TGINSIGHT CHAT
Co-Learning Center
@colearninguz
教育𝗖𝗼-𝗟𝗲𝗮𝗿𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗖𝗲𝗻𝘁𝗲𝗿 💻 Grant asosidagi zamonaviy IT ta'lim 💡 Real loyihalar bilan ishlash imkoniyati 🎓 Tadbirlar uchun maydon 📍 Manzil: INHA universiteti, 1-qavat, 103-xona ☎️ +998900073306
最近帖子
第 16/29 页 · 共 343 条
发布 4月1日
Xayr va baraka oyi — Ramazon muborak! 😊 Ushbu Ramazon oyida sizga va yaqinlaringizga duolar ijobati, gunohlar mag'firati hamda ikki dunyo saodatini tilab qolamiz! Yaxshi kayfiyat va taqvo hamrohingiz bo'lsin. @colearninguz
发布 3月31日
Faqat to'g'risini ayting 😉 🚀 Dasturlash olami bir-biridan qiziqarli narsalarni o'ziga jamlagan. Shuningdek ushbu soha vakillari turli yo'nalishlarda ijod qilishmoqda. 👀 Lekin, ijod qilish davomida boshqa ishlardan ilhom olgan yoki to'g'ridan-to'g'ri ko'chirib ishlarni yakunlab topshiradiganlar ham yo'q emas. Siz dasturlash sohasining qaysi vakilisiz? Balki biz taqdim etgan 4-turiga ham kirarsiz? 😌 Mayli ko'zingizni yumingda izohlarda qanday dasturchi ekanligingizni yozib qoldiring. @colearninguz
发布 3月28日
🚀Frontend bo'yicha bepul 3 kunlik intensiv kursgastart beramiz Agar siz frontend dasturlashga qiziqsangiz va u orqali tajriba orttirmoqchi bo'lsangiz kursimizda sizni kutib qolamiz. 🤩 Kursda qatnashish uchun sizda HTML, CSS, JavaScript, VueJs texnologiyalardan fundamental bilimlaringiz bo'lishi talab etiladi. 3 kunlik Intensivni 2 yillik tajribaga ega frontend dasturchi Elzodxon Sharofaddinov olib boradi. 🔥 Kurs davomida Quiz Application dasturini ishlab chiqamiz. Ushbu dasturni tuzish davomida kerakli texnologiyalar, yangi tendensiyalar va savollarga javoblar berib bilimlarimizni oshiramiz. Kurs mutlaqo bepul va kun bo'yi 3 kun(7-8-9 aprel) davom etadi. Ushbu havola orqali ro'yxatdan o'ting:https://bit.ly/3JJkTdw @colearninguz
发布 3月25日
🤓Frontend'chiman desa ishonavermang Aksariyat yosh frontend dasturchilar tajriba muhim ekanligini unutib, sohaning kerakli texnogiyalarni o'rganmasdan ishni boshlab yuborishmoqda. 🙅🏻♂️ Biz esa bunday yo'lni tanlashni maslahat bermaymiz. HTML, CSS, Bootsrap dan tashqari Javascript, VueJS dasturlash tillarini ham mukammal o'rganishingiz kerak. 😉 Javascript, VueJS bo'yicha yetarli bilimlarga ega emasmisiz? Havotrga o'rin yo'q, tez kunda bizda yangilik bor. @colearninguz
发布 3月24日
🤔 Qaysi dasturlash yo'nalishini tanlash kerak? Hozirgi kunda dasturlash sohasida Javascript, VueJS, NuxtJs, Python, Django va boshqa ko'plab texnologiyalarga talab kuchli. 🔥 Barcha dasturlash tillari har xil strukturaga ega. Hozirda eng ommalashayotgan, talab kuchli bo'lgan dasturlash yo'nalishlarini o'rganish esa ayni muddao. 🚀 Karusel postimiz orqali O'zbekistonda talab oshayotgan veb dasturlash yo'nalishlarini va ularga belgilangan oylik maoshlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. *Oylik maoshlar hh.uz va jobhunt.uz saytidan olindi. Veb dasturlash bo’yicha yangi bilimlar egallashni istaysizmi? Bizni kuzatishda davom eting, siz uchun ajoyib yangilik tayyorlab qo’yganmiz. @colearninguz
发布 3月21日
🌸 Navro’z bayrami muborak bo'lsin! 21-mart - yurtimizda barcha fasllar kelinchagi bo'lmish bahorning yangilanish bayrami. Azaldan Navro‘z xalqimizning eng qadimiy va asl milliy bayrami bo'lib kelgan. 😊 Co-Learning Center jamoasi bunday ajoyib kunda sizlarga yuksak muvaffaqiyatlar, samimiyat va qalb uyg‘unligini tilab qoladi! Uyingizdan tinchlik va oilangizdan baxt-saodat arimasin! Kirib kelgan Navro‘zi olam muborak bo‘lsin! @colearninguz
发布 3月18日
