TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #206 · 4月20日

前段时间一直被MajdataPlay的外键输入问题困扰:有玩家反映majplay会无征兆地出现拖判和吃音,但是内屏一切正常 因为我是第一次接触游戏开发,IO这方面也完全没经验 一开始我和bb本怀疑是线程调度的问题,即:IO线程时间片被其他线程挤占了,导致IO线程无法及时处理HID设备回报。为了验证这个猜想,我们尝试提高了IO线程的优先级,照旧 接下来我怀疑是我那套框架有问题:majplay是根据上一帧与这一帧的按键状态判断按键是不是"click"。为此我重写了这部分的实现,改进了IO线程与主线程之间的交互,问题照旧....... 到这里我已经怀疑这不是majplay的锅:IO线程没有任何异常,IO线程与主线程的交互没有问题,Note判定逻辑也没有问题,那就是设备确实没有回报给majplay或者设备发过来的回报中按键确实没有按下,但是大佬说hdd没有这种问题.....(人已经快崩溃了,这完全看不透也摸不着,因为我用单片机模拟玩家打高速纵连是完全没有问题的,我在家里用手台测试也没有问题) 到最后,bb本灵光一闪,说有没有可能是led刷新率过高,把按键控制板干爆炸了?我们让大佬把led刷新间隔从16ms改成100ms,吃音问题瞬间没有了,无语了 。。。。。。。。。。。。。。。。。。。。 adx是一个控制板同时管理按键和led,为什么我没有遇到吃音问题呢,因为我的手台不是adx的... #dev

Hashtags

Results

找到 64 条相似帖子

搜索 #dizayn

当前筛选 #dizayn清除筛选
IT Blog

@ITbusiness_school · Post #1021 · 2021/09/29 07:40

#dizayn Postlarimizning birida dizaynga bagʻishlangan oʻzbek tilidagi sara youtube kanallari roʻyxatini yuklashimzni aytgandik, mana oʻsha kun keldi. 📜 Kanallar roʻyxati: ● Sardor Qodirov ● Socially Design Academy ● Dizayn va Grafika ● Grafik Dizayn ● Sanjar Maqsadov Qiziqsangiz va ustingizda ishlasangiz albatta natija boʻladi. 👉@abdusattor

Hashtags

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #593 · 2023/07/14 02:41

Va nihoyat, 15 yildan keyin Microsoft Calibri shriftidan Aptos shriftiga o’tarkan. Calibri menga boshidan yoqmagan. Hozirgi Microsoft 15 yil oldingisidan juda katta farq qiladi va shrift ham shunga mos bo’lishi kerak. Endi navbat Adobe’ga. Mahsulot logolarida va hatto uzunroq matnlari uchun juda noqulay shrift ishlatadi. @farhodjon#dizayn

Hashtags

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #547 · 2023/02/11 18:46

Diagram kompaniyasi dizaynerlarga yordam beradigan uskunalar qiladi. Masalan, Automator - doimiy qilinadigan ishlarni avtomatlashtiradi, Magician esa sun’iy intellekt bilan matnni (copywriting) yaxshilash yoki ikonka va rasmlar yaratishga yordam beradi. Yaqinda e’lon qilgan Genius xuddi jamoadagi boshqa dizaynerga o’xshab Figma’da yordam beradi: nima dizayn qilinayotganiga qarab zarur komponentlarni dizayn sistemadan olib qo’yadi. https://www.genius.design (Dasturchilar uchun ham shunaqaroq GitHub Copilot bor.) @farhodjon#dizayn

Hashtags

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #495 · 2022/06/15 14:26

​​Til va mamlakat #2 Bir paytlar interfeyslarda turli tillarni mamlakatlarga bog'lashni tanqid qilgandim, ayniqsa, davlatlarning bayroqlaridan foydalanib: Lekin til va mamlakat bir-biriga bogʻliqmasligini hisobga olish lozim. Saytdan rus tilida foydalanadigan odamlar faqat Rossiya fuqarolari boʻlmasligi mumkin. Ingliz tili esa dunyodagi eng koʻp foydalanalidigan til (55 ta davlatda rasmiy til) va Buyuk Britaniyaga aloqasi deyarli qolmagan (nomidan tashqari). Apple macOS 12.4 versiyasidan boshlab kiritish manbalaridagi (input sources) bayroqlarni olib tashladi. Endi kiritish manbasini (klaviatura terilmasini) tanlaganda, faqat ikki belgili til kodi ko'rsatiladi — "US", "РУ", "GB" kabi (quyida). Bu yerda ikki narsani taxmin qilish mumkin: 1. Apple estetik/dizayn tomondan turli rangdagi ikonkalarni menyuda ko'rinishini yoqtirmagan bo'lishi mumkin. 2. Apple til va mamlakatni bir-biriga bog'lashdan voz kechyapti. Jon Gruberning yozishicha, ikkinchi taxmin to'g'ri. Va bunga men ham qo'shilaman. This is the way. #dizayn

