TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
返回频道列表
Co-Learning Center avatar

TGINSIGHT CHAT

Co-Learning Center

@colearninguz

教育

𝗖𝗼-𝗟𝗲𝗮𝗿𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗖𝗲𝗻𝘁𝗲𝗿 💻 Grant asosidagi zamonaviy IT ta'lim 💡 Real loyihalar bilan ishlash imkoniyati 🎓 Tadbirlar uchun maydon 📍 Manzil: INHA universiteti, 1-qavat, 103-xona ☎️ +998900073306

Subscribers497频道当前订阅规模
Tracked posts343频道帖子计数
Recent reach14,499最近帖子视图总和
Recent posts

最近帖子

第 9/29 页 · 共 343 条

发布 9月16日

Meta olam nima? 🌐Metaverse-internetning kelajagi hisoblanadi. “Metaverse” atamasi 1992-yilgi “Qor halokati” ilmiy fantastika romanida ishlatilgan boʻlib, uning rivojlanishi koʻpincha virtual haqiqat texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog'liq. 🚀 Real va virtual olam insonlar hayotida birdek davom etadi. Virtual olamda real hayotdagi kabi uy, mashina, turli buyumlar sotib olishingiz mumkin. Xuddi turli oʻyinlar ichidagi buyumlarni xarid qilganingiz kabi, ammo sotib olgan buyumlaringiz real voqelikda, ya’ni hayotda mavjud bo’lmaydi. Shuningdek, siz meta olam orqali yaxshigina pul topishingiz mumkin. Qanday qilib pul topish qiziq boʻlsa kerak — a? Bu haqida keyingi postimizda ma’lumot olishingiz mumkin. @colearninguz

1,240 views

发布 9月13日

IT mutaxassislariga shaxsiy blog kerakmi? Blog — bu oʻz fikrlaringizni aniq ifoda etish uchun ajoyib imkoniyat. Aynan shaxsiy blog sizni doimo izlanish va yangi texnologiyalarni oʻzlashtirishga undaydigan oʻziga xos turtki bo'la oladi. 😇 Bu oʻz navbatida nafaqat sizga, balki kuzatuvchilaringizga ham foydali boʻladi. IT mutaxassis uchun shaxsiy blog — mijozlar oqimini oshirish, shaxsiy brendni yaratishi va tanitish uchun ideal yechim. 😊 Shu sababdan, @colearninguz sizga blog yuritishni maslahat beradi.

1,240 views

发布 9月13日

👨‍💻Yosh Menejer dasturining 4-mavsumiga start berildi! ℹ️ Loyiha dasturida siz: — treninglar davomida olingan bilimlarni real atmosferada sinash; — ko'nikmalarni noodatiy usulda amalda qo'llash; — jamiyatda o'z o'rniga ega insonlar bilan bir davrada suhbat; — jamoa to'plash va uni boshqarishingiz mumkin. 🤝 “Imkon Uzbekistan” ushbu dasturning tashkilotchilarni biri hisoblanadi. Loyiha haqidagi batafsil ma'lumotlarni yoshmenejer.uz rasmiy saytdan olishingiz mumkin. ⚠️ Dasturning 4-mavsumi uchun ro'yxatdan o'tish 1-sentabr sanasidan 15-sentabrgacha davom etadi. Ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://forms.gle/Qe5uT47GHSRfj19E7 Murojaat uchun: @young_manager_support @imkon_uzbekistan

999 views

发布 9月8日

Tunda ishlash hayotning tabiiy ritmini buzadimi? O'z vaqtida ishlash, ovqatlanish va dam olish hayotning tabiiy ritmi hisoblanadi. IT sohasidagi insonlarning koʻpchiligi kechki payt ishlashni afzal koʻrishadi, ammo tibbiyot buni ma’qullamaydi. Doktorlar tomonidan maslahat berilgan uxlash vaqti tungi soat 23:00 dan tongi 04:00 gacha hisoblanib, ushbu vaqt oralig’ida inson miyasi to’liq dam olishi isbotlangan. Kayfiyatingiz yaxshi va jismingiz sog’lom bo’lishingiz uchun Co-Learning Center sizga oʻz vaqtida dam olishingizni maslahat beradi. @colearninguz

1,200 views

发布 9月5日

Dunyodagi eng qimmat dastur 🇩🇪 Germaniyaning Crytek kompaniyasi tomonidan 2002-yilda taqdim etilgan oʻyin yaratish mexanizmi CRYENGINE hisoblanadi. 💵 Hozirda uning qiymati 1.2 million dollarni tashkil etadi. 🎮 Ko’pchilik geymerlar sevib o’ynaydigan FarCry o’yini ham aynan CRYENGINE da yaratilgan va ushbu o’yin hozirgi kunga kelib 315 million dollar daromad qilgan. 😉 Bu postdan keyin o’yin o’ynashdan ko’ra, uni yaratishga bo’lgan qiziqishingiz oshgan bo’lsa ajab emas. @colearninguz

1,250 views

发布 8月31日

Co-Learning Center sizni Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etadi! ✨ Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik, osoyishtalik, oilangizga farovonlik, oʻqishlaringizda esa ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaymiz. Bayramingiz muborak boʻlsin azizlar! @colearninguz

