@Qora_author · Post #13780 · 2022/08/25 12:21
#fikr Hayot - go’zal, ammo uni his etish, hammaga ham nasib etavermaydi.
Hashtags
前段时间一直被MajdataPlay的外键输入问题困扰:有玩家反映majplay会无征兆地出现拖判和吃音,但是内屏一切正常 因为我是第一次接触游戏开发,IO这方面也完全没经验 一开始我和bb本怀疑是线程调度的问题,即:IO线程时间片被其他线程挤占了,导致IO线程无法及时处理HID设备回报。为了验证这个猜想,我们尝试提高了IO线程的优先级,照旧 接下来我怀疑是我那套框架有问题:majplay是根据上一帧与这一帧的按键状态判断按键是不是"click"。为此我重写了这部分的实现,改进了IO线程与主线程之间的交互,问题照旧....... 到这里我已经怀疑这不是majplay的锅:IO线程没有任何异常,IO线程与主线程的交互没有问题,Note判定逻辑也没有问题,那就是设备确实没有回报给majplay或者设备发过来的回报中按键确实没有按下,但是大佬说hdd没有这种问题.....(人已经快崩溃了,这完全看不透也摸不着,因为我用单片机模拟玩家打高速纵连是完全没有问题的,我在家里用手台测试也没有问题) 到最后,bb本灵光一闪,说有没有可能是led刷新率过高,把按键控制板干爆炸了?我们让大佬把led刷新间隔从16ms改成100ms,吃音问题瞬间没有了,无语了 。。。。。。。。。。。。。。。。。。。。 adx是一个控制板同时管理按键和led,为什么我没有遇到吃音问题呢,因为我的手台不是adx的... #dev
Hashtags
搜索 #fikr
@Qora_author · Post #13780 · 2022/08/25 12:21
#fikr Hayot - go’zal, ammo uni his etish, hammaga ham nasib etavermaydi.
Hashtags
@Onatili_Izamov · Post #8581 · 2026/03/24 17:44
#fikr Hozirgina onlayn faoliyat yurituvchi bir ustozning jonli suhbatida bir muddat ishtirok etdim. Nimasi qiziq deyishingiz mumkin. Quyida shu xususida soʻz yuritiladi: Oʻsha ustoz kanalida essega doir bepul onlayn dars oʻtib berilyapti va yakunda “an’ana”ga aylangan kurs taqdimoti boʻldi. Kursni sotishning “taktikasi” deb tushundim: “Biz darslarni imtihon smenalaridan oldin ham qisqa tashkil etamiz va oʻquvchilarga bugun essedan falon mavzu tushadi deb aytamiz. Qishki imtihonlarda ham shunday boʻldi, faqat bizning prognozda oʻyinchoqlarga doir mavzu yoʻq edi, shuni prognoz qila olmay qoldim. Aslida, xayolimda bor edi shu mavzu, biroq tushmaslik darajasi yuqori deb oʻyladim”, - deydi. ❗️Bu holat toʻxtatilishi bot-bot takrorlansa-da, afsuski, yana davom etib kelyapti. Hurmatli ustozlar! Esse mavzusini taxmin qilgandan (aniqrogʻi, oʻgʻirlagandan yoki sotib olgandan) koʻra oʻquvchiga esse qanday yozilishini oʻrgataylik. Oʻquvchiga falon mavzu tushadi degan bilan siz “DAHO” boʻlib qolmaysiz, aksincha, kimligingizni koʻrsatgan boʻlasiz, xolos. Bu ishingiz bugun sizga moddiy foyda keltirayotgan boʻlsa, ertaga faoliyatingizga nuqta qoʻyadi ham! Oʻzingizni isloh qiling! Shu kabi “DAHO”larga ishonganlarni qon yigʻlaganini ham koʻrdik, boʻldi endi, safsatalarni toʻxtataylik. Oldinlari men ham kanalda “ehtimoliy mavzu”lar yoritganman, bundan tonmayman va bu mavzular haqiqatdan ham oʻzini oqlagan - imtihonlarda tushgan. Bundan keyingilari ham tushishi mumkin, biroq soʻnggi 2-3 mavsumdan beri “ehtimoliy mavzu” e’lon qilmayapman, “tavsiya mavzu” yorityapman, vaholanki, hech nima yoʻqotmadim (yutgan boʻlishim mumkin). Ayni shu “tavsiya mavzular” ham oʻzini oqlagan oʻrni boʻldi, lekin “DAHO” man deb jar solmadim. Tafakkur qiling! Kanalimiz: https://t.me/Onatili_Izamov
Hashtags
@Onatili_Izamov · Post #8193 · 2026/02/01 18:23
#fikr Ba’zida oʻylab qolaman: ijtimoiy tarmoqlar, xususan, telegram, Instagram, You Tube kabi platformalar mavjud boʻlmaganida dunyo xabarlarini qayerdan olardik? Umuman olganda, veb- platformalardan toʻgʻri maqsadlarda ham foydalansa boʻladi. Har bir inson tafakkuri ila oʻzini nazorat qila olsa, “oʻrgimchak toʻri” deb atalmish bu tarmoqlardan xavotir qilmasa ham boʻladi. Tafakkur qiling! Kanalimiz: https://t.me/Onatili_Izamov
Hashtags
