DN42 access
本服务为那些无法轻松访问自身网络的用户以及希望体验 dn42 但又不想承担维护自有网络成本的用户提供 dn42 连接
默认情况下,地址从/96地址块中分配,如果您希望租用独立的/96前缀或更大的地址空间,请按照联系方式联系我
所有公开的PoP均已屏蔽来自中国境内的 IP 地址。如果您确实需要dn42 access,请与我联系并提供合理的理由
该服务由AS4242423377提供
- - - - - - -
The service provides DN42 connectivity to members who cannot easily access their own networks, as well as to those who would like to explore DN42 without the overhead of maintaining their own network.
By default, addresses are allocated from a /96 block. If you wish to lease a dedicated /96 prefix or a larger address space, please contact me using the methods provided in the contact information.
All publicly accessible PoP are blocked for IPs originating from within China. DN42 access from within China is not publicly available. If you genuinely require access, please contact me and provide a valid justification.
Hosted by AS4242423377.
Policy
本服务需要花费时间和金钱才能运行,但为了您的利益,我们免费提供。使用本服务是一种特权,而非权利。您必须合理使用本服务,以确保其他用户也能继续享受同样的便利。任何滥用、误用或干扰服务或其他用户的行为都可能导致您的访问权限立即被暂停或终止。
滥用行为包括但不限于:
- 过度使用资源
- 黑客攻击、病毒、木马等,或任何其他可能损害服务或对服务及其用户造成风险的干扰行为
- 传播可能导致民事或刑事责任的不良内容
- - - - - - -
This service require real time and financial resources to operate, yet are provided free of charge for your benefit. Access to the services is a privilege, not a right. You must use the services responsibly and considerately to ensure that other users can continue to enjoy the same opportunities. Any misuse, abuse, or activities that disrupt the service or other users may result in immediate suspension or termination of access.
Abuse could include, but is not limited to:
- Excessive use of resources
- Hacking, viruses, trojans etc or any other disruption that could harm or create risk to the services or its users
- Distribution of objectional content that could create a civil or criminal liability
PoP
## Toronto, Canada
Prefix: fdb6:fc6a:e66c:724f:fad1:d2cf::/96
Zerotier: 4753cf475f65b0fb
## Los Angeles, USA
coming soon
#announcement#service
⚡️Toshkent viloyati Parkent tumani “Xurriyat” mahallasida istiqomat qiluvchi yosh hunarmand M. Nazmiddinovaning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida aniq maqsadli amaliy choralar ko‘rilmoqda.
📌Xususan, Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi R. Mirzaaxmedov tashabbusi bilan fuqaro M. Nazmiddinova imtiyozli tartibda uyushmaga a’zo etilib, unga hunarmandchilik faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan tikuv uskunasi ajratildi.
🌍Shuningdek, yosh hunarmandning faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida uning ustaxonasiga tashrif buyurilib, ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganildi hamda tegishli tavsiyalar berildi.
📊Mazkur amaliy ko‘mak yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, barqaror daromad manbalarini shakllantirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
#Hunarmand#Parkent#ToshkentViloyati
Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'llash
📌 Bugun "Hunarmand" uyushmasida Zoom orqali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📊Uchrashuvda "Hunarmand" uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov, Turkiyadagi An’anaviy san’atchilar uyushmasi koordinatori Sona Tomach va uyushma rahbari ishtirok etdi.
📊An’anaviy san’atchilar uyushmasi Turkiyada an’anaviy san’at va hunarmandchilikni rivojlantirish, ularni yoritish va himoya qilish maqsadida tashkil etilgan. Uyushma qo’lsanatlar, miniatyura, kitob muqovalari, xattotlik va boshqa an’anaviy san’at turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.
📊Uchrashuv davomida seminarlar va savol-javoblar orqali hunarmandchilik yo’nalishlari mustahkamlandi va eng yaxshi namunalar hamda tajribalarni rivojlantirish bo‘yicha rejalar belgilandi.
