TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #206 · 4月20日

前段时间一直被MajdataPlay的外键输入问题困扰:有玩家反映majplay会无征兆地出现拖判和吃音,但是内屏一切正常 因为我是第一次接触游戏开发,IO这方面也完全没经验 一开始我和bb本怀疑是线程调度的问题,即:IO线程时间片被其他线程挤占了,导致IO线程无法及时处理HID设备回报。为了验证这个猜想,我们尝试提高了IO线程的优先级,照旧 接下来我怀疑是我那套框架有问题:majplay是根据上一帧与这一帧的按键状态判断按键是不是"click"。为此我重写了这部分的实现,改进了IO线程与主线程之间的交互,问题照旧....... 到这里我已经怀疑这不是majplay的锅:IO线程没有任何异常,IO线程与主线程的交互没有问题,Note判定逻辑也没有问题,那就是设备确实没有回报给majplay或者设备发过来的回报中按键确实没有按下,但是大佬说hdd没有这种问题.....(人已经快崩溃了,这完全看不透也摸不着,因为我用单片机模拟玩家打高速纵连是完全没有问题的,我在家里用手台测试也没有问题) 到最后,bb本灵光一闪,说有没有可能是led刷新率过高,把按键控制板干爆炸了?我们让大佬把led刷新间隔从16ms改成100ms,吃音问题瞬间没有了,无语了 。。。。。。。。。。。。。。。。。。。。 adx是一个控制板同时管理按键和led,为什么我没有遇到吃音问题呢,因为我的手台不是adx的... #dev

Hashtags

Results

找到 11 条相似帖子

搜索 #mijoz

当前筛选 #mijoz清除筛选
Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #1165 · 2025/10/09 08:29

Bu iqtibosni sohamizga moslasak: Mijozga (kompaniyaga) bo‘lgan hurmatingizning o‘lchovi, “Ular bilan yana qayta hamkorlik qilarmidingiz?" degan savolga bergan javobingiz bilan oradagi masofaga teskari proporsional. #iqtibos#mijoz

Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #659 · 2025/05/09 05:11

Yomon dizayn gapirmaydi. U shunchaki mijozni qochiradi Foydalanuvchi (mijoz) sizga: — "Assalomu alaykum, bu sahifa menga noqulay va tushunarsiz bo‘ldi, shuning uchun hech nima qilmadim", deb aytmaydi, bu vaziyatda foydalanuvchi oddiygina sahifani yopadi, tamom! So‘zsiz. Ogohlantirishsiz. Qaytmasdan! (Ichida haqoratlar ham qilishi mumkin) Siz loyihaga qancha trafik olib kelsangiz ham, reklama bersangiz ham, kuchli strategiyalar tuzsangiz ham, agar sahifa foydalanuvchiga qulay va tushunarli bo‘lmasa, u bu yerdan hech narsa qilmasdan chiqib ketadi. Dizayn – bu bezak emas. Bu foydalanuvchi bilan birinchi muloqot. Agar siz shu birinchi daqiqada unga: – ishonch; – ma'no; – hissiyot; bera olmasangiz, demak, u bilan muloqot bo‘lmagan. Va bu yerda chiroy haqida emas, mijozni yo‘qotish masalasi ketmoqda. Ba’zida esa, eng qiymatli mijozni yo‘qotish haqida. @suxrobblog // #mijoz#ux#dizayn

Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #591 · 2025/04/26 08:46

Olx'da mahsulotni reklama qilishdan tashqari oʻz xizmatlaringizni tavsiya qilishingiz yoki sotishingiz ham mumkin. Aytgancha, saviyali auditoriya olx'da mavjud deb hisoblamayman va u yerda koʻplab, firibgarlik holatlari ham tez-tez uchrab turadi. Xushyor boʻlish kerak) P.s. Kurslar reklamasi ham olx'da faol ekan, bu ham sotuvga yaxshi usul. — Sizchi olx'da xizmatlaringizni tavsiya qilib koʻrmadingizmi? @suxrobblog | #olx#mijoz