Hashtags

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #372 · 2020/05/22 16:18

Andijon viloyatida ochilgan texnopark haqidagi maqolada tasodifan devorga chizilgan illyustratsiyaga koʻzim tushdi. Biror rassom vaqt sarflab oʻylab topganiga koʻzim yetmadi va Googleʼning rasmlar qidiruvidan “UI vs UX” deb izladim. Birinchi sahifadayoq “UI vs UX — The Yin & Yang of Product Design” nomli maqola va undagi illyustratsiya chiqib keldi. Bizning bechora noʻnoqlar shuni ham eplab koʻchirolishmagan. “Qoʻli qiyshiq” rassom perspektivani, soyalarni, chiziqlarni, odamlarning fiziologiyasini va eng asosiysi — “UI vs UX” yozuvini buzib qoʻyaqolgan. Bunaqa nusxa olishda originalga sal boʻlsa ham hurmat bildirish lozim. Kulgili. #dizayn@FarLives🌀

Hashtags

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #221 · 2019/08/12 09:47

Til va mamlakat Saytlarda va interfeyslarda koʻp uchrab turadigan xatolardan biri — tilni tanlash uchun davlat bayroqlarini ishlatish. Masalan, Orient Finans Bank sayti tilni tanlash uchun uchta variant taklif qilyapti (birinchi rasm). Har bir til nomining oldida davlat bayrogʻi. Oʻzbek tili uchun Oʻzbekiston bayrogʻi, rus tili uchun Rossiya Federatsiyasi, ingliz tili uchun Buyuk Britaniya bayrogʻi. Lekin til va mamlakat bir-biriga bogʻliqmasligini hisobga olish lozim. Saytdan rus tilida foydalanadigan odamlar faqat Rossiya fuqarolari boʻlmasligi mumkin. Rus tili sobiq Sovet davlatlarining koʻpida ishlatiladi. Ingliz tili esa dunyodagi eng koʻp foydalanalidigan til (55 ta davlatda rasmiy til) va Buyuk Britaniyaga aloqasi deyarli qolmagan (nomidan tashqari). Aytgandek, OFB saytining inglizchasi yaxshi, lekin sanalarga qarab qaysi ingliz tilini ishlatilayotganini bilib boʻlmadi: amerikancha (January 7, 2022) yoki britancha (18 april 2019). Yana bitta fakt: Artemiy Lebedev studiyasining saytidagi skrinshotlarda til tanlash imkoniyati yoʻq. Menimcha, bu imkoniyat keyinroq OFB tomonidan qoʻshilgan. Davlat bayroqlarini ishlatish, ayniqsa, bitta davlatda bir nechta til yoki yozuv ishlatilganda oʻz kuchini yoʻqotadi. Masalan, Prezidentning rasmiy veb-sayti bayroqlarni ishlatolmaydi, chunki, “OʻZB” va “ЎЗБ” uchun ikkita bayroq ishlatish majburiyati tugʻilardi (ikkinchi rasm). Xulosa: - interfeysda tillarning nomini bayroqlarsiz yozish lozim: Oʻzbekcha, Русский, English; - imkoni boricha qisqartmasimas (“UZ”, “RU”, “EN”), toʻliq nomi yoziladi. #dizayn @FarLives🌀

Hashtags

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #104 · 2019/02/17 15:06

100 000 soʻmlik banknot Yangi banknotlarning dizayni haqida yozdim. https://farhodjon.uz/blog/100000-sums/ #dizayn

Hashtags

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #84 · 2019/01/03 23:11

Anton Jiyanov Zoom.us servisi misolida dizaynning asosiy qismi sogʻlom fikrlash ekanligini tushuntiryapti: https://antonz.ru/common-sense-design/ Ответ дизайнера: Чёт даже не знаю. Давайте покажем крупно его фото. Я не знаю, что дальше делать, серьёзно. Может он сам разберётся? Ответ человека: Это конференция, чуваки, в ней участвуют несколько людей. Дайте мне возможность их пригласить. Ответ дизайнера: О, это просто. Покажем пустой список участников — их ведь нет, верно? Ответ человека: 🤦🤦🤦 Anton Jiyanov — “Интерфейсы без шелухи” kanali muallifi. Foydali postlari koʻp. Masalan, manavinisi: Сделайте себе интересно. #dizayn

