TGINSIGHT CHAT
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
@HashtagUz
科技⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸instagram.com/hashtaguz 🤪tiktok.com/@hashtaguz 🎬youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!
最近帖子
第 4/84 页 · 共 1,006 条
🍏 iPhone 18 Pro’da Dynamic Island mana shunaqa kichrayarkan ➡️#apple | Birinchi IT-Blog
Hashtags
📱 Telegram’da xabarlarga o‘rnatilgan AI tahrirlovchi qo‘shiladi 📝 AI Editor funksiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar yozish oynasiga integratsiya qilinadi va alohida bo‘limlarga o‘tmasdan matnni qayta ishlash imkonini beradi. Tahrirlovchi uchta rejimni qo‘llab-quvvatlaydi: — xabarlarni tarjima qilish — matnni kerakli uslubga moslashtirish — xatolarni avtomatik tuzatish 🙂 Shuningdek, Emojify funksiyasi ham sinovdan o‘tkazilmoqda — u avtomatik tarzda emojilarni qo‘shib beradi. Ba’zi funksiyalar bepul bo‘ladi, kengaytirilgan imkoniyatlar esa Premium foydalanuvchilarga taqdim etiladi. ⬇️ Yangilanishda reaksiya va so‘rov indikatorlari ham yangilandi, shuningdek qurilma xotirasidan profilga musiqa yuklash imkoniyati qo‘shildi. ➡️#telegram | Birinchi IT-Blog
Hashtags
📱Samsung Galaxy Z Fold8 Wide’ning ilk ko‘rinishi 🆚 Insayder OnLeaks Galaxy Z Fold8 Wide’ning CAD-renderlarini e’lon qildi — bu bukiladigan smartfon yaqinlashib kelayotgan iPhone Fold ga javob bo‘lishi kutilmoqda. ℹ️ Qurilma tashqi ko‘rinishda Samsung Galaxy S25 Edge ga o‘xshaydi, lekin kamerasi sabab stol ustida biroz qiyshayib turishi mumkin. Yakuniy versiyada mayda detallar (tugma, ramka va boshqalar) biroz o‘zgarishi ehtimoli bor. ⚙️ Texnik jihatdan deyarli yangilik yo‘q — Snapdragon 8 Elite Gen 5 for Galaxy, 5000 mAh batareya va 45 W zaryadlash, ya’ni oddiy Fold8 bilan bir xil. ➡️#samsung | Birinchi IT-Blog
Hashtags
🤢 Gap mana shunaqa Sora'da generatsiya qilingan g'alati videolar haqida edi... ➡️#openai#sora | Birinchi IT-Blog
📹 OpenAI Sora — video generatsiya qiluvchi AI bilan xayrlashdi, loyiha yopilmoqda. ☺️ Internetdagi “neyrochiqindi” biroz kamayadi, xayriyat... ➡️#openai#sora | Birinchi IT-Blog
🇺🇿 Prezidentimiz bugun Yangi Toshkentdagi qurilayotgan eng katta stadion bilan tanishdilar 📱 Ko'pchilikka qiziq bo'lgan holat: yurtboshimiz Apple kompaniyasining iPhone Air smartfonini ishlatishlari ma'lum bo'ldi. ➡️#prezident#apple | Birinchi IT-Blog
Hashtags
发布 3月24日
Yandex'da AI agentlar qanday yaratilishi bilan tanishing! Yandex School of Data Analysis intensivi 2026-yil 6-10-aprelda onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Agents Week – bu onlayn video taqdimotlar seriyasi boʻlib, unda Yandex amaliyotchi ekspertlari zamonaviy AI agentlarni qanday loyihalashtirish va ularni toʻliq production-yechim darajasiga olib chiqish haqida soʻzlab beradi. Translatsiyani barcha ro‘yxatdan o‘tganlar ko‘rishi mumkin, sertifikat esa tanlovdan o‘tib, yakuniy vazifani bajaradiganlarga beriladi. Intensivda ishtirok etish bepul, roʻyxatdan oʻtish 9-aprelgacha – havola orqali. Diskleymer: Yandex va “Yandex ta’lim texnologiyalari” ANO DPO “Yandex School of Data Analysis tomonidan intensiv” loyihasi doirasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatmaydi. Reklama ➡️ #yandex | Birinchi IT-Blog
🍏Apple WWDC 2026’ni e’lon qildi — iOS 27 8-iyun kuni taqdim etiladi ✅ 37-yillik dasturchilar konferensiyasi 8–12 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Tadbir davomida quyidagi yangilanishlar kutilmoqda: * iOS 27 * macOS 27 * tvOS 27 * watchOS 27 * shuningdek, visionOS 27 va boshqa yangiliklar 🌐 Tadbir butun dunyo bo‘ylab onlayn translyatsiya qilinadi. Translyatsiya Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. ➡️#apple | Birinchi IT-Blog
Hashtags
💻 Qandaydir bir daho vvindows.com domenini sotib olib, saytga faqat bitta yozuv qo‘ygan: “Sen domen nomini noto‘g‘ri yozding, tentak!” 😁 Zo‘r investitsiya... ➡️#kayfiyat | Birinchi IT-Blog
Hashtags
🎮 Geymerlar va strimerlar 24/7 kiysa bo'ladigan kiyim yaratildi 🇯🇵 Yaponiyada geymerlar uchun maxsus kostyum ishlab chiqildi — ishlab chiqaruvchilarga ko‘ra, uni kun-u tun yechmasdan kiyish mumkin. Kostyum ichida na issiq, na sovuq bo‘ladi. Unda konsol, telefon va controllerlar uchun ko‘plab cho‘ntaklar mavjud. 🚽 Eng noodatiy jihati — maxsus teshik qo‘shilgan, shuning uchun kiyimni yechmasdan ham hojatga borish mumkin. 💴 Ushbu “geymer orzusi”ning narxi ¥9 880 (taxminan $58) deb baholanmoqda. 📱Videosini ko'rish. ➡️#texnologiya | Birinchi IT-Blog
Hashtags
⚡️Telegram bir sutkada 114 348 ta guruh va kanalni o‘chirdi — bu 10-martdan beri eng yuqori ko‘rsatkich. 📅 Mart oyining dastlabki 18 kunida platformada jami 1 547 231 ta hamjamiyatga kirish cheklangan, shundan 9439 tasi terrorizm bilan bog‘liq bo‘lgan. ⛔️ Umuman olganda, 2026-yil boshidan beri bloklangan hamjamiyatlar soni 10 186 435 taga yetdi, jumladan 41 619 ta terroristik yo‘nalishdagi kanal mavjud. 👀 Ro'yxatda sizning ham kanallaringiz yo'qmidi ishqilib? ➡️#telegram | Birinchi IT-Blog
Hashtags
💺Turgan holatda o'tirish uchun stul? 🧠 Xitoylik ishlab chiquvchilar turli holatda ishlashga moslashgan noodatiy stul yaratdi. Unda o‘tirib, yarim tik turib yoki oldinga egilib ham ishlash mumkin. 🔄 Asosiy “feature” — maxsus suyanchiq: u bir vaqtning o‘zida qo‘l uchun tayanch ham, turib ishlaganda suyanadigan opora ham bo‘lib xizmat qiladi. Natijada bu stul stul + ish stendi + mini trenajyor vazifasini bajaradi. 🦶 Barqarorlik uchun pastki qismiga sirpanishga qarshi platforma qo‘shilgan, shunda foydalanuvchi muvozanatini yo‘qotmaydi. 💵 Qurilmaning narxi $237 atrofida. ➡️#texnologiya | Birinchi IT-Blog
Hashtags