Hashtags

Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #415 · 2025/01/19 18:29

Mijoz kechki vaqtlarda ish taklifi boʻyicha yozishi normal holat emas. Bu mutaxassisga nisbatan hurmatsizlikdek qaralishi lozim boʻlgan vaziyatdir. Bu vaziyatdan chiqish uchun ish boʻyicha murojaat qilish mumkin boʻlgan vaqtlarini eslatib qoʻygan holda, suhbatni yakunlash lozim. Balki, shunda mijoz ham ish va shaxsiy hayotdagi balansni yoʻqotmagan mutaxassisga murojaat qilganini tushunadi. P.s. 24 soatlab ishlaydigan mutaxassisni qadri boʻlmaydi. Qadrini bilmagan mutaxassisga esa kechasi 02:00 da ham ish taklifi boʻyicha yozaverishadi. — Daromad koʻproqdir, balki, qadri esa aksincha! #mijoz#balans @suxrobblog

Ozodbek Jaloliddinov

@blogjaloliddinov · Post #432 · 2025/08/17 15:04

#mijoz#sotuv#suhbat 2025 yilda dizaynni qanday va kimga sotamiz? Muhammad Rizvon Nizomiddinov tomonida dizaynerlarimiz uchun qiziq bo‘lgan “Mijoz topish va hizmatni to'g'ri sotish"mavzusida suhbat tashkillanmoqda. Muhammmad Rizvon Soft skills va sales skills bo'yicha mentor. Faoliyati davomida o'quvchilarini daromadi va shaxsiy rivojlanishini ( 5x dan 10x ) gacha olib chiqqan. Agar sizda “Mijoz qotpishda, hizmatni to'g'ri sotishda muammo bo'lsa” aynan shu suhbat orqali muammolaringizga In Shaa Alloh yechim topasiz. ⏳ Vaqt: 20 avgust, soat 22:00 📍 Yopiq kanal manzili: LINK Eslatma: Suhbat yozib olinmaydi va kanalni qadab qo'yish esingizdan chiqmasin. 😉

Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #457 · 2025/03/12 06:11

Mijozdan to'lovni oldindan olish kerakmi? Ha, ayniqsa frilansda ishlayotgan bo‘lsangiz, to‘lovni oldindan olganingiz ma’qul. Har bir mijoz har xil bo‘ladi: kimdir vijdonan haqini to‘laydi, kimdir esa kechiktiradi yoki umuman to‘lamasligi ham mumkin. Shuning uchun quyidagi yondashuvlarni tavsiya qilaman: Frilans buyurtmalari uchun: 1️⃣Oldindan to‘lov olish – ishga kirishishdan oldin kamida 30-50% oldindan to‘lov olishingiz tavsiya etiladi. 2️⃣Bo‘lib-bo‘lib to‘lash – loyiha bosqichlarga bo‘linib, har bir bosqich tugagandan keyin to‘lov olinishi mumkin. 3️⃣Kelishuv (shartnoma) – agar mijoz bilan uzoq muddatli ishlashni rejalashtirsangiz, hujjatlashtirilgan kelishuv yoki shartnoma asosida ishlash yaxshi variant. Oylikka ishlash bo‘yicha: 1️⃣ Agar oylik ishga kelishilgan bo‘lsa, 15-sanasigacha avans (oldindan to‘lov) talab qilish mumkin. Bu sizga ishingizni ishonch bilan bajarishda yordam beradi. 2️⃣ Shuningdek, muntazam to‘lov tizimi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak – masalan, har oyning 15-30 sanalari oralig‘ida hisob-kitob qilinishi. To‘lov borasida aniq kelishib olmaslik sizni xavf ostida qoldirishi mumkin. Shuning uchun har doim mijoz bilan oldindan kelishuv qilib, eng kamida 50% oldindan to‘lov olishni odat qiling. Doimiy mijoz bo‘lgan taqdirda ham, to‘lov tartibini aniq belgilagan ma'qul. @suxrobblog #mavzu#mijoz#savol_rublikasi

Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #456 · 2025/03/11 03:51

Dizaynda “yo‘q” deyish tamoyili Mijoz bilan ishlaganda har bir talabini bajarish – sizni yaxshi dizayner qilmaydi. Ba’zan “yo‘q” deyish ham professionallikning bir qismidir. Dizayner sifatida har bir mijoz yoki jamoa talabiga rozi bo‘lish natijani yaxshilamaydi, aksincha, sifatsiz dizaynga, ortiqcha stress va keraksiz vaqt sarflashga olib kelishi mumkin. Dizaynda “yo‘q” deyish tamoyili nima oʻzi? Bu dizayn jarayonida asosli va professional cheklovlar qo‘yish qobiliyatidir. Agar shu asosli cheklovlardan oʻtilganda "yoʻq" deyish nazarda tutilyapti. Mijoz bilan endi ishlashga kirishganda narx aytdingiz, "###$ boʻladi", desangiz. Mijoz, "Mayli, faqat mana bu ishlarni ham qoʻshib qilib bering", desa, yaʼniki ishingizni ustiga 50% ish qoʻshib beryapti. Bu vaziyatda yoʻq deb aytgangiz maʼqul. Kechasi bilan ishlab, koʻzlaringiz qizarib chiqqaniga, mijozdan olgan pullaringiz koʻzingizga koʻrinmaydi ham. "Mijoz ketib qoladi", deb narxni past aytgan taqdiringizda ham, qadarga yozilmagan boʻlsa, arzon aytsangiz ham ketib qoladi. "Yoʻq" deyish bilan rizq kamayib qolmaydi deb hisoblayman. Va oʻzim ham, oʻzimga yoqmagan ishlar chiqqanda buyurtma sifatida qabul qilmayman yoki boshqa sabablar. Shuningdek, soha boʻyicha prinsiplarimga doim qatʼiy amal qilishga harakat qilganman va boshqalarga ham shuni tavsiya qilaman... P.S. Blogdagi postlar shaxsiy fikrlarim orqali yozib boraman. SI yozib bermaydi) @suxrobblog #mavzu#mijoz#prinsiplar

Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #1159 · 2025/10/03 12:42

💻Kwork.ru bo‘yicha fikrlarimni bo'lishishda davom etaman... Hozirda bir mijoz bilan faol tarzda ishlayapman. Bundan tashqari, yaqinda yana bir mijozdan 5 ta loyiha chiqdi (har biri taxminan 30 000± rubl atrofida edi), lekin hozircha ularni rad etdim. Sababi, avval mavjud mijozlarimning ishini tugatib bermoqchiman. Ularga, hozirgi ishlarim tugashi bilan ularning loyihalarini olishim mumkinligini ham aytib qo‘yganman. Umuman olganda, Kwork platformasida ishlash menga deyarli qiyinchilik tug‘dirmayapti. Faqat bitta masala bor, rus tilini yaxshilab o‘rganishim kerakligini his qilyapman 😅. Ko‘p terminlarni bilmayman, ba’zan oddiy yozishmalarda ham qiynalib qolyapman. Shuning uchun rus tilini ham asta-sekin o‘rganib borishim kerak. (O‘zbek tilidan tashqari yana 3 ta til bo‘lyapti-a, karl! 😄) Mijozimning o‘zi ham samimiy va ochiqko‘ngil inson ekan. Suhbat davomida, komplementlar qilib turibdi. To‘g‘risi, ularning budjeti ish hajmiga nisbatan ancha past narxda, lekin men baribir loyihani bajarib beraman deb aytganman. Jarayonlar cho‘zilib ketsa yoki menga minusga ketsa ham, so'zimda turib, ishni oxirigacha yetkazish niyatidaman. Shu o‘rinda aytishim kerakki, mijozim ham suhbatda: “Ishni tashlab ketasiz deb o‘ylagandim” degandek gapirdi. Endi esa menga ishonch bildirayotgani sezilib, komplement qilib turibdi. Ishqilib, buncha maqtovdan keyin qo‘lim ishga bormay qolmasa bo‘ldi edi 😄 Xulosa qiladigan bo'lsak: Kishi aytgan gapi va olgan mas’uliyati uchun javob bera olishi kerak. Agar bunga tayyor bo‘lmasa, “bu ishga aqlim yetmaydi” deb boshqa yo'lni tanlagani afzal. Ishning sifati ham, obro‘si ham shundan boshlanadi. @suxrobblog » #kwork#frilans#mijoz

Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #699 · 2025/05/18 17:25

15 yoshda xizmatini sota olgan bola! Bugun fast‑food tarmog‘ida 15 yoshli bir bola o‘z xizmatini taklif qilayotganini eshitib qoldim va o'zim ham qiziqib qoldim. Bola, bemalol, ishonch bilan shunday murojaat qilardi: — Assalomu alaykum, aka, 15 yoshli bolani kuryer qilib olmaysizmi? skuteri bor... Bu yerda yoshiga qaramay, o'z imkoniyatini sinab ko'rish uchun, aniq taklif bilan chiqyapti, men bu holatni ko'rib xursand bo'ldim, bizda ham shunaqa bolalar bor ekanku deb) Bolada sotuvchanlik (sales skills) bor ekan. Fast-food tarmog'i tashqarisida, ozgina vaqt bolani kutib turib, savolga tutdim... – Boshqa joylarga ham taklif berib ko‘rish kerak... deb aytgandim. U kulimsirab javob berdi: – ... Ha, 3–4 ta joyga kuryerlik qilaman. Bu joylar biroz chekkaroq, buyurtmalar kamroq bo‘ladi, lekin uddalasa bo‘ladi. Keyin yana aytishicha, oyiga taxminan 10 million so‘mdan ortiq daromad qilishi ham mumkin ekan. Hatto yaqin orada skuterni yangilashi haqida ham ishora qilib ketdi... Meni fast-food tarmog'im bo'lganda ham, shu bolani ishga olish ehtimolim bor edi... Bu sizga oddiy hayotdagi voqea kabi ko'rinishi mumkin, aslida, o‘z xizmatini taklif qila olish, o‘zini to‘g‘ri namoyish eta bilish, bu hayotdagi eng muhim soft skill'lardan biri. Yosh bo‘lishi, tajribaning kamligi muammo emas. Muhimi, harakat, jasorat va muloqot qila olish qobiliyati. Shunday yoshlar esa yurtimizda ko‘payaversin! @suxrobblog // #sotuv#soft_skill#mijoz

Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #479 · 2025/03/26 05:02

Dizayn bo'yicha buyurtma olish uchun o'zimizda frilans guruhlari bormi? — Aynan, UX/UI dizayn bo'yicha buyurtma olish bo'yicha o'zimizda guruhlar mavjud emas. Lekin... ✅Mijozlar topish bo'yicha tavsiyalar berib ketishim mumkin, lekin: 1. O'z ustingizda ishlang, portfolio'da ishlar soni va sifatini oshiring; 2. AyTi'ga aloqador tanish bilishni ko'paytiring, turli xil dasturchilar meetup'lariga ham borib turishingiz mumkin, shunda ular bilan tanishib kontaktlashib turishingiz mumkin. Bizni sohada netvorking juda muhim, tanish bilish orqali asosiy mijozlar kelishi mumkin; 3. Instagramda video ko'rish o'rniga, siz ham ular kabi video kontent tayyorlashga kirishing. Soha bo'yicha O'zingizni yaxshi ko'rsata olsangiz, Instagram va Facebookdan ham oyiga kamida 1-2ta mijoz kelib turishi mumkin; 4. Mijozlar oqimiga erishmaguncha, bepul xizmatlar ko'rsatishni yo'lga qo'yishingiz mumkin. P.S. Divanda yotishni bas qiling)) @suxrobblog #mavzu#buyurtma#mijoz#savol_rublikasi

Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #475 · 2025/03/23 15:43

Eshkakni ikki qo'lda eshish, bir qo'lda eshishdan samaraliroq Dasturchi va dizayner birgalikda ishlasa, xuddi eshkakni ikki qo'lda eshishdek samarali bo'ladi. Faqat bittasi mehnat qilsa, harakat sekinlashadi. — "Nocoding" esa vaqtinchalik yechimdir, dasturchi dizaynni ham qilaman deyishi mumkin yoki dizayner nokoding orqali sayt ham yaratishi mumkindir, bu bilan professional bo'lib qolmaydi. Bir o'ylab ko'ring, 10 lab texnologiyalarni o'rganish nimaga kerak? O'z yo'nalishingizdagi asosiy 2ta texnogiyani ham mukammal bilib olganingiz undan ko'ra yaxshiroq... Vaqtida, AyTishnik har qanday ishni qilib ketadigan "Mardikor yoki qo'l" emas deb, qayerdadir o'qigandim, shu naqlga amal qilaman. Ya'niki mijozning ruchkasi tushib ketsa, qayta-qayta olib beradigan "mutaxassis" bo'lmang, tushundingiz degan umiddaman) @suxrobblog #fikr_kep_qoldi#mijoz#rivojlanish#karyera