Hashtags

KNAUF Uzbekistan

@knaufuzbekistan · Post #1045 · 2026/02/19 10:00

Zamonaviy makonlar tobora to‘g‘ri chiziqlardan uzoqlashmoqda. Mehmonxonalar, kafelar va jamoat joylarida ravoqli tuynuklar va yumshoq radiuslar paydo bo‘lmoqda. Yumaloq qirralar interyerga sokinlik bag‘ishlab, uning hashamatini oshiradi. Ular harakatni yo‘naltiradi va qulaylik hissini yaratadi. Yumaloq shakllar bugungi kunda shunchaki dekor emas. Bu — zamonaviy arxitektura tili. — — — — — Современные пространства всё чаще уходят от прямых линий. В отелях, кафе и общественных зонах появляются арочные проёмы и мягкие радиусы. Закругления делают интерьер спокойнее и визуально дороже. Они направляют движение и создают ощущение комфорта. Круглые формы сегодня — это не декор. Это язык современной архитектуры. #knaufuzbekistan #dizayn

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

@kompyuter_bilimlari · Post #5423 · 2023/04/14 03:22

Windows uchun kreativ bezaklar Operatsion tizimning standart interfeysidan zerikkan bo’lsangiz 7themes.su sayti eng optimal tanlov. Platformada theme’lar, icon’lar, wallpaper’lar, kursor va boshqa ko’plab qiziqarli bezak kontentlarini topishingiz mumkin.Saytning FAQ bo’limida ularni o’rnatish yuzasidan yo’riqnomalar mavjud. ~ Link: 7themes.su ~ Manba 👉🏼Birinchi raqamli Windows Blog | #windows / #dizayn

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #420 · 2020/08/05 14:41

Fasadlarga (binoning tashqi qismi) bogʻliq yana bir muammo — konditsionerlar. Birinchidan, birinchi qavatda joylashgan konditsionerlarning koʻpi piyodalar qarab “puflaydi”. Bu kamida juda yoqimsiz. Hatto Korzinka.uzʼga oʻxshagan tarmoqlarda ham asosiy eʼtibor magazinning ichiga kirgan odamlarga qaratilgan va tashqaridagilarga “tupurilgan”dek. Ikkinchidan, konditsionerlarni tartibsiz joylashtirish va simlarining osilib turishi fasadni juda buzadi. Hatto 70-80 yillik binolarning ham tashqarisiga koʻr-koʻrona oʻrnatib tashlangan. Xuddi bu binolarda arxitektura va dizaynni qadrlamaydigan odamlar ishlaydigandek. Har bir xonadon har xil odamlarga tegishli uylarni tushunsa boʻladi. Lekin nega bitta bino bitta tashkilotga tegishli boʻlganda konditsionerlarni tomga yoki hovliga oʻrnatib yaxshiroq tizim qilinmaydi, hayronman. #shahar#dizayn@FarLives🌀

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #416 · 2020/08/02 07:36

Toshkentdagi, umuman, Oʻzbekistondagi shaharlardagi binolarning koʻrkini buzadigan narsalardan biri — fasadlar. Yagona standart va shartlar boʻlmagani uchun bizneslar bino fasadlarini tartibsiz, didsiz, sifatsiz yozuvlar va rasmlar bilan toʻla. Nisbatan qimmatroq joylardagi fasadlar ham bozorlarni eslatvoradi. Moskva shahri hokimiyati (meriyasi) 2013-yilda maʼlumot beruvchi kontruksiyalarni joylashtirish tartibini qabul qilgan. Maqsad: binolarning tashqi qismini va fasaddagi maʼlumotlarni (yozuvlar, reklamalar) shahar uchun yagona standartga olib kelish. Qisqasi, “bardak”ni yoʻqotish. Dizayn nuqtai nazaridan qaraganda, ikkita maqsadni koʻryapman: vizual shovqinni kamaytirish va odamlar zarur maʼlumotni tezda topishiga yordan berish. Hozirgi oʻzbekcha/ruscha/inglizcha va turli shriftlar bilan aralshtirib yozilgan yozuvlar ichidan zarurini topish oson ish emas. #shahar#dizayn@FarLives🌀

123•••56
上一页第 1/6 页下一页