TGINSIGHT CHAT
Co-Learning Center
@colearninguz
教育𝗖𝗼-𝗟𝗲𝗮𝗿𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗖𝗲𝗻𝘁𝗲𝗿 💻 Grant asosidagi zamonaviy IT ta'lim 💡 Real loyihalar bilan ishlash imkoniyati 🎓 Tadbirlar uchun maydon 📍 Manzil: INHA universiteti, 1-qavat, 103-xona ☎️ +998900073306
最近帖子
第 23/29 页 · 共 343 条
发布 5月28日
Telegram bot yasashni xohlaysizmi? U holda shoshiling! 🚀 🤩100 ga yaqin loyihalar ishtirokchisi; Fullstack dasturchi; Adrenalin-odam — Shakhzod Kudratovdan aktual bot yaratish sirlarini suv qilib ichib yuborish imkoniyati! 🤖3 kun davom etadigan bepul intensiv kursimizda ishtirok eting. Roʻyxatdan oʻtish muhlati (tanish-bilishlar uchun ham): 05.06.2021. Bu yerda roʻyxatdan oʻtasiz — http://bit.ly/tgbotCLC @colearninguz
发布 5月25日
Stiv Jobsdan muvaffaqiyatga eltuvchi 5 maslahat 🔸 Stiv Jobs — Apple va Pixar korporatsiyalarining asoschisi, iqtidorli muhandis va ajoyib tadbirkor. 🔹 Jobs xar doim boshqalardan farqli, alohida qarashga ega edi, bu unga ajoyib muvaffaqiyatlarga erishishda yordam berdi. Dunyo Stiv tufayli yanada takomillashdi. 🔸 Ushbu rasmlarda oʻzimiz ham jamoamiz bilan amal qiladigan maslahatlarini keltirib oʻtamiz. @colearninguz
发布 5月19日
🧐Kursimiz bitiruvchilari nimalar bilan band? Co-Learning Center “Grafik dizayn” kursi bitiruvchilari ayni kunda turli joylarda oʻz bilimlarini amalda qoʻllashmoqda. “Project Managers” loyihalar boshqaruv kompaniyasida bir muddat amaliyot oʻtagan Islombek Nurmuhammadov dizaynning UI/UX yoʻnalishini tanlashga qaror qildi. 👍 U hozirda MyTaxiʼda UI/UX dizayneri sifatida faoliyat yurityapti. Eʼtiboringizga Islombek bilan boʻlgan intervyuni taqdim etamiz. 🖊 Sizga grafik dizaynning qaysi yo'nalishi ko'proq yoqadi? Izohlarda yozib qoldiring. @colearninguz
发布 5月12日
🌙 Ramazon Hayiti muborak azizlar! Oilangizga farovonlik, rizqingizga baraka doimo yor boʻlsin! Tutgan roʻzalaringiz mukammal tutilgan roʻzalar qatorida boʻlishi nasib qilsin. Ming oylardan muqaddas Mohi Ramazon muborak boʻlsin! Bayramni shodlik, xursandchilikda xayrli oʻtkazishingizni tilab qolamiz! 😊 @colearninguz
发布 5月10日
Apple Car qachon chiqadi? 📣 Apple va KIA kompaniyalari AppleCar ishlab chiqarish to'g'risida muzokaralar olib borishmoqda. 🍎 Apple yangi elektromobillarni o'z brendi ostida ishlab chiqarish tarafdori. 📆 Yangi Apple elektromobillari yaqin 5-7 yil ichida sotuvga chiqishi ko'zlanmoqda. Birinchi elekromobil sotuvlari korporativ segmentga qaratiladi. Bizning jamoa Apple mahsulotlari muxlisi, Apple Car olish ham yomon reja emas. Nima dedingiz? 🤔 @colearninguz
发布 5月8日
🎬Okay Google: “eng zo’r motivatsion film…” deb izlaganizda, sizga bir nechta filmlar ko’rsatiladi, lekin siz qaysi birini tanlashni bilmaysiz. 🤔 Co-Learning Center esa sizga 3 ta tushunchaga boy bo’lgan va dunyo-qarashni kengaytiradigan motivatsion film tavsiya qiladi: •Shoushengdan qochish (The Shawshank Redemption, IMDb 9.3); •Forrest Gamp (Forrest Gump, IMDb 8.8); •Intersteller (Interstellar, IMDb 8.5). 😊 Sizni qaysi film koʻproq ilhomlantirdi? Izohlarda taassurotlaringizni qoldiring. P.S. IMDb bu filmlarning internetdagi bazasi. @colearninguz
发布 5月7日
🤞Roʻyxatdan oʻtish oʻz nihoyasiga yetdi SMM specialist 3.0 kurslariga roʻyxatdan oʻtish jarayoni har galgidanda ajoyib boʻldi. Turli xil fikrlar, rang-barang dunyoqarashlar va asosiysi, oʻziga xos raqobat 🤭 Shuningdek, roʻyxatdan oʻtganlar soni ham bu safar rekord natijaga chiqdi — 119 ta. Qisqa qilib aytganda, SMM kurslari oʻzgacha boʻladi! 😉Natijalar tez orada eʼlon qilinadi. Yangiliklarimizni kuzatib boring! @colearninguz