#Hunarmand#AnanaviySanat#ZoomUchrashuv
Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'lla
⚡️Hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
📌Ozarbayjon Respublikasiga xizmat safari doirasida O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov Ozarbayjon Respublikasi Davlat tarixiy-me’moriy qo‘riqxonasi “Icherisheher” apparati rahbari o‘rinbosari Rena Nasirova bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📊Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi elchixonasining madaniy-gumanitar va turizm masalalari bo‘yicha mas’ul diplomati Otabek Ramazonov ham ishtirok etdi.
🤝 Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasida hunarmandchilik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zbek va ozarbayjon hunarmandlari o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma ko‘rgazmalar hamda madaniy loyihalarni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📊Shuningdek, 17-mart kuni to‘rt yil davom etgan restavratsiya ishlaridan so‘ng Icherisheher hududida joylashgan “Buxoro karvonsaroyi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi qayd etildi.
📊Xizmat safari davomida Rasuljon Mirzaahmedov mazkur karvonsaroyda yaratilgan sharoitlar hamda u yerda namoyish etilayotgan hunarmandchilik mahsulotlari bilan ham yaqindan tanishdi.
#Hunarmand#Ozarbayjon#Hamkorlik#Hunarmandchilik
✅Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'llash
#Navoiy
#Oavbizhaqimizda
✅Igna bilan ro‘yobga chiqayotgan orzular
⚡️Qadimiy Nurota zaminida hunarmandchilik an’analari munosib davom etmoqda.
🌸 Tadbirkor Bahora Mamarajabova tomonidan tashkil etilgan “Adiba kashtachilik markazi”da milliy kashtalar tayyorlanib, xotin-qizlarga hunar o‘rgatilmoqda.
✅Bahora — kashtachilar sulolasining 5-avlodi. Bugun u va shogirdlari 100 metrli kashta tikib, Ginnes rekordlar kitobidan o‘rin olishni maqsad qilgan.
📌Milliy merosni asrab, uni dunyoga tanitayotgan fidoyi hunarmandlar safi kengaymoqda.
Batafsil
#Hunarmand
#Kashtachilik
#Nurot
Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'llash
#“BUXORO ZARDO‘ZLIGI” | 6-material
⚡️Buxoroda zardo‘zlar an’anaviy ravishda ikki toifaga bo‘linib faoliyat yuritgan. Bir toifa ustalar faqat amir saroyidagi maxsus ustaxonalarda xizmat qilgan bo‘lsa, ikkinchilari ota-bobolaridan meros bo‘lib kelayotgan shaxsiy ustaxonalarda ijod qilgan.
📌1785–1920 yillarda Mang‘itlar sulolasi hukmronligi davrida zardo‘zlik san’ati yuksak darajada rivojlangan. Bizgacha yetib kelgan ko‘plab noyob zardo‘zi kiyim-kechaklar aynan shu sulola vakillariga tegishlidir.
🏅Zardo‘zlik buyumlarida odatda tayyorlangan sana ko‘rsatilmagan. Ammo Amir Haydar (1800–1826) davrida tikilgan mahsi ustida 1224 hijriy (taxminan 1809–1810 yillar) sanasi qayd etilgan bo‘lib, bu juda noyob holat hisoblanadi.
📊Amir Nasrullaxon (1827–1860) davrida ham ko‘plab zardo‘zlik namunalar yaratilgan va saqlanib qolgan. Keyinchalik Amir Muzaffarxon (1860–1885) zamonida Ark qal’asi hududida yirik zardo‘zlik ustaxonasi tashkil etilgan. Bu ustaxona qushbegi nazoratida bo‘lib, eng nozik va oliy darajadagi buyumlar shu yerda tayyorlangan.
📊Amir Abdulahadxon (1885–1911) hukmronligi davrida esa ustaxonalar soni ko‘payib, yirik markazlarga aylangan. Bu davrda zardo‘zlik buyumlariga bo‘lgan talab keskin oshgan: elchilar, zodagonlar va harbiy sarkardalar uchun tayyorlanadigan sovg‘alar hamda saroy bezaklari ushbu san’atning yanada rivojlanishiga xizmat qilgan.