@isakovxusniddin · Post #8095 · 2025/06/16 14:42
#Fikr Al-Xorazmiy bobomizni rasmlaridan internetda faqat shu yuz ko'rinishlarini topdim, qolgan yuz ko'rinishlar har xil ekan, bu jarayonda rasmlarni tiklash ozgina murakkabroq Sun'iy intellekt yordamida imkon qadar biz oldindan internetda, maktab daftarlarimizda aks etgan rasmlardagi yuzlarga o'xshagan holda allomalarni rasmlarini tiklash uchun doim harakat qilaman. Yangicha yuz ko'rinishi bilan allomalarni rasmini tiklash qandaydir, chala ishdek, umuman boshqa tanimagan odamimni rasmini tiklagandek tuyuladi, balki tarixda buyuk allomalarimizni haqiqiy ko'rinishlari boshqacha bo'lgandir, lekin ko'zimiz kichkinaligimizdan ko'rgan rasmlarga o'rganib qolganda)) @isakovxusniddin
Hashtags
@Kompyuter_Akademiyasi · Post #5814 · 2024/01/07 13:37
Dasturlar davri tugamoqda... #fikr 🤔 Borgan sari biror vazifani bajaruvchi dasturni o'rnini bosuvchi saytlar ko'payib ketyapti. Sizga ham shunday tuyulyaptimi? Masalan, oldin PDF > Word uchun yaxshi natijani dasturlar yordamida olingan bo'lsa hozirda ko'pchilik saytlar ham dasturdan qolishmasdan vazifani uddalayapti. 😎 Fikrimga isbotlar: • Microsoft Office > Google Docs, Sheets, Slides • Photoshop > Canva, Online Photoshop, Vista • PDF bilan ishlovchi dasturlar o'rniga ham ancha onlayn servis saytlar bor va h.k ✅ Shu mavzu bo'yicha bitta inglizcha video ko'rgan edim, nasib qilsa biz ham o'sha videodan "ilhomlanib" video tayyorlaymiz 😉 Borgan sari dangasalarga bahonalar qolmayapti: 🦥: Rasmni tahrirlashim yoki birorta rasm tayyorlashim kerak, lekin Photoshop'ni bilmayman. 🌐: Unda Canva'ni ishlat! 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ TelegramIYouTubeIInstaITikTok
Hashtags
@cambridgeieltsbooks · Post #5203 · 2025/02/23 04:20
#Fikr Sizning hayotingizda eng katta dars nimadan olingan❓
Hashtags
@cambridgeieltsbooks · Post #5168 · 2025/02/04 11:35
#Fikr Ba’zida dars oʻtish uchun faqat yoshi katta boʻlishi kerakmi deb oʻylab qolaman. Siz qanaqa fikrdasiz: ilm berish uchun yoshingiz ahamiyatga egami❓
Hashtags
@TAT_jurnal · Post #2367 · 2026/02/07 11:37
#fikr 🔥"Til va adabiyot ta’limi" jurnali uchun eng katta boylik bu — o‘qituvchilarimizning fikrlari va tajribalaridir. Ular — ta’limda yangilik, metodikada ilhom, adabiyotda esa ruhiy kuchdir. 💬Bu safar Farg'ona viloyatining ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari mulohazalariga qiziqdik. O'ylar turlicha: samimiy va ro'y-rost edi... Afsuski, jurnalni endi bilganlar ham bo'ldi (albatta, bunda o'z aybimizni angladik). ⚠️Shu bois, aziz ustozlar, tahririyat mulohaza o'rganishda, tajriba almashishda, o'zini tanitishda davom etadi. ⁉️Keyingi safarimizni qaysi manzilga belgilasak ekan? Izohda javoblaringizni kutib qolamiz. 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram
Hashtags
@hayotalks · Post #740 · 2026/02/04 15:11