🤔LinkedIn haqidabilasizmi? Biror bir insondan foydali ijtimoiy tarmoqlar haqida bilasizmi desak, xa albatta: Telegram, Instagram, TikTok'lar deya aytishi bu tabiiy holat. 👀 Aslida bundan tashqari LinkedIn ham bor. LinkedIndan to'g'ri foydalanish natijasida siz karyera qilish va ishga joylashish kabi imkoniyatlarga ega bo'lasiz. Shu platformada ishlashni tez orada biz tashkil etayotgan yangi kursda o'rganishingiz mumkin 😊 @colearninguz
发布 3月15日
😶🌫️ Kechdan ko'ra, hech emas — deadline sizga nega muhimligi haqida ⏰ Ishlar o'z vaqtida sifatli bajarilishida deadline ya'ni biror bir ishga berilgan muddatnining o'rni muhimdir. Sizga ish uchun ma'lum bir vaqt belgilab berildimi? Demak, siz o'sha vaqtgacha ishni to'liq topshirishingiz kerak. 😶 Deadline'ga amal qilmasangiz ham bo'ladi, faqatgina ... bunday gap noto'g'ri. Deadline'ga rioya qilib uni nazorat qilish to'g'ri menejmentni bildiradi. Loyihalar boshqaruvida esa bu juda muhim. Loyiha boshqaruvi (project management, PM) — yarim rahbarlik degani bo'lib, IT va boshqa sohalarda loyihani rejalashtirishdan tortib uni amalga oshirishgacha bo'lgan jarayonni o'z ichiga oladi. Tez kunda loyiha boshqaruvi bo'yicha bilimingizni biz bilan yaxshilash imkoniyati bo'ladi 😉 🙃 Siz ishingizda deadline'ga amal qilasizmi? @colearninguz
发布 3月9日
💡SMM yordamida siz qanday foyda ko'rasiz? Har bir soha insonlarga turli xil foyda ko'rsatgani kabi, hozirda eng TOP sohalardan biri bo'lgan SMM ham bundan mustasno emas. Batafsil posterimizda ko'rishingiz mumkin. 😉 Kuzatuvchilarimiz postimiz orqali ijtimoiy tarmoqlarda marketing yuritishni foydasi bor ekanini tushungan bo'lsa, ushbu ma'lumotni do'stlaringizga ulashishni unutmang. 📝 Agar siz ham ushbu sohaga qiziqsangiz yoki shu soha vakili bo'lsangiz SMM orqali yana qanday foyda ko'rishni izohlarda yozib qoldirishni unutmang. @colearninguz
发布 3月8日
🥳Co-Learning Center jamoasi barcha ayollarni 8-mart bilan tabriklaydi! 😊 Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo’lsin! Yurtimizning go’zal ayollari, chehrangizni tabassum va samimiylik tark etmasin. Barcha ezgu orzularingizni amalga oshishida tilakdoshmiz. ❤️Unutmang, sizga doim shunday kulib yurish yarashadi. @colearninguz
发布 2月21日
⚙️ Ushbu instrumentlar saytni koʻproq foydalanuvchilar koʻrishiga, ularni tahlil qilishga hamda faol ravishda kalit soʻzlardan foydalanishga yordam beradi. 🤓 SEO haqida to'liqroq ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz: https://t.me/colearninguz/247 @colearninguz
发布 2月10日
🤩Shov-shuvga aylangan rebrendinglar Rebrending - bu tashkilot korporativ imidjini o'zgartirish jarayoni. Rebrending brend uchun bozorda raqobatchilardan farqli o‘ziga xoslikni yaratishdir. Ushbu jarayonda brendning nomi, logotipi yoki dizayni o'zgartiriladi. Quyida 2021-yilda rebrendingga qo'l urgan taniqli mahalliy kompaniyalar: 🛒Korzinka savdo tarmog‘ining rebrendingi kompaniya 25 yilligiga to‘g‘ri keldi. Taktik strategiyasi, maqsadi, logotipi – hammasi o‘zgardi, hatto nomidagi "uz" so'zini ham olib tashladi. 🍀Agrobank ham rebrending qildi. Yangi logotip yaratildi, rasmning yangi elementlari, mijozlarga xizmat ko'rsatish zalining yangi ko'rinishi, veb-sayti, mobil ilova, qo'shimcha elementlar va individual shriftlar to'liq o'zgartirildi. 📬O'zbekiston pochtasi rebrendingning bir qismi sifatida logotipini, ranglar palitrasini va nomini UzPost'ga o'zgartirdi. Nima deb o'ylaysiz, kompaniya muvaffaqiyatga erishishida rebrending qanchalik samarali yo'l bo'ladi? @colearninguz