1,340 views

发布 8月29日

Hacker boʻlsangiz Appleʼdan 2 million $ yutib olishingiz mumkin. 📄 Bloomberg nashrining xabariga koʻra, Apple iOS 16 bilan birgalikda yangi xavfsizlik tizimini ishga tushirmoqda. Ushbu tizimni buzgan odamga esa, 2 mln $ berishini vaʼda qilingan. Moʻmaygina daromadga ega boʻlishingiz vaʼda qilinayotgan boʻlsa ham, hackerʼlik bilan shugʻullanishingizni tavsiya qilmaymiz. Bu pulni topish uchun hacker'lik qilish shart emas, balki professional dasturchi boʻlish orqali ham yaxshigina daromadga ega boʻlish mumkin. 🤝 Yuqori daromad keltiruvchi ushbu sohani grant asosida oʻqishni istasangiz yoki soha mutaxassislaridan maslahat olmoqchi boʻlsangiz Co-Learning Center ga murojaat qiling. @colearninguz

1,210 views

发布 8月27日

Siz uchun foydali bo’ladigan uch sayt ✍️Matn.uz - grammatik va punktual xatolarni avtomatik tarzda to’g’irlaydigan sayt. U orqali siz 5 000 belgigacha bo'lgan matnlarni tekshirishingiz, 100 000 ta so'zdan iborat izohli lug'atdan foydalanishingiz mumkin. 👩‍💼Ayoluchun.uz - ushbu loyiha o'z turmush tarzini rivojlantirish va yaxshi tomonga o'zgartirishga tayyor ayollarga intellektual yordam berishga qaratilgan. 🧑‍💼Jobhunt.uz - ish beruvchi va ishchi uchrashadigan sayt. Kompaniyalar uchun malakali va ishonchli kadrlarni, nomzod uchun serdaromad ish topishga yordam beradigan sayt. Veb saytlar yaratishni mutaxasislardan o'rganishni istasangiz @colearninguz ga murojaat qiling.

1,180 views

发布 8月24日

Freelance ishlashning + va - tomonlari Bu postda afzalliklari va kamchiliklarini sanab o’tamiz. ⚡️Yaxshi tomonlariga toʻxtaladigan boʻlsak: 1- Erkin ish grafigiga ega bo’lasiz; 2- Boshliqlarsiz ishlash imkoniyati; 3- Turli xil real loyihalarda tajriba qilib koʻrish. 🤔Yomon tomonlari ham yetarlicha: 1- Fokus boʻlinishi, chalg’ish; 2- Ish ham, daromad ham barqarorlik boʻlmasligi; 3- “Comfort zona”da ishlash. Bu esa sohada sekin rivojlanishingizga olib keladi. Oramizda Freelance ishlaydiganlar bormi? @colearninguz

1,120 views

发布 8月22日

Oʻquvchilarimizning taassurotlari bilan boʻlishmoqchimiz Co-Learning Center oʻquv markazimizning navbatdagi Grafik dizayn kursi bitiruvchilari umumiy fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar. Oʻylaymizki, yana bir guruh yoshlarni soha mutaxassisi boʻlib yetishishlarida qilgan harakatlarimiz zoye ketmadi. @colearninguz

1,140 views

发布 8月20日

Yosh grafik dizaynerlarimizga omad tilaymiz ☺️ Kecha Co-Learning Center markazimizda ajoyib kun bo’ldi. Yana bir grafik dizayn guruhi oʻquvchilari kurslarni muvaffaqiyatli yakunladilar va taqdirlandilar. 😉 Oʻquvchilarimiz grant asosida tashkillashtirilgan kursda 2 oy davomida nafaqat Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, va Figma dasturlaridan tashqari soft skillʼlarni ham oʻzlashtirdilar. Eslatib oʻtamiz, keyingi kurslarimiz sentabr oyida tashkillashtirilmoqda. Navbatdagi kurslar qaysi yo'nalishda tashkil etilishini taxmin qilib ko'ring?) @colearninguz

1,270 views

发布 8月16日

Ilk kompyuter dasturchisi ayol boʼlganini bilarmidingiz? 🤔 Dunyodagi ilk kompyuter dasturchi muhandis bu Ada Lovelase bo‘lgan. ⚡️Asli Britaniyalik bo‘lgan grafinya va matematik Ada Lovelase 1842-yil oktyabrida Analytisal Engine deb nomlangan dasturning bir qismini yaratgan. 🙃 Bizda esa haligacha “Ayollar dasturchi bo‘la oladimi?” degan turli xil kichik masalalarni bahs qilishadi. 😉 Keling bu kabi kichik muammolarga vaqt yo‘qotgandan ko'ra, dasturlash nima ekanini bizning Co-Learning AcademyYouTube sahifasidan bilib oling. 🤝 Agarda bu sohani grant asosida o‘qishni istasangiz yoki soha mutahassislaridan maslahat olmoqchi bo'lsangiz Co-Learning Center ga murojaat qiling. @colearninguz

1,310 views
12•••7891011•••20•••2829