - 4.3.1 KitKat - Android 4.4 - 4.4.4 Lollipop - Android 5.0 - 5.1.1 Marshmallow - Android 6.0 - 6.0.1 Nougat - Android 7.0 - 7.1 Oreo - Android 8.0 - 8.1 Pie - Android 9.0 Q - Android 10.0 beta Ⓜ️@PdpUzOfficial 📲https://t.me/joinchat/AAAAAEzejDDkyafvnAuaHA
Hashtags
Yayınlandı 20 May
Kompyuter xotirasi o'lchov birliklari: 1 Bit = Binary Digit (eng kichik) 8 Bit = 1 Bayt 1024 Bayt = 1 KB (kilo bayt) 1024 KB = 1 MB (mega bayt) 1024 MB = 1 GB (giga bayt) 1024 GB = 1 TB (terra bayt) 1024 TB = 1 PB (peta bayt) 1024 PB = 1 EB (ekza bayt) 1024 EB = 1 ZB (zetta bayt) 1024 ZB = 1 YB (yotta bayt) 1024 YB = 1 Bronto Bayt 1024 Bronto Bayt = 1 Geop Bayt Geop Bayt - eng yuqori xotiradir
Yayınlandı 1 Nis
Php dasturlash tili yuqori darajali web-dasturlash tili hisoblanadi. Bu web-dasturlash tilining fayllari .php kengaytmaga ega bo’ladi. HTML dasturlash tilida yozgan .html kengaytmali web sahifangizni ochib ko’rsangiz, ochgan brouzerningizda yozgan kodlaringizni Davomini o'qish
Yayınlandı 1 Nis
Pascal dasturlash muhiti turli xil firmalar tomonidan ishlab chiqilgan. Pascalning eng keng tarqalgan versiyasi bu Borland Pascal 7.0 hisoblanadi va uning rasmi quyidagicha: Pascal dasturlash tili ko’plab dasturlash tillarining asosi hisoblanadi Davomini o'qish ...
Yayınlandı 25 Ara
Yayınlandı 30 Kas
En-Uz
Yayınlandı 30 Kas