最近帖子
第 5/12 页 · 共 138 条
发布 10月11日
✨Utopia brendidan yangilik kutayotganlar bormi?👀
发布 10月11日
发布 10月9日
Behruz Homidov | FB pinned «Telefonim zaryad olguncha bir-ikki narsa haqida yozmoqchiman kanalga) 💻 - Blog yuritishni nimaga to`xtatmoqchi edim? Sababi oddiy, bu ishdan shuncha vaqt sarflab moliyaviy tomondan foyda ololmaganim. To`g`ri blogni boshlashimdan oldin ham foydani ko`zlamagan…»
发布 10月9日
📌Sentabr - manda qanday o’tdi? 1. Frilenserlikda intensiv ishlashni boshladim. • Ko’p proektlarda ishlashni boshladim. Ajoyib insonlar bilan networking🔥 Qilinadigan ishlar ko’pligidan uxlashga vaqt ajratish ham amrimahol bo’lib qoldi. Hozirgacha har kunim stressda o’tyapti desam ham bo’ladi😵💫. Lekin, asosiysi qiladigan ishim bor, zerikishga va bekorchilikka vaqt yo’q(shukur). - Shu yil yakunigacha qilishim kerak bo’lgan maqsadlarim bor shuning uchun ko’proq e’tiborim ishga qaratilgan hozir) 2. O’qish boshlanishi🤯 • @uzjmcu - universitetida 2-kurs “Mediadizayn” fakultetida o’qiyman. Shu yil 2-smenaga tushibmiz🤦♂️ Shu sababli kunimning katta va produktiv qismi universitetda o’tib ketadi. (Lekin hozirgacha ko’p dars qoldirdim) 3. Va nihoyat, trenirovka boshladim🥳😂 • Ancha yillardan buyon dushanbadan* trenirovkani boshlamoqchi bo’lib yurgan edim. Sentabr oxirida bu ishni uddaladim. Nasib bo’lsa davomli shug’ullanaman deb turibman)💪 Oktabr haqida esa oy yakunida)
发布 10月9日
Blog-post yozishga qiziqaman)) ayrim mavzularda o`zimni fikrlarimni shunaqa ko`rinishda yozib turmoqchiman nima deysiz shunga? Reaksiya qoldirish bilan fikrizni bildirsangiz bo`ladi))
发布 10月9日
Telefonim zaryad olguncha bir-ikki narsa haqida yozmoqchiman kanalga) 💻 - Blog yuritishni nimaga to`xtatmoqchi edim? Sababi oddiy, bu ishdan shuncha vaqt sarflab moliyaviy tomondan foyda ololmaganim. To`g`ri blogni boshlashimdan oldin ham foydani ko`zlamagan edim, lekin ko`p vaqt va mablag` ketkazildi bu proektga va bu jarayonni ortiq davom ettirolmasligimni tushundim. Sentabrdan boshlab esa o`zimni avvalgi va doimiy ishim(freelance)ga ko`proq vaqt ajratishni boshladim. - Ham ishimni qilib ham blog yuritishni hobbi sifatida, kamroq kontent chiqarib ham davom ettirsam bo`ladimi? Bu haqida juda ko`p o`yladim, lekin Universitetda o`qish boshlangani va darslarim tushlikdan keyinga ya`ni soat 13-18:00 oralig`ida qo`yilganligi vaqt bilan bog`liq muammolarni keltirib chiqardi. - Bir tanishim tushuntirdi... Blogimni davom ettiramanmi yoki yo`q - bu narsa hech kimga qiziq emas! Who cares? Nobody cares. Mani blogimni kuzatmasdanam odamlarni hayoti davom etaveradi, xuddi avvalgidek. Qanaqa qarorga kelsam ham o`zim uchun qilgan bo`laman - Lekin! Bir voqea blogni davom ettirishimni asosiy sababi bo`ldi. Bir kun Milliy bog`dagi "Pizzario" deb nomlangan kafeda kofe ichgani kirgan edik. Uyerdagi ofitsant hammaga juda zo`r servis ko`rsatayotgan edi. Chiqib ketishdan oldin hisobni so`rashga borganimda, ofitsant mani tanib qoldi va "omad ishlarizga, yangi videolarni kutib qolaman" degan gapni aytdi. O`sha vaqtda boshqacha emotsiya xis qildim)) Ha bunaqa voqeadan 2-3 marta bo`ldi hozirgacha. Va manashu narsani yana xis qilishni xohlaganim uchun blogni davom ettirishga qaror qildim! Masalan: Siz ham ushbu telegram kanalga aynan shu blog orqasidan qo`shilgansiz. Xudo xohlasa telegram kanalda ham instagramda ham kontent qilishda davom etaman! Sizdan esa har doimgidek qo`llab-quvvatlash so`rayman, ko`proq odamga yetib borishi uchun)) Chunki O`zbekistonda GRWM kontentni o`zbek tilida yuritayotgan faqat o`zim ekanman😁 Ishonch bildirib, kuzatayotganingiz uchun rahmat!✨
发布 8月27日
Kecha rasm tashlashgan edi Shunaqa narsani xohlagan edim, kimningdir egnida chiqargan mahsulotlarimizni ko’rishni)) 📍KFC, Chilonzor
发布 8月21日
Viloyatlarga BTS orqali yetkazib berishni boshladik🫡 Toshkent shahri bo’ylab esa o’zim yetkazib beryapman)) Buyurtma qilishga ulgurib qoling: @utopia_wearuz
发布 8月19日
Kepka “Retro” •Limited - 24 Razmer : Standart | Unisex Made in China + stickerpack bonus •buyurtma berish uchun @utopia_wearuz
发布 8月19日
Futbolka “intro-White” •Limited - 24 Razmer : M, L, XL Oversize | Unisex 100% cotton, Made in China + stickerpack bonus •buyurtma berish uchun @utopia_wearuz
发布 8月19日
Futbolka “washed Black” •Limited - 24 Razmer : M, L, XL Oversize | Unisex 100% cotton, Made in China + stickerpack bonus •buyurtma berish uchun @utopia_wearuz
发布 8月19日
Bizda hamma narsalar limited edition bo’ladi bundan keyin ham 24 donadan chiqadi. •Oq va washed-Black futbolkalarimiz 24 donadan sotuvga chiqarilgan! Ya’ni har bir razmerdan(M,L,XL) atiga 8 donadan✅ •Kepka razmeri standart u ham 24 donasi sotuvda bor • Sifat - Xitoydan bekorga olib keltirmadik, bojxonada ortiqcha summa to’lab shunchaki olib kirmadik. Mani o’zim sifatli narsalarni olib chiqishga harakat qilaman blogimda. Shuning uchun bemalol ishonch bilan xarid qilsangiz bo’ladi💯 • Man prosta futbolka-kepka sotmoqchi emasman! xarid qilganlar bilan birgalikda community quramiz. Keyingi droplarda nimalar chiqishini, qanaqa dizaynda chiqishini birgalikda hal qilamiz. Siz faqat mahsulotlarga pul to’lamaysiz! Qiziqarli processlar bo’ladi shulardan ham xabardor bo’lib borasiz!