🌍E’tiborlisi, har bir zardo‘zlik buyumi noyob bo‘lgan va hech qachon qayta takrorlanmagan. Bu esa ustalar o‘rtasida raqobatni kuchaytirib, yanada nafis, murakkab va hashamatli asarlarning yaratilishiga sabab bo‘lgan.
✨ Shu bois, bu davrda zardo‘zlar jamiyatda katta hurmatga sazovor bo‘lib, ayrimlari hatto saroy a’yonlari safiga kiritilgan.
📌Davomi bor...
✍️ O‘zbekiston xalq ustasi Baxshillo Jumaev hamda “Hunarmand “. uyushmasi Axborot xizmati rahbari Nilufar Xotamova hamkorligida tayyorlandi.
#Hunarmand#Zardozlik#Buxoro#MilliyMeros#Madaniyat
✅Faсebook|✅Instagram
✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash
📣 Andijon shahrida targ‘ibot tadbirlari!
➡️Andijon shahrida joylashgan Jome’ majmuasida faoliyat olib borayotgan ustalar va hunarmandlar uchun “Hunarmand” uyushmasi imtiyozlari va imkoniyatlari haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
✅Tadbirda “Hunarmand” uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari ishtirok etib, hunarmandlarimiz ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga xalq amaliy san’atida ko‘proq e’tibor qaratishning ahamiyati va ularning rivojlanishi yo‘llarini ma’lum qilishdi.
🌟 Maqsad – mahalliy hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash va mahsulotlarimiz sifatini yanada oshirish.
#Hunarmand#Andijon#MahalliyHunarmandchilik#AmaliySan’at
Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'llash
📌 Milliy ekosistema «CRAFTED IN UZBEKISTAN» loyihasi bo‘yicha suhbat
⚡️Bugun “Hunarmand”uyushmasida videoselektor tarzida suhbat bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma raisi Rasuljon Mirzaaxmedov, uyushma bo‘lim boshligi Jamshid Tilyakov va Temur Mirzaev – Turizm laboratoriyasi markazi direktori ishtirok etdi.
📊Yig‘ilishda milliy hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash va uni zamonaviy raqamli iqtisodiyotga integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Crafted.uz platformasi loyihasi bo‘yicha tafsilotli taqdimot va fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi.
💻Crafted.uz platformasi hunarmandlar uchun yagona milliy raqamli maydon bo‘lib, ularga o‘z mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ichki va xalqaro bozorlariga chiqarish imkoniyatini beradi. Shuningdek, platforma orqali har bir hunarmandchilik mahsuloti haqidagi ma’lumot, uning kelib chiqishi, ustasi va madaniy ahamiyatini ko‘rsatuvchi raqamli “pasport” tizimi joriy etiladi.
📊Yig‘ilish yakunida Crafted.uz platformasini bosqichma-bosqich ishga tushirish, hududlardagi hunarmandlarni tizimga keng jalb qilish va milliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarida keng targ‘ib qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
#CraftedInUzbekistan#Hunarmand#KreativIqtisodiyot#DigitalEconomy
✅Faсebook|✅Instagram
✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash
👍
👍
👍
👍
👍
👍
#BugunTugilganKun
“Hunarmand” uyushmasi rahbariyati va jamoasi nomidan xalq amaliy san’ati ustasi, mashhur kashtado‘z hunarmand Zuhra Obloberdievaning bugun tavallud topgan kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
Zuhra Obloberdieva kashtado‘zlik san’atini rivojlantirib, Shafirkondagi qadimiy kashtado‘zlik maktabini qayta tiklagan va ko‘p yillar davomida milliy an’anaviy kashta usullarini yosh avlodga yetkazishda faoliyat yuritib kelmoqda.
Ustamiz nafaqat an’anaviy usullarni asrab qolmoqda, balki ijodida zamonaviy dizaynlar va bezirim motivlar bilan yangi hayot baxsh etadi. Uning asarlari nafaqat yurtimizda, balki xorijiy ko‘rgazmalarda ham namoyish etilib, milliy amaliyotimizning go‘zalligini namoyon qilmoqda.
Zuhra Obloberdieva kabi ustozlar milliy madaniy merosimizni saqlash va rivojlantirishda katta hissa qo‘shmoqda.