#Fikr Qizlar har tomonlama harakatchan, ular oʻzlariga juda koʻp talablar qoʻyishadi, koʻp intilishadi. Mentorligimda ham hammasi qizlar. Ular chet davlatda oʻqishni, oʻz karyerasi boʻlishi, koʻp narsaga oʻz kuchi bilan erishishni xohlaydi. Yaqinda 11-sinf oʻquvchisi Harvardga grant asosida kirdi. Bu tahsinga loyiq. Bu bilan yigitlarni yomonlash niyatidan yiroqman. Ammo hozirgi kunda qizlarning prinsiplari, hayoti, intilishlari havas qilishga arziydi. «Ogʻlingni oʻqitsang 1 kishini oʻqitgan boʻlasan, qizingni oʻqitsang jamiyatni oʻqitgan boʻlasan deyishganidek, ilmli qizlardan ilmli farzandlar dunyoga keladi.» Shunday ekan, jamiyatimizdagi qizlarning oʻqishiga doim yordam beramiz. Ularning ta’limi kelajak ta’limidir. Oʻzingiz orzu qilgan grantni albatta yutishingiz kerak! Murojaat uchun: @hayotullo_admin1 @Hayotullo_Ismailov_bot Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring: 😎Instagram.😎Hayotalks 😎Telegram📱Khayotullo
Hashtags
@suxrobblog · Post #628 · 2025/05/07 11:18
Vaqtida IT Parkʼda ishlaganimda telefoni buzilib qolsa ham bizga olib kelardi. "Telegram ochib bering", "gmail ochib bering"... Bir ikki marta yordamlashgan paytim boʻlgan. Va hozirgacha shu kabi muammo boʻlsa mendan yordam soʻrashadigan kishilar bor, "yaxshisi oʻrganib olganingiz siz uchun afzal" deb, aytganimda xafa boʻlishgandek boʻlishgan. Bu vaziyatda toʻgʻri tushunish kerak. Sizni ishingizni boshqa kishi qilib bermaydi, majbur ham emas, siz ishingiz uchun haq (maosh) olasiz, shu narsa sizga kerak ekan oʻrganib olishingiz lozim. Boʻlmasa maʼlum haq evaziga, kimdandir yordam soʻrasangiz maqsadga muvofiqdir. Boshqalarni vaqtini qadrlash lozim, shuningdek, ishingizga kerakli koʻnikmalarni oʻrganib olish esa, juda zarar. Bu bilan ortiqcha hijolatlik holatga tushmaysiz. @suxrobblog // #fikr
Hashtags
@farhodkamilov_uz · Post #261 · 2024/11/18 12:16
#Fikr 1. Odamlar o'zlarining mavjud e'tiqodlarini tasdiqlovchi ma'lumotni qabul qilishga moyil bo'lishadi. 2. Odamlar o'zlariga tanish bo'lgan narsalarni afzal ko'rishadi. Natijada: Dalillar e'tiqodga qaraganda kamroq kuchga ega. - Bizning miyamiz doimo ma'lumotni filtrlaydi - Bizning ongimiz "komfort zonasida" qolishni afzal ko'radi. - Bizning ongimiz murakkab qarama-qarshiliklardan qochadi. - Bizning ongimiz tanish muhitda o'zini xavfsizroq his qiladi. Qaysidur bosqichda biz ko'rishni xohlaydigan va biz ishonadigan narsalarni bizga doimiy yetkazib turadigan joyda biz qotib qolishimiz mumkin. Ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda.
Hashtags
@suxrobblog · Post #622 · 2025/05/06 06:25
Kuzatuvlarimdan... Grafik dizaynda bir necha yillab ishlab, keyin UI/UX dizaynga oʻtgan dizaynerlarni ishlari odatda did bilan qilinganligiga guvoh boʻlaman. Yaʼniki ular grafik dizayn prinsiplari, ranglar bilan ishlash, tipografikani qoʻllanishi boʻyicha maʼlumot bazasi boʻladi. Soʻng alternativ yoʻnalishga oʻtishganda esa, ustlariga ishlab yana ham yaxshiroq yondashuvga ega boʻlishlari mumkin boʻladi shunda. Aytmoqchi boʻlganim, dizaynni oz fursatda anglab boʻlmaydi, prinsiplarni bilish boshqa-yu, anglab qoʻllash boshqa, shu fursatlarda did ham shakllanib olgan boʻladi. UI/UX dizaynga birdan kirib kelgan dizaynerlarda esa sohani anglab olgancha ancha vaqt kerak boʻladi. Koʻp holatlarda ularda dizayn prinsiplar boʻyicha yetarli baza va yetarli did shakllanmagan boʻladi. Bularni qilgan ishlari-yu taqdimotlaridan ham farqlab olish mumkin. Umumiy olib qaraydigan boʻlsak, dizaynda didni shakllanishi uchun kamida 2-3 yillab vaqt ketadi. Undan kamida esa, qaysi yoʻnalishda boʻlishdan qatʼi nazar sohani (dizaynni) anglab olmagan boʻlishadi. @suxrobblog | #fikr#dizayn