发布 5月6日
Bu yerda siz boʻlishingiz mumkin edi😉 Bizda sifatli, bepul va qiziqarli IT taʼlimi yoʻlga qoʻyilganidan xabaringiz bor. Shuningdek, kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga yaxshi ish taklifi yoki toʻlanadigan amaliyot tavsiya qilamiz. Co-Learning Center daraxti “meva berayotgani” esa, ayniqsa bizni kuzatuvchilarga yangilik emas. 🖥 Tanishing, SMM kursimizning 1-faslini muvaffaqiyatli yakunlab mazkur sohada ishlayotgan Humoyun Xudoyqulov. 📅 Bepul boʻlgan SMM kurslarimizga roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda — bit.ly/32Lzn8H @colearninguz
发布 5月3日
CLC kurslariga qanday kirishni bilmayapsizmi? 🤔 Demak, bu post aynan siz uchun) Quyidagi maslahatlarga quloq tuting va amal qiling: • First in first out rule — arizani birinchilardan boʻlib qoldiring. • Motivatsiya xatingiz grammatik xatolar va turli “olib qochishlardan”dan holi boʻlishiga eʼtibor qiling. Aniq va tushunarli tilda yozing. • Oʻz vaqtida suhbatga keling. Vaqt bebaho neʼmatligini hammamiz yaxshi bilamiz :). • Ushbu sohada yuqori darajali boʻlmasangiz ham, oʻrganish va yaxshilash istagingizni koʻrsating. • Va eng muhimi: ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklarni kuzatib boring va muhim voqealarni oʻtkazib yubormang. Ushbu koʻrsatmalarga rioya qilib, albatta, bizning kurslarimizdan birida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritasiz😊 @colearninguz
发布 5月1日
⚡️ INHAʻda oʻqimasangiz ham SMM kursida qatnashishingiz mumkin 🤩 Endilikda, nafaqat INHA talabalari, balki ishtiyoqi baland, ushbu sohaga qiziquvchi va qobiliyatli 2 nafar ishtirokchi ham kurslarimizda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladilar! Shartlar juda oddiy, oʻz qiziqishingizni motivatsion xat orqali koʻrsatib bering, biz siz bilan oʻzimiz bogʻlanamiz! 😉 Imkoniyatni qo'ldan boy bermang. 6-maygacha vaqtingiz bor. Roʻyxatdan oʻtish uchun — bit.ly/32Lzn8H @colearninguz
发布 4月26日
🤩 “SMM specialist 3.0”ga ariza topshirish vaqti keldi! Co-Learning Center oʻzining bepul “SMM specialist 3.0” kursini boshlash arafasida ekanligini bilasizmi? Kurs davomida marketingga aloqador bilim va koʻnikmalar olish imkoniyatingiz bor. 👇 Jumladan: ⇀ Ijtimoiy tarmoqlarini yuritish; ⇀ Toʻgʻri “Tone of voice” ishlatish; ⇀ Maqsadli auditoriyani aniqlash; ⇀ Targetʼni sozlash; ⇀ Blogerlar bilan ishlash; ⇀ Qiziqarli masterklaslar va ishga joylashish uchun imkoniyatni qoʻlga kiritasiz. 👉Kursga roʻyxatdan oʻtish uchun:bit.ly/32Lzn8H 📅 Ro’yxatdan o’tish jarayoni 6-maygacha davom etadi! @colearninguz
发布 4月20日
Siz kutgan dizayn kursiga start berildi! - Dizayn kursiga 100 dan ortiq arizalar orasidan faqatgina 20 nafar talaba tanlab olingan. 🤪 Bu xabardan so'ng barcha ishtirokchilar kursga qabul qilinganligi haqidagi xabarni kutib, asab tolalarini biroz harakatga keltirgan bo'lsalar ajab emas. 🎉Ha, siz buni uddaladingiz va Co-Learning Center dizayn kursi talabasiga aylandingiz! Dunyoga dizaynerlik nazari bilan boqishingizga hech narsa to'sqinlik qila olmaydi, hatto kalta paypog'-u, Covid-19 ham :) 💬Ariza topshirganlar orasida siz ham bormidingiz? Izohlarda "+" qoldiring @colearninguz