Hunarmand uyushmasi rahbariyati va jamoasi Sizga katta ijodiy muvaffaqiyatlar, sog‘liq va baxt-saodat tilaydi!
#kashtadozlik#O‘zbekistonHunarmandlari #MadaniyMeros#Hunarmand
✅Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'llash
Xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim onlayn uchrashuv
Turkiyadagi NTT “Küyam” hunarmandchilik tashkiloti rahbari Zubayda xonim hamda Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar hunarmandchilik sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar. Xususan:
🔹 tashkilotlar o‘rtasida Hamkorlik memorandumini imzolash,
🔹 hunarmandlar o‘rtasida tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish,
🔹 xalqaro ko‘rgazma va festivallarga o‘zaro taklif etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mazkur muloqot ikki davlat hunarmandlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda milliy amaliy san’atni xalqaro maydonda keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
#Hunarmand#Kuyam#XalqaroHamkorlik#Hunarmandchilik#AmaliySanat
#Buxoro
📍 Vobkentda etno-turizm qishlog‘i: hunarmand ayollar qo‘llab-quvvatlanmoqda
⚡️Vobkent tumanining “Shirin” mahallasida tashkil etilgan etno-turizm qishlog‘i hamda “Daromadli ayol” loyihasi doirasidagi kasanachilik ishlari bilan tanishildi. Tadbirda Botir Zaripov ishtirok etib, xotin-qizlar bandligini ta’minlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
📌Maskanda hunarmandchilik ko‘rgazmalari, milliy taomlar, etno-madaniy dasturlar yo‘lga qo‘yilgan. Tikuvchilik, kashtachilik, to‘qimachilik va suvenir ishlab chiqarish orqali ayollarning daromadi oshirilmoqda.
📊Yakunda turizm salohiyatini kengaytirish va hunarmand ayollar mahsulotlarini bozorga samarali chiqarish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
#Hunarmand#Vobkent#EtnoTurizm#DaromadliAyol
Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'llas
🎉 Bugun tug‘ilgan kun!
⚡️Bugun “UMRBOQIY MEROS” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazi rahbari Lutfia Mirzaeva tavallud topgan kunlari.
📌Ushbu sana munosabati bilan “Hunarmand “uyushmasi rahbariyati va jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz 🌸
📊Lutfia Mirzaeva nafaqat mahalliy, balki xalqaro darajada ham o‘z faoliyati bilan tanilgan, bir qator tashkilotlarda, shu jumladan “Hunarmand”uyushmasida, faoliyat yuritgan va an’anaviy hunarmandlikni rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shgan.
📊U “Umrboqiy Meros” markazi rahbari sifatida bir qator ilmiy va tadqiqot loyihalarida faol ishtirok etdi va milliy an’anaviy hunarmandlikni himoya qilishda ulkan hissa qo‘shdi:
➡️• 2023 yilda “Umrboqiy Meros” nodavlat tashkiloti Xalqaro nominatsiya
✅“Kashtachilik san’ati”ni kengaytirish uchun tarkib tuzdi.
✅Markaz bir qator xalqaro va milliy tadqiqot loyihalarida ishtirok etdi: Sharq yo‘li hunarmand ustaxonalarini o‘rganish, nomoddiy madaniy merosni himoya qilish, kalligrafiya san’ati va Nurat tog‘laridagi petrogliflar haqida kitoblar chop etish.
✅Markaz va Lutfia Mirzaeva jamoasi mahalliy jamiyatlar, yoshlar va turli millat vakillari bilan uzluksiz aloqani ta’minlab, madaniy merosni targ‘ib qilishda muhim rol o‘ynaydi.
✅2025 yil dekabr oyida “Umrboqiy Meros” markazi UNESCOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish Hukumatlararo qo‘mitasida nodavlat tashkilot sifatida akkreditatsiyadan o‘tdi.
📊Bugun biz Lutfia Mirzaevaga yanada ko‘proq ilhom, yangi yutuqlar va baxt-saodat tilaymiz!
🌟
#Tug‘ilganKun #Hunarmand#MadaniyMeros#UmrboqiyMeros#Ilhom